15
Ism-shariflar haqida gap ketadigan bo‘lsa, bu borada yaxshi xotiraga ega
bo‘lish odamni vaziyatdan olib chiqib ketadi. Ko‘p yillardan so‘ng ko’rishib
qolganda biz tezda yodga olgan ismning egasi xursand bo‘ladi. Ammo begona
ismlar tezda xotiradan chiqib ketadigan vaziyatlar juda ko‘p.
Bunday holatda
bildirmaslikka harakat qiling. Agar siz bu vaziyatdan chiqish yo‘lini topa
olmasangiz: “
Uzr yodimdan ko‘tarilibdi”,
deb tan olishga to‘g‘ri keladi. Bunda
vaziyatdan hazil yoki ishonchlilik orqali chiqib ketish mumkin. Yomon xotirada
qayta tanishishga to‘g‘ri keladi. Bunda
“Biz tanishmiz”
degan javobni eshitmaslik
uchun o‘z ismi sharifini aytib so‘rashmagan ma’qul. Boshqa tarafdan, bizni
tanimay hayron bo‘layotgan yaqinimizga quvonch va ehtiros bilan tashlanar
ekanmiz:
“Meni taniyapsizmi?”
deb uni qiynamaganimiz ma’qul.
Bundan u
noqulay axvolga tushishi mumkin. Ammo
“Biz falon joyda tanishgandik”
degan
ma’noda so‘z orasida silliq qilib eslatib ketganimiz durust. Bu uni kim bilan
gaplashayotganini eslashiga yordam beradi.
Ishxonada ham ayol ayolligini yo‘qotmaydi. Odobli erkak ayol kishiga joy
beradi va turli xil achchiq hamda qo‘pol so‘zlardan o‘zini tiyadi. Ammo barcha
mulozamat turlari asosiy narsaga – ishning borishiga halaqit bermasligi lozimdir.
Erkak ishlayotgan bo‘lsa, ayol uchun o‘rnidan turib, paltosini olib berishi shart
emas. Ammo garderobda birga bo‘lib qolishsa, uni kiyishga yordam berishi shart.
Ayol kishi ham o‘z o‘rnida, agar ishxonada erkak kishi o‘zini og‘irroq tutsa,
shikoyat qilmasligi, erkak kishi ishlab o‘tirgan bo‘lsa, faqat ayol turgani uchun
o‘rnidan turishini talab qilmasligi lozim.
Ayollar! Ish sharoitida o‘z ayollik latofatingizni suiste’mol qilmang.
Ishdagi muammolarini ko‘z yoshi bilan hal qilishga intilmang.
Va yana bir
maslahat. Ish stolini chiroyli sumkalar, shlyapa va atir-upalar chiroyli
ko‘rsatmaydi. Ular uchun boshqa joy topgan ma’qul. Telefon go‘shagini
ko‘tarayotib,
“Bu kim?”
deb qiziqmang. Buni faqat kotiba muloyimlik bilish
imkoniyatiga ega.
“Kim so‘rayapti?”
deb so‘rash mumkin. Ayni paytda, telefon
suhbatlariga doir bir narsani aytib o‘tiz joiz. Imkon
qadar ishxonada telefonda
kamroq va qisqaroq so‘zlashish lozim. Agar iloji bo‘lmasa, buni yarim ovozda ham
qisqa shaklda aytish mumkin. Ishxonadagilarni yo‘qotilgan kalit yoki tikuvchi
bilan bo‘lgan uchrashuvga doir masalalar bilan boshlarini qotirmang. Ishxonadagi
alohida jamoa o‘rtasida xodimlar tug‘ilgan kunlarini nishonlash an’anaga aylanib
qolgan. Bu o‘z-o‘zidan yaxshi, ayyom qanchalik tor doirada bo‘lsa, shuncha
yaxshi. Tabriklar qabul qilayotgan ayyom sababchisi o‘rnidan turadi. Bunga
javoban oddiy o‘tirishni taklif qilish mumkin: kofe, shirinlik.
Haddan ziyod
mehmondorchilikka berilmaslik ma’qul. Ish sharoitida bu noqulayliklar tug‘diradi
va keyingi tug‘ilgan kun egasini
“qiynab”
qo‘yishi mumkin. Agar sovg‘a sifatida
shirinlik olgan bo‘lsangiz, atrofdagilarni u bilan mehmon qiling. Rahbarning
tug‘ilgan kuni mavjud muassasaning rusmiga qarab nishonlanadi. Rahbarni
tabriklashning eng mos shakli – uning ish stoliga gullar qo‘ymoqdir. Lekin baribir
xodimlar rahbarga sovg‘a qilishni istasalar, unda eng yaxshisi – o‘rtamiyona,
qimmat bo‘lmagan, masalan, shirinliklar, kamyob mevalar, kuldon yoki stol uchun
mayda-chuyda narsalar, albom, kitob sovg‘a qilish mumkin. Kirishimli jamoalarda
16
karmon, portfel yoki qo‘lqop ham hadya qilish mumkin. Muassasa rahbari,
ayniqsa, yoshroq bo‘lsa, yoshi ulug‘ xodimlar va ayollar bilan birinchi bo‘lib
ko‘rishadi. Bo‘limga kirib kelgan rahbar birinchi bo‘lib so‘rashadi. Bu qoidada
istisno jihatlar mavjud emas.
Xodimlar javob beradi, ammo o‘rinlaridan
turmaydilar. O‘zining xonasida rahbar oldiga bir masala bo‘yicha kelgan ayol
xodim uchun o‘rnidan turmaydi. Suhbat uzoqqa cho‘zilgan taqdirda, rahbar
xodimga o‘tirishni taklif qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: