Etika va estetika



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/112
Sana25.03.2022
Hajmi2,55 Mb.
#510249
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   112
Bog'liq
Etiket (1)

Kechirasiz, hazillarga unchalik xushim 
yo‘q”, “Qaytaryapsiz”, “Ko‘rsatuvni oxirigacha ko‘rib olmaymizmi?” kabi
– 
taxminan shu asnoda javob bergan ma’qul. Gapirayotganda munozaraga 
berilmasdan, aniq, baland bo‘lmagan ohangda, xotirjamlikni ushlab turmoq zarur. 
Mulozamatga 
“rahmat”
deb qisqacha javob beriladi. Odatda, o‘zini haddan 
tashqari erkin, aqlli qilib ko‘rsatishga intilgan va diqqat markazida bo‘lishni 
istaganlar qattiq uringanlar, aksincha,, noqulay vaziyatga tushib qoladilar. Bunday 
odamlarga boshqalarining ismi sharifiga, bo‘yi, millati va turar joyiga, sochining 
rangi, ma’lumoti va avtomobil halokatiga doir hazillar qilish mumkin emasligini 
hamisha yodda tutish kerak. 
O‘xshamagan hazilga, dilxiralikka qanday javob berish kerak? Jim bo‘lib 
qolishdek hech bir holat kuchli ta’sirga ega emas. Keyin kimdir biron boshqa 
mavzuda gap boshlagani yaxshi. Agar 
“o‘tkir fikrli”
shaxs tinglovchilar g‘ashiga 
tegishida davom etsa, uy egasi unga qarab: 
“Bugun sen negadir o‘zingdamassan”,
deb to‘xtatishi lozim. Odamlar o‘ziga kelmasdan avval hazillarga ko‘mib tashlash 
kerakmas. Hazil joyida bo‘lgani yaxshi. Hozirjavob hazilning ma’nosiga yetib 
borishda so‘zlovchining qattiq kulgusi xalaqit beradi. 
Davrada achchiq so‘zlarni suiste’mol qilmagan ma’qul. O‘zini aqlli deb 
biladigan bunday odamlar davrada 
“qurbon”
topib olib, uni mazax ostiga olish 
maqsadida turli savollar yoki vaziyatlarga solishga intilishi o‘zini ahmoq qilib 
ko‘rsatishdan o‘zga narsa emas. Bunda tinglovchilar gapirayotgan odamning 
aybini qidirishga ko‘proq e’tibor beradilar. Erix Fromm ta’limotida bunday 
odamlarning ruhiyatida sadizm – zolimlik borligini – “zulm qilyapmanmi demak 
mavjudman”, degan shior yashaydigan kishilarga nisbat beradi. Agarda bunday 
odamlarning harakati tashqaridan juda xunuk ko‘rinishi, mazlumni emas, o‘zini 
butun bir tuban xususiyatlarini ko‘rsatayotganini va undagi o‘ta omilikni 
tashqariga chiqarayotganini bilganida edi hech qachon bunday harakatlarni 
qilmagan bo‘lar edi. Zigmund Freyd jamoada o‘zini bunday tutayotgan shaxs xatti-
harakatlari Aslida, hasadgo‘ylikdan ekanligi, bunga guvoh bo‘layotgan jamoat ham 
aksariyat holatda bunga to‘sqinlik qilmasa-da, ushbu shaxs to‘g‘risida xuddi shu 
xulosaga kelishini ta’kidlagan. Bu bilan Freyd jamoada inson o‘zini erkinroq 
tutadi, va badxulqlik bilan bo‘lgan barcha harakatlardan tiyilishi qiyin bo‘ladi, 
degan xulosaga keladi.
1
Tahliliy ruhshunoslik asoschisi Karl Gustav Yung esa 
jamoada ushbu ruhiy holatni arxetiplar bilan bog‘lab, unga “trikster” degan nomni 
beradi. “Trikster – bu odamlar tabiatidagi eng tuban illatlar majmui, jamoaviy 
anglanmaganlikning tuban ruh – obrazidir”.
2
Demak, jamoatda boshqalar ta’siridan 
o‘z salbiy illatlariga erk berish xavfi kuchliroq ekan, inson bunday paytda o‘zini 
yo‘qotmasligi, axloqiy masalalarda mustaqil fikrga ega bo‘lishi kerakligini 
unutmasligi lozim ekan. 
1
Фрейд З. «Психология масс и анализ человеческого «Я».-СПб, Азбука классика.2008.-76с. 
2
Ўша манба. 35 – бет. 


22 
Suhbat olib borish jarayonida tashvishlari bilan band, ma’nosiz nigohlarni 
ko‘rsatmaslikka harakat qilgan ma’qul. Suhbatdoshga qiziqish bilan, uning 
so‘zlarini tushunayotganini bildirish uchun ba’zi-ba’zida savol berish yoki 
aniqliklar kiritib turish zarur. Agar hikoyani eshitgan bo‘lsangiz, hikoyani o‘rtasiga 
kelganda birdan gapni bo‘lishdan ko‘ra darhol 
“Ha, aytib bergan edingiz” 
qabilida 
gapirib qo‘ygan ma’qul. Odobli odam, garchi hikoyani avval eshitgan bo‘lsa ham, 
so‘zlayotgan odamni bo‘lmaydi. Tasodifan eshitib qolgan narsalarga chuqur 
sho‘ng‘ib ketib, munozara qilmaydi. 
Bunda axloqiy tarbiyaning ba’zi vositalarini yoki unga yaqin yo‘llarni 
tanlash qo‘l keladi. “Axloqiy tarbiyaning eng kuchli vositasi – san’at. Bu vosita 
aholining barcha tabaqasini, turli yoshdagi shaxslarni qamrab oladi”.
1
Zero, 
zamonaviy ruhshunoslik insonning jamiyat va borliq bilan bo‘lgan turli 
munosabatlarini nafaqat yo‘lga qo‘yadi, balki uni mustahkamlaydi ham. Misol 
uchun, ruhiy tahlil falsafasi asoschisi Freyd ta’limotiga ko‘ra, madaniy ijod bilan 
birgalikda badiiy ijod jamiyat faoliyatida shahvoniy qudrat va nafsning ular o‘rnini 
bosadigan ijobiy hodisalarga aylanish orqali, (sublimatsiya) ya’ni tubanlikdan 
ulug‘vorlikka 
o‘tish 
natijasida 
vujudga 
keladi. 
Ijodkor 
jamiyatdagi 
muammolarning yechimini san’at asarlari orqali obrazli tarzda jamiyatning o‘ziga 
taqdim etish bilan topishga intiladi. Ammo, barchaga ham iste’dod va daholik 
berilavermaydi. Shu jihatdan ham ruhiy tahlil bu masalaning yechimni ikki yo‘l 
bilan hal qilishni taklif etdi. Ilmiy tadqiqotlar natijasi insonning axloqiy 
munosabatlarida estetik faoliyatning muhim ekanligini ta’kidlay boshladi. Zotan, 
san’at asarini idrok etish insonda ijodiylik va hozirjavoblik qobiliyatini o‘stiradi.
Muomala etiketida hozirjavoblik katta o‘ringa ega. Aksariyat hollarda 
insonlar davraga kirib kelgan kishini sergakligi va hozirjavobligiga katta e’tibor 
beradilar. 
Ayniqsa, 
etiketda 
ko‘rishish va so‘rashish jarayoni o‘zaro 
kuzatuvchanlik bilan amalga oshiriladi. Agar ulardan biri bu borada “soddalik” 
qilsa, odamlar orasida buni bildirishning har qanday yo‘lidan foydalanishga 
intilishni ko‘rish mumkin. Buning ruhiy-axloqiy jihati shundaki, o‘z vaqtida 
berilmagan “javob” yoki “soddalik” boshqarilishga loyiq kishi sanalishi, boshqalar 
oldida “kulgi” bo‘lish xavfi, bir tomondan, jamiyat qo‘ygan etiket qoidalarini o‘z 
vaqtida amalga oshirishga intiltirsa, ikkinchi tomondan, o‘ng‘aysizlikni yengish 
uchun hozirjavoblikni qo‘llash orqali badiiy ijodiylikka intiltiradi. Bu borada Freyd 
“Hozirjavoblik va uning anglanmaganlikka munosabati” asarida hozirjavoblikning 
vujudga kelishi va uning qabul qilinishdagi ruhiy holatlari talqinini berish bilan 
birga, Freyd kulgililikka ham alohida to‘xtalib, uning boshqa turlarini, ular 
orasidagi o‘zaro farqini tushuntirishga harakat qiladi.
2
Davradagi odam boshqaga 
murojaat qilganda yoki munosabatga kirishganda, beixtiyor suhbatdoshiga 
so‘zlayotgan so‘zlaridan birining unli yoki undosh harflarini almashtirib yuborish 
orqali kulguni vujudga keltiradi. Agar bu so‘z o‘yini atayin, ongli tarzda amalga 
oshirilgan 
taqdirda 
ham 
so‘zlovchi ijodiy jarayondagi ijodkor kabi 
1
Шер.А. Ахлоқшунослик. Дарслик. Т.: Ўзбекистон файласуфлари миллий жамияти, 2010, 312-б. 
2
Фрейд З. Остроумие и его отношение к бессознательному. 

Минск. Попурри , 1999.-.5 с. 


23 
anglanmaganlikka keng yo‘l qo‘yib beradi. Zero bu jarayon san’atkorona 
mahoratni talab qiladi. Muallif so‘zlardagi unli va undosh, so‘zlarga qo‘shiladigan 
qo‘shimchalarni o‘zgartirish bilan juda chiroyli tarzda o‘z maqsadi yo‘lida 
foydalanarkan, bir jihatdan so‘zlovchining ruhiyatidagi ziddiyatlarni kulgulilik 
orqali o‘zini dovdir qilib yoki bilmasdan gapirib yuborgan qilib ko‘rsatish bilan 
tashqariga, suhbatdoshiga zimdan uyushtirilgan hujum sifatida amalga oshiradi. 
Ikkinchi jihatdan esa, dilini og‘ritmagan holda, ochiqdan-ochiq kurashlarsiz, 
kulgulilik orqali suhbatdoshini “silliqlik” bilan “haqiqatga” yetkazib qo‘yadi. 
Bunday jarayon muomala etiketida to‘satdan paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan 
qo‘pol munosabatlarning oldini oladi. Biroq ortiqcha hazil, hozirjavoblik doimo 
to‘g‘ri kelavermasligini unutmaslik lozim. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish