17
“Janobi oliylari”
deb murojaat qilinadi. Rasmiy munosabatda faqat sizlab
gaplashiladi. Rahbarning qo‘l ostidagi barcha kishilar bilan bo‘lgan munosabatida
ham, 9 yoshdan yuqori bo‘lgan maktab o‘quvchilardan tortib, talabalar bilan
bo‘lgan munosabatda ham, notanish insonga murojaat qilganingizda ham sizlab
murojaat qilinadi.
Ishonchli munosabatlarda
yaqin
insonlar, qarindosh – urug‘, hamqishloq,
vatanishlarga qilinadigan munosablarga aytiladi. Bunday munosabatlarda “Sen”
deb faqat oilada yoki yaqin munosabatdagi insonlarga murojaat qilish mumkin.
«Amaki», “hola”, “tog‘a”, “opoqi”, “kelinoyi”
va boshqa qarindoshlar o‘rtasida
shevadan kelib chiqqan holda murojaat qilish mumkin
. “Yaxshi yigit”
yoki
“yaxshi qiz”
degan so‘zlar yoshlarga qarata qo‘llaniladi. Jamoat joylarida kasbi
kor daraja hamda yoshga qarab shofyor, doktor, o‘quvchilar, talabalar,
yo‘lovchilar, qizlar, yigitlar, bolalar kabi nomlarni ishlatish mumkin. Intim, ya’ni
yaqin munosabatlarda “azizim, jonim, begim, oyim, yulduzim” kabi
murojaatlarni
uchratamiz. Egasiz murojaatlar:
“Kechirasiz falonchi ko‘cha qayerda?”, “Aytib
berolmaysizmi soat necha bo‘ldi?”, “Ruxsat bersangiz kirsam”
va boshqalar.
Intim murojaatlarda
shaxsga nisbatan chiroyli, yoqimli, erkalash
ma’nosidagi so‘zlardan foydalangan holda murojaat etiladi: “Azizim”,
“Mehribonim”, “Jonim”, “Begim” kabi so‘zlardan o‘rnida va samarali foydalanish
zarur. Murojaatning bu turi insonning didli va farosatli ekanligini ham belgilaydi.
Biroq ushbu so‘zlarni bemavrid ishlatish bachkanalikka olib keladi. Ayniqsa,
«jonim” so‘zini barchaga nisbatan ishlatish aslo mumkin emas, bu so‘z faqatgina
nikohdan o‘tgan, hayotini bir-biri bilan bog‘lagan kimsalarga nisbatangina
ishlatilsa maqsadga muvofiq.
Nomsiz murojaatlarda
shaxsning kim ekanligini
yaqindan bilish katta
ahamiyatga ega emas. Bunday murojaat qisqa mazmunda bo‘lib, biror noma’lum
obyekt yoki subyektni aniqlash, u haqda muayyan ma’lumot olish uchun
qo‘llaniladi. Masalan, “Kechirasiz, Olmazor ko‘chasini ko‘rsatib yuborsangiz?”
“Hurmatli yo‘lovchilar yo‘l haqini o‘z vaqtida to‘lashni unutmang” “Doktor
bolamni ko‘rib qo‘ysangiz, issig‘i tushmayapti.”singari murojaatlarda shaxsning
aniq ismi ko‘rsatilmasa-da, u haqdagi ma’lumotlar va aytiladigan fikrlar tushunarli
bo‘ladi.
Aslini olganda, O‘zbekistonda murojaatning aniq bir shakli yo‘q. Ko‘p
holatlarda har bir joyning o‘zidan kelib chiqib, shevaga hamda urf-odatga
asoslangan holda murojaat qilinadi.
Yangi tanishgan odam bilan munosabatda tushunmovchilikdan saqlanish
uchun tashrifnoma juda qulaydir. Chet mamlakatlarda
tashrifnoma juda keng
qo‘llaniladi. Ularning raqamlari hamda o‘lchamlari qat’i qoida bilan
cheklanmagan. Inson o‘z tashrifnomasini tutqazar ekan, kelajakda shaxsiy hamda
ish bilan bog‘liq aloqani qo‘llab-quvvatlayotganini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: