Etika va estetika


Qanday va nima yeyish lozim?



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/112
Sana25.03.2022
Hajmi2,55 Mb.
#510249
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   112
Bog'liq
Etiket (1)

 
Qanday va nima yeyish lozim? 
Etiket qoidalariga binoan stol atrofida o‘tirgan odam bilagi bilangina stolga 
tayanishi mumkin. Ayol kishi esa biroz vaqtgagina tirsagini qo‘yishi mumkin. Non 
ushoqlarini dumaloq qilib olib o‘ynash, yemak jihozlarini o‘ynash, dasturxon 
uchini o‘rab o‘ynash, oyog‘ini uzatib o‘tirib olish mumkin emas. 
Lablarini bo‘yaydigan ayollar og‘izlarini sochiqqa emas, qog‘oz salfetkaga 
artishlari zarur. Tanovul paytida tirsakni dasturxonga qo‘yib olish yoki boshni 
kosaga egish yaxshi emas. Boshni sal egib, shu masofada qoshiq yoki sanchqini 
og‘izga olib kelinadi. Ovqatlanib bo‘lgandan so‘ng pichoq va sanchqini parallel 
ravishda, ushlagichlarni o‘ngga qaratib kosaga qo‘yiladi. Agar bu jihozlarni 
keyingi taom uchun ishlatish niyatingiz bo‘lsa, ularni stol ustiga qo‘ygan ma’qul. 
Agar siz pichoq va sanchqidan foydalanayotgan bo‘lsangiz, unda ularni u qo’ldan 
bu qo‘lga olavermasdan, sanchqini chap qo‘lda, pichoqni o‘ng qo‘lda tutish lozim. 
Qandaydir ichimlik taklif qilingan vaqtda og‘izdagini yutib yuborib, so‘nggina uni 
ichish lozim. Bundan oldin stakanda yog‘li izlar qoldirmaslik uchun avval sochiq 
bilan og‘zingizni artib olsangiz yaxshiroq bo‘ladi. Shishadan faqat o‘ziga quyib 
olish xunuk ko‘rinadi. Shisha yoki grafinni olganda, avval yon tarafda o‘tirganga 
taklif qilinadi. 
Laganda turgan taomning eng yaxshi bo‘laklarini olib eyish nojoizdir. 
Hadisi sharifda ham: 
“Baraka taomning o‘rtasidadir. Bas, taomning o‘rtasidan 
emas, bir chetidan yenglar”
1
deb keltirilgan.
 
Mehmonda suvli ovqatga non botirib yeyishdan qaytaramiz. Etiket 
bo‘yicha hech qachon idishni “yaltillatib” non bilan tozalab qo‘yish to‘g‘ri 
kelmaydi. Lekin o‘zbek odati bo‘yicha idishni tozalab qo‘yish savob sanaladi. 
(ba’zi viloyatlarda idishni ichiga ozgina choy quyib, aylantirib ichib yuborishadi 
savob uchun). Ammo buni dabdabali tarzda amalga oshirish o‘taketgan 
madaniyatsizlik. Dasturxonga sigaret bilan o‘tirib bo‘lmaydi, uy sharoitidagi 
qabullarda esa taomlar tortishning o‘rtasida chekib bo‘lmaydi. Chekishni faqat 
taomdan so‘ng, o‘zingizga ravo ko‘rishingiz mumkin. Hech bo‘lmagan taqdirda
oxirgi taom va desert o‘rtasida – bunday paytda, odatda, idishlarni yangilab olish 
uchun qisqacha tanaffus bo‘ladi. Ammo baribir to mezbonlar taklif qilmaguniga 
qadar o‘zni tiygan ma’qul. Stol atrofida to‘g‘ri o‘tirgan yaxshi, ammo oshirib 
yubormang, 
“xodaga o‘xshab”
o‘tirish xunuk ko‘rinish kasb etadi. Tirsakni, 
1
Ҳожи Муҳаммад Шохмуродзода. “Таомланиш одоби”. Т. “Мовороуннахр” 2005.Б.12 


146 
ayniqsa, agar qo‘lda yemak jihozlari bo‘lsa, stolga qo‘ymagan ma’qul. Tanovul 
qilayotganda biroz egilib yeyiladi, biron narsa ichilayotganda ham xuddi shu 
alfozda qaddini tutish lozim. Sho‘rva ichilayotgan qoshiq o‘ng qo‘lda ushlanadi va 
biroz qiyshaytirilib ichiladi. Ba’zi kosalarda tarqatilgan sho‘rvalar disert qoshiqda 
tanovul qilinadi. Ikkinchi taomlar pichoq va sanchqi yordamida yeyiladi. Yemak 
jihozlari ushlagichni o‘rtasidan emas, uchidan ushlagan ma’qul. Pichoqni faqat 
taomni kesish uchun ishlatish lozim, ammo zinhor uni og‘izga olib borishni 
maslahat bermaymiz. Ba’zi kesish shart bo‘lmagan taomlar, masalan, omlet, 
qovurilgan tuxum, faqat sanchqida yeyiladi. Uni o‘ng qo‘lda ushlab, tanovul qilish 
vaqtida chap qo‘ldagi non bo‘lagi yordamchi tarzda qo‘llanadi. Ovqatlanib 
bo‘lgandan so‘ng boshqa emasligingizni bildirish maqsadida sanchqi hamda 
pichoq kosaga bir

biriga parallel ravishda qo‘yiladi. Agar siz hali tanovulni 
tugallamagan bo‘lsangiz, unda sanchqi va pichoqni chalishtirgan holda, pichoqni 
o‘ngga, sanchqini chapga qarab yo‘naltirgan holda qo‘ysangiz bo‘ladi. Dasturxon 
atrofida o‘tirganda non idishidan olingan nonni kesmaymiz, balki bo‘lakka bo‘lib 
yeymiz. Yog‘ pichoq bilan sanchqi yordamida bo‘lib, biroz yog‘ga surtilgan non 
bilan yeyiladi. Yog‘ni ozginagina yog‘ idishdan kosamiz chekkasiga olamiz. Non 
bilan nonushtada nisbatan erkinroq bo‘lamiz. Non bo‘lagiga sariyog‘ surtib, tishlab 
yeyish mumkin. Yog‘ surtilgan non pichoq bilan kesib yeyilmaydi. Nonushta 
paytida bunda non bo‘lagiga kolbasa yoki pishloq qo‘yib, ikkiga bo‘lib yeyish 
uchun qulay qilish mumkin. Bunday buterbrodni likopchada sanchqi va pichoqni 
qo‘llagan holda tanovul qilish mumkin. Oilada buterbrodlar yemak jihozlarini 
qo‘llamasdan yeyiladi. Albatta, agar u kichik bo‘lsa. Ba’zida buterbrodning 
kattaligidan yeyish ko‘p noqulaylik tug‘diradi. Uni kosaga qo‘yib pichoq va 
sanchqini qo‘llashdan boshqa iloj yo‘q. Jihozlar bo‘lmagan taqdirda, salfetkalardan 
foydalanish mumkin. Quritilgan yoki qotgan nonlarni choyga botirib faqat oila 
davrasida yeyish mumkin. Tortilgan kolbasa agar tozalanmagan bo‘lsa, kosada, 
sanchqi hamda pichoq bilan tozalanadi. Quruq kolbasa shundoq yeyilaveradi. 
Yupqa to‘nli sosiskani artmasdan yeyish mumkin, ammo qalin bo‘lsa, albatta, 
tozalagan ma’qul. Qovurilgan tuxumni nima bilan berilishiga qarab sanchqi yoki 
qoshiqcha bilan yeyish mumkin. Sho‘rvalar biroz bizni qiynaydi: kosani o‘zi 
tomonga og‘dirish lozimmi, yoki o‘zimiz kosaga engashishimiz kerakmi… Kosani 
hech ham o‘zimizga og‘dirmaymiz, kosada bir sho‘rvaning qoldig‘i shunday 
qolaveradi. Oilaviy sharoitda kosani sal o‘zimizdan og‘dirib qolgan sho‘rvani ichib 
qo‘ysak bo‘ladi. Na tanovul mobaynida, na undan keyin sho‘rvaning qoshig‘i 
stolga qo‘yilmaydi, kosada qoladi. Sho‘rvadagi go‘sht – bir vaqtning o‘zida ham 
birinchi, ham ikkinchi taomdir. Shu bois, avval sho‘rvani qoshiqda tanovul qilib, 
keyin uning go‘shtini yeyishda sanchqi hamda pichoqdan foydalanmiz. Sovuq 
taom sifatidami, yoki issiqmi – berilgan baliq go‘shtiga pichoqni yo‘latmaymiz. 
Undan faqat dudlangan seledka uchun ishlatamiz. Agar baliqdan tayyorlangan 
taomga qo‘shib maxsus yemak jihozlari – kurakcha va sanchqi berilsa, unda 
kurakchani o‘ng qo‘lga, sanchqini chap qo‘lga olamiz. Sanchqi yordamida go‘shtni 
ushlab tursak, kurakcha yordamida qiltanoqlarni tozalab olamiz. Agar sanchqi 
ikkita bo‘lsa, unda o‘ng qo‘ldagisi qiltanoqni ajratish uchun, chapdagisidan 


147 
go‘shtni yeyish uchun foydalaniladi. Bittagina sanchqi bo‘lgan taqdirda, uni o‘ng 
qo‘lga olib, chapga burda non olib, uning yordamida baliq go‘shtini ushlab turib
sanchqi yordamida qiltanoq ajratiladi va yeyiladi. Agar bizning likopga butun baliq 
tortilgan bo‘lsa, avvalida ustixondan filening yuqori qismini ajratib olamiz, so‘ng 
umurtqadan qiltanoqni ajratib, chekkaga olib qo‘yamiz, keyin esa ikkinchi qismini 
tanovul qilishga o‘tamiz. Og‘zimizga tushib qolgan qiltanoqni bildirmasdan til 
uchida sanchqiga qo‘yamiz. Parranda sanchqi hamda pichoq yordamida yeyiladi. 
Bunda suyakni tozalab yeyishni ko‘rsatish uchun, sanchqi bilan pichoqni 
o‘ynataverish shart emas. Suyakda biroz
go‘sht qolishidan siqilmaslikka harakat 
qilish lozim. Uy sharoitida esa go‘shtni qo‘lga olish mumkin. 
Sabzavotlar aralash go‘sht – muammoli taom. Hozirgi kunda jahonda bu 
taomni tanovul qilishda bir-birini rad qiluvchi ikki tavsiya mavjud. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish