151
belgilarga egaligini yoddan chiqarmaslik joiz: Ovro‘poda dastro‘mollar janjal va
ko‘z yosh timsoli, o‘zbeklarda esa yangi kelin sovg‘a qilgan dastro‘mollar yaxshi
niyat kasb etadi, g‘arbda to‘ylarda o‘tkir tig‘li va kesuvchi narsalar sovg‘a
qilinmaydi, bizda bu boylik ramzi hisoblanadi. Sovg‘ani berishda ham go‘zallik
qoidalariga e’tibor bilan qarab, uni yaltiroq qog‘ozga chiroyli gulli tasmalar bilan
o‘rab hadya qilgan ma’qul. Sovg‘adagi chek yoki qiymat narxini olib tashlashni
unutmaslik lozim. Chek faqatgina kafolatlangan muddatga esa narsani sovg‘a
sifatida hadya qilganda saqlanishi mumkin.
Sovg‘ani qay tarzda taqdim etishingiz ham muhim . Shaxsan o‘zingiz yoki
boshqalar tomonidan taqdim etilishi – uni qanday yetkazishingiz ham ahamiyatga
molik. Sovg‘ani o‘z vaqtida yetikazilishiga harakat qilish muhim. Sovg‘ani biron-
bir joyga olib qo‘ymasdan, kiyimingizni yechgan zahoti egasiga topshirish kerak.
Bir og‘iz iliq so‘z bunda katta ahamiyat kasb etadi.
Nafaqat sovg‘a qilishni, balki uni olishni ham bilish kerak. Odobli inson
sovg‘aga darhol tashakkur bildirib, uni hadya qiluvchining oldida ochib,
minnatdorchilik bildiradi. Olingan sovg‘ani e’tiborsizlik bilan olib qo‘yish o‘ta
madaniyatsizlikdir. Sovg‘a sizga yoqmagan taqdirda uning aybini hatto ishora yoki
kinoya bilan ham bildirmaslik kerak. Har qanday sovg‘ani jilmayib olish lozim.
Agar ayol kishiga gul sovg‘a qilinsa, uni darhol guldonga qo‘ygani ma’qul, gulni
olib shunchaki qo‘yib qo‘yish e’tiborsizlikni bildiradi. Minnatdorchilikni shunday
tarzda ifodalash kerakki, siz xursand bo‘lgan sovg‘adan, unchalik qiymatga ega
bo‘lmagan sovg‘alarni hadya qilganlar yoki umuman taqdim qilmaganlar o‘zlarini
noqulay his qilmasinlar. Agar tort yoki konfet olib kelishsa, o‘tirganlarni mehmon
qilish yoddan chiqmasin. Agar ma’lum bir sabab bilan sovg‘a olishni nomaqbul ish
deb bilsangiz, undan ishonchli tarzda voz keching, lekin buni odob doirasida
bajarish kerak. Ikkilanib turib, so‘ng sovg‘ani olish noto‘g‘ri. Agar kimdandir qarz
bo‘lib qolishni istamaganingiz uchun hadyalar olishni qat’ian rad qilsangiz, uni
asosli tarzda sertakalluflik va odob bilan bildiring. Ammo bunda sovg‘ani qo‘ldan
qaytarish baribir noo‘rinligini nazarda tutish joiz (agar bu kasbiy odob bilan
bog‘liq bo‘lmasa).
Do'stlaringiz bilan baham: