Etika va estetika



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/112
Sana25.03.2022
Hajmi2,55 Mb.
#510249
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112
Bog'liq
Etiket (1)

 
 
MAROSIMLAR ETIKETI
O‘zbek xalqining qon-qoniga singib ketgan marosimlardan biri to‘ydir. 
To‘y qarindosh-urug‘, tanish-bilish, qo‘ni-qo‘shni, el-yurtga yoziladigan 
dasturxon, ularni ahillikka, mehr-oqibatli bo‘lishga undaydigan marosim 
hisoblanadi. 
To‘ylarimiz o‘zbeklarning kimligini namoyon etuvchi o‘ziga xos bir 
ko‘rikdir. To‘y ham, ma’raka ham, marosim ham birinchidan shaxsiy ish emas, 
balki ijtimoiy hodisadir. Ikkinchidan, esa xalqimizning milliy qiyofasi va xarakteri, 
o‘ziga xos turmush tarzi, salohiyati, dunyoqarashi, tafakkuri, ongi va qalbi, 
odamgarchiligi, orzu-umidlari, fazilatu kamchiligi, bir so‘z bilan aytganda, butun 
borlig‘i ana shu to‘y-hashamlarda, oilaviy tantanalarda, ma’raka va marosimlarda 
yaqqol namoyon bo‘ladi.
O‘zbekistondagi har bir viloyat va hududda to‘y oldi va to‘y o‘tkazish 
marosimlari o‘zgachadir. Lekin qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, to‘y oldi 
marosimlari va to‘y o‘tkazishning ham o‘z etiketi mavjud.
To‘y marosimlari sovchilik marosimi bilan boshlanadi. 


153 
Sovchilikka asosan ayol kishilar boradi. Ya’ni kuyov bo‘lmishning holasi 
yoki ammasi, yon qo‘shnisi onasi bilan birga yuradi. Sovchilikka borgan ayollar 
nihotda so‘zamol, shirin so‘z, uddaburon bo‘lishlari kerak. Xonadonida bo‘yi 
yetgan qizi bor oilalar sovchi kelishiga doimo tayyor turishlari kerak. Uy-joylar 
doimo toza, tartibli turishi lozim. Kim sovchi bo‘lib kelishidan qat’i nazar ularni 
ochiq yuz bilan kutib olish kerak. Sovchilarga o‘sha xonadonning oila a’zolari, 
oilaviy muhiti, qizning odobi ma’qul kelsa, o‘sha xonadonga qayta keladilar. Qiz 
taraf ham birinchi kelgan sovchilarga aniq javob bermaydi. Etiket bo‘yicha birinchi 
marotaba kelgan sovchining yoniga qizni olib kirib ko‘rsatish (hatto sovchilarning 
iltimosiga binoan) mumkin emas. Bugungi kunda barcha qizlarimiz o‘qiydi, 
ishlaydi – juda bo‘lmaganda odobli, tarbiyali qiz sahar turib ko‘chalarni supuradi – 
o‘sha payt qizni tashqi ko‘rinishini ko‘rib olish mumkin.
Birinchi 
kelgan 
sovchiga 
qizning 
rasmini 
ko‘rsatish mumkin. 
Sovchilarning o‘zini tutishi, xatti-harakatlari yoqmagan taqdirda ham, qizning 
onasi tavoze’ bilan qizini hali uzatmaslik bahonasini aytishi mumkin. Ikkinchi 
marotaba kelgan o‘sha sovchilar kuyov haqidagi aniq ma’lumotlarni tashlab 
ketadilar. O‘sha ma’lumotlar bo‘yicha kuyov bo‘lmishni mahalla-ko‘y, ishxonasi, 
yor-do‘stlari orqali surishtiruv ishlari amalga oshiriladi. Bularni hammasi ham 
odob qoidalariga binoan olib boriladi.
Ma’lumotlar yig‘ib olingandan so‘ng, o‘rtada turgan amma yoki hola 
qizning yaqin qarindoshlari orqali yoki telefon orqali javob olish uchun borish 
mumkinligini haqida rozilik so‘rab, kun belgilanadi. Sahih hadislarda yozilishicha 
“Qaysi bir ayolga uylanish dilga tushib qolsa, oldin uni bir ko‘rishlik yomon 
emas”
1
deyilgan. Demak, qiz tomon to‘plagan ma’lumotlari ma’qul tushsa, qiz 
bilan yigitni bir marotaba bir-birlariga ko‘rsatishadi. Qiz va yigit o‘zlarining yaqin 
qarindoshlari bilan uchrashuvga chiqadilar. Agar qiz bilan yigit uchrarashib, bir-
birlariga ma’qul bo‘lgan bo‘lsalar, patir sindirish marosimi o‘tkaziladi. Bu 
marosim ham ozchilik o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Bundan so‘ng “oqlik berish” 
marosimi bo‘lib o‘tadi, ya’ni kuyov taraf qiznikiga “oqlik” jo‘natadi. Bu 
marosimda ham kamchilik qatnashib, kuyov tarafdan kelinga atab yuborilgan 
birinchi sovg‘a-salom, shirinliklar va sarponing ma’lum qismi yuboriladi va o‘sha 
kuni tuy o‘tkazish muddati begilanadi.
Juda ko‘p joylarda to‘ylar uy sharoitida bo‘lib o‘tadi. Lekin katta 
shaharlarda to‘ylar restoran va kafelarda o‘tkazilmoqda. Shuning uchun to‘ylardagi 
dasturxon atrofidagi etiket, o‘zini tutish etiketi, raqs tushish etiketi, kiyinish 
etiketiga qat’ia amal qilinishi lozim. Jamoada yoshi katta onaxonlar, otaxonlar 
borligini unutmaslik kerak. Qonuniy nikohini kechki nikoh to‘yi marosimida qayd 
etish urf bo‘lib bormoqda (shar’iy nikoh to‘y egalari bilan kelishilgan vaqtda 
ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng, masjidning imom-xatibi amalga oshirishi lozim).
Kuyov navkarlar kelinning uyiga karnay-surnay sadolari ostida boradilar. 
Ma’lumki, karnay-surnay sadosi nikoh to‘yi e’lonidir. Ushbu tadbirda yosh 
bolalarning qatnashishi etiket bo‘yicha maqsadga muvofiq emas. Ko‘p joylarda 
kelin salom to‘y oqshomining ertasi kuni o‘tkazish odatga aylangan. Bu “kelin 
1
Ахлоқ- одобга оид ҳадис намуналари. Т. “Фан” 1990. Б.24 


154 
salom” deb nomlanadi. Kelin salomda faqat yaqin qarindoshlar va yon qo‘shnilar 
qatnashishadi. Buning ham o‘z etiketi bo‘lib, barcha amal qilishi lozim. 
Yangi chaqaloq tug‘ilishi munosabati bilan o‘tkaziladigan udum bu “Azon 
aytish (shar’iy marosim) chaqaloq tug‘ilganidan 7-9 kun o‘tgach, mahalla imomi 
yoki ilmli yaqin qarindoshlardan biri uning o‘ng qulog‘iga azon (chap qulog‘iga 
takbir) aytishi bilan. Bu odat go‘dakning bokira shuuriga Alloh nomini muhrlash 
mazmunida talqin etilgan”
1
Aqiqa chaqaloq tug‘ilganidan keyin 7, 14, 21 - kunlarning birida 
o’tkaziladi. Bir qo‘y so‘yib, uni uchga taqsimlab, bir qismini homiladan bo‘shagan 
ona uchun, bir qismini muhtoj oilalarga tarqatish, bir qismini ziyofatga ishlatish 
tavsiya etiladi. 
Qovurdoq yangi bo‘shangan kelinga onasi tomonidan tayyorlab olib 
boriladigan taom. Qovurdoq o‘zaro mehr-oqibat va do‘stlik rishtalarining 
mustahkam bog‘lanishini nazarda tutib, ixcham ko‘rinishda o‘tkaziladigan 
marosim hisoblanadi. O‘sha kuni beshikka solish marosimini ham o‘tkazib 
yuborish mumkin. Bundan tashqari, sunnat to‘yi, beshik to‘yi kabi marosimlar ham 
bo‘lib, bularni ham ixcham va yaqin kishilar davrasida o‘tkazish maqsadga 
muvofiq. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish