Etika: "Etika" fanining predmeti va jamiyat xayotidagi axamiyati Reja


Nikox va oilaning axlokiy asoslari, uning yoshlar tarbiyasidagi urni



Download 52,46 Kb.
bet3/8
Sana23.06.2022
Hajmi52,46 Kb.
#696312
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
11-mavzu etika

Nikox va oilaning axlokiy asoslari, uning yoshlar tarbiyasidagi urni
Reja:
1.Nikoxni kadimiy axlokiy munosabat shakli.Nikoxning konuniy va diniy jixatlari.
2. Oilaning psixologik, ijtimoiy-ma’naviy muxitining farzand garbiyasiga ta’Siri va ota –ona va farzandlap mas’uliyati.
3.Milliy ma’navnyatimizda nikox va oilaga doir axlokiy kadriyatlar

  1. Uzbekistonda yoshlar tarbiyasi ma’naviy-axlokiy kamolotida nikox va oila xakidagi milliy axlokiy kadriyatlarining urni.YOshlar psixologiyasida oilaga munosabatning ma’naviy-axlokiy tamoyillarini shakllshtirish Ajralish va uning axlokiy kamolotga salbiy ta’siri.

  2. Oilaviy munosabatlariga noan’anaviy yondashuvlarning okibatlari.

  3. Davlatning oila tinchligi va barkarorligini ta’minlashdagi urni. Oila shartnomasinn tuzishnish axlokiy jixatlari

1-MASALA.Oilaning jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhit sifatida yuzaga kyelishi uning quyidagi uchta jihatlari o’zida mujasamlashtirishligi bilan izohlanadi. Ayni paytda ular uning asosiy vazifasi ham sanaladi. Bular: 1]Nikox; 2]Oilaviy mulk va unga egalik qilish ; 3] Farzand tarbiyasi. Nikox oila tizimining nyegizi hisoblanadi.


Oila va nikox turli darajadagi ijtimoiy tuzilmalaridir. Oila kishilarning tabiiy-biologik[jinsiy munosabatlar, uy-ro’zg’or yuritish, farzand ko’rish], xuquqiy-ma'naviy munosabatlarga [syevgi-muhabbat, mas'uliyat, burch, vijdon va x.] asoslangan birlikdir.
Nikoh esa oilaning faqat xuquqiy asosi bo’lib, oila boshliqlarining bir-birlari va jamiyat oldidagi axloqiy va xuquqiy burch majburiyatlarini, mas'uliyatini byelgilaydi. Shunga ko’ra uning mohiyatan ijtimoiy-ma'naviy hodisa tarzdagi maqomati byelgilovchi jihatdir.
Nikox-bu ikki jinsdagi kishining ixtiyor erkinligiga asoslangan oila qurishlariga byerilgan fatvodir.
Tarix, qadimshunoslik, etnografiya fanlarining ko’rsatishicha, nikox kishilik jamiyatining sivilizatsiya tomon tadrijiy rivojlanib borishi jarayonida takomillashib borgan.
Nikohning dastlabki shakli - ekzogamiya , ya'ni nikoh bo’lib, uning o’zi ham quyidagi shakllarda - bochqichlar bo’yicha oddiydan murakkabga qarab o’zgarib boradi. Bular: 1]poligamiya [ko’pnikoxlik]; 2]poliginiya [ko’pxotinlilik]; 3]poliandriya [ko’perlilik].
Urug’chilikni paydo bo’lishi bilan ko’pnikohlilik[poligamiya] yuzaga kyeladi, yaqin qarindoshlar o’rtasida jinsiy munosabat-aloqada bo’lishni tabu taqiqlarning yuzaga kyelishi bilan izohlanadi.
Poliginiya – erkak kishining chegaralangan miqdordagi ayollar bilan poliandriya esa ayol kishining chegaralangan, bir qancha erkaklar bilan nikohli ittifoqidir.
Nikoh bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan xuquqiy va axloqiy jihatlarni o’z ichiga oladi. Bular; xuquqiy, axloqiy, diniy jihatlar. Xuquqiy tomondan, sotsial norma, talablar majmui bilan shartlangan bo’ladiki, ular muayyan qonun-qoidalarda mustahkamlangan bo’ladi. Masalan uning shartlaridan eng muhimi–nikohga kiruvchilarning o’zaro roziligi va ularning nikoh yoshiga yyetganliklari[yigitlar 18 yosh, qizlar 17 yoshdan nikoh tuzish xuquqiga ega]. Shuningdyek nikohning davlat tomonidan rasmiy ro’yxatga qayd etilishi oilada er-xotining xuquqlariga doir talablar uning xuquqiy jihati hisoblanadi. Nikohning xuquqiy jihati uning axloqiy jihatini zaruran taqozo etadi-ushbu jihatlar uyg’unlashgan paytdagina qurilgan oila mustahkam bo’ladi. Oila buzilishlarining asosiy sabablaridan biri ham ana shu uyg’unlikning buzulishi hisoblanadi.
Nikohning axloqiy jihati asrlar davomida shakllangan syevgi-muhabbat, or-nomus, burch, sharm-xayo vafo-kabi axloqiy tamoyil, normalar bilan bog’liqdir.
Bu o’rinda shuni ta'kidlash kyerakki, Sharqda xususan, o’zimizning yurtimizda avval-azaldan nikohning axloqiy jihati ustivor hisoblangan.[Abdulla Oripovning “Ayol shye'rida syevgi-muhabbat, vafodorlik axloqiy tamoyillari o’zining ifodasini topgan.] Axloqiy tomondan qurilgan nikohda syevgi, ya'ni tomonlarning muhabbati yyetakchi o’rin tutadi. Nikoh tuzishdan avval ikki yosh orasida goh ochiq, goh yashirin syevgi-muhabbat bo’lishi mumkin. har ikki holda ham rozilik sharti bilan qurilgan oila uning muhim tomonini tashkil etadi. Ko’pincha bunday oilaning qurilishiga ota-onalarda norozilik, shubxa uyg’otadi, chunki bo’lajak kyelin-kuyovning oilaviy kyelib chiqishi, ota-onasi, axloqiyligi haqida hyech qanday ma'lumotga ega bo’lmaganligi uchun ular bundan nikohga qarshi bo’ladilar.
Hozirgacha qarb madaniyati, dyemokratiyasi idyeallari jamiyatimiz hayotiga ta'siri kuchli bo’lsa-da, oilalar xalqimizga xos urf-odat, an'analar bo’yicha qurilmoqda. Bunda, ayniqsa, ota-ona, mahalla qo’shnilarning fikrlari, ishtiroki muhim jihat hisoblanadi. Masalan, o’tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar natijasiga ko’ra, so’rovga jalb qilingan, oila qurayotgan yosh yigit-qizlarning 83,3 foizi oila qurish nikohdan o’tishda ota-onalarning roziligi, oq fotixasi zarur dyeb hisoblaydilar.
“Sizningcha, nikohdan o’tish haqidagi masalani hal qilish haqida mahalla, yaqin qo’shnilarning fikrini hisobga olish kyerakmi?” degan savolga esa ularning 47,6 foizi albatta kyerak bu muhim dyeb, 38,8 foiz kyerak juda zarur bo’lgan holda dyeb javob byeradilar.
Hozirgi paytda nikohning xuquqiy jihati shariat qoidalari asosida mustahkamlanadi. Bunday holatda har ikkala tomon roziligi olinadi va diniy marosimlar o’tkaziladi[islom dinida mulla tomonidan fotixa surasi o’qiladi, xristian dinida chyerkov oldida va xudojo’y chyerkov otasi tomonidan kyerakli marosimlar o’tkaziladi. Mazkur nikohda ham tomonlar bir-biriga hurmat qilishga, hayotning achchiq va shirin kunlarida birga yyelkadosh bo’lishni o’z zimmalariga oladilar.
Nikoh o’z mohiyatiga ko’ra axloqiy hodisa. Unda ehtiroslar axloqi bo’ysundiriladi. Oddiy birga yashashda tabiiy-ehtiyojni qondirish birinchi o’rinda turadi, nikohda u ikkinchi darajalidir. Shuning uchun nikohsiz qurilgan oilalar jamiyat oldida burch va ma'suliyatsiz yashaydilar va unda tug’ilib voyaga yetgan farzandlar ham yyetuk insonlar bo’lib shakllanmaydilar.
Oilaning ikkinchi jixhatini oilaviy myerosiy munosabatlar bu uning mavjudligi, mustaqqilligini, tinch osoyishtaligi ta'minlovchi moddiy asos hisoblanadi. U oila a'zolarning balki ma'naviy ehtiyojlarni qondirish, baxtli hayot kyechirishlarining muhim omilidir. Oilaviy boylik, molu-mulk halol myehnat bilan topilgan paytdagina oilada axloqiy muhit yuzaga kyeladi. Oilada asosan erkak kishi yyetakchilik qiladi. Oilani boshqarish va uni moddiy jihatdan ta'minlash uning zimmasiga yuklanadi. Ayol kishi oilada ko’proq uy-yumushlari, farzand tarbiyasi bilan mashg’ul bo’ladilar.
Moddiy jihatdan ta'minlangan oilalarda ko’pincha farzandlar turli axloqsiz yo’llarga kirib kyetishi mumkin.[O’g’irlik, qalloblik va x.] Lyekin shuni aloxida ta'kidlash lozimki, moddiy boylik hyech qachon oilada ustuvor xaraktyerga ega bo’lmasligi lozim, aks holda, unday oila axloqsizlikka, tubanlikka yuz tutadi. Xadisi shariflarda: “Oila moddiy jihatdan qancha farovon bo’lsa ham, lyekin er-xotin bir-birlaridan ma'naviy oziqa topolmasa, u eng qashoq oiladir”, dyeyiladi.
Shuning uchun hukumatimiz kam ta'minlagan oilalarni ijtimoiy himoya qilish bo’yicha doimiy ravishda tadbir-choralarni amalga oshirib bormoqda.
Oilaning uchinchi jihati farzandlar tarbiyasidir. Bu har qanday jamiyatda nihoyatda katta jamiyatda katta ahamiyatga ega bo’lgan dolzarb masaladir. Oilada asosan ayol ko’proq farzand tarbiyasi bilan mashg’ul bo’lsa-da, lyekin konstitutsiyamizning 14 bobi 64-moddasida ota-ona o’z farzandlarini voyaga yetkazishda birdyek ma'suldirlar, dyeb ko’rsatilgan. Shuni yaxshi tushunib olish kyerakki, oilada, farzand tarbiyasida xuquqiylikdan ko’ra axloqiylik ustuvor xaraktyerga egadir. Boshqacha qilib aytganda ota-ona farzandlariga yuksak va oliyjanob axloqiy fazilatlari bilan namuna bo’la olishlari bilan tarbiyani amalga oshiradilar. Xalq tilida aytganda “qush uyasida ko’rganini qiladi
2. Oila jamiyatning asosi, muhim hujayrasi va ayni paytda u ma'naviy ijtimoiy muhit hisoblanadi. Shunga ko’ra u jamiyatning boshlang’ich axloqiy asosi vazifasini o’taydi.
Avvalambor oila mikro ma'naviy maskan bo’lib, u qanday tashkil topsa, shakllansa, jamiyat ham shunday taraqqiy etadi. Shu ma'noda oila jamiyat tizimining tarkibiy qismiki, ayni paytda uning o’zi ham makrooiladir. Inson ana shu mikro ma'naviy-maskan muhitida voyaga yetadi va unda axloqiy fazilatlar egasi kamol topadi.
Oila insoniyatning sivilizatsiya bosqichiga asosiy omil vazifasini o’taydi. Tarix, qadimshunoslik [arxyeologiya] fanlarining ko’rsatishicha insoniyat ma'lum davr mobaynida oilasiz davrni boshidan kyechirgan.
Oilaning tarixan shakllanishi jarayonida insonning tabiiy-biologik jihati, munosabatlari axloqiy talab, normalar asosida ijtimoiylashadi. Va buning natijasi o’laroq ijtimoiy xaraktyerga ega bo’lgan er-xotinlik, ota-ona, qarindoshlik tashkilot-davlat shakllanadi. Oilaning bunday xususiyatiga birinchilardan bo’lib qadimgi yunon faylasufi Aflotun e'tiborini qaratgan va davlat oilalarning o’zaro birlashishi natijasida yuzaga kyeladi dyeb tushuntiradi.
Oilaning jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhit sifatida yuzaga kyelishi uning quyidagi uchta jihatlari o’zida mujasamlashtirishligi bilan izohlanadi. Ayni paytda ular uning asosiy vazifasi ham sanaladi. Bular: 1]Nikox; 2]Oilaviy mulk va unga egalik qilish ; 3] Farzand tarbiyasi. Nikox oila tizimining nyegizi hisoblanadi.
Oila va nikox turli darajadagi ijtimoiy tuzilmalaridir. Oila kishilarning tabiiy-biologik[jinsiy munosabatlar, uy-ro’zg’or yuritish, farzand ko’rish], xuquqiy-ma'naviy munosabatlarga [syevgi-muhabbat, mas'uliyat, burch, vijdon va x.] asoslangan birlikdir.
Nikoh esa oilaning faqat xuquqiy asosi bo’lib, oila boshliqlarining bir-birlari va jamiyat oldidagi axloqiy va xuquqiy burch majburiyatlarini, mas'uliyatini byelgilaydi. Shunga ko’ra uning mohiyatan ijtimoiy-ma'naviy hodisa tarzdagi maqomati byelgilovchi jihatdir.
Nikox-bu ikki jinsdagi kishining ixtiyor erkinligiga asoslangan oila qurishlariga byerilgan fatvodir.
Tarix, qadimshunoslik, etnografiya fanlarining ko’rsatishicha, nikox kishilik jamiyatining sivilizatsiya tomon tadrijiy rivojlanib borishi jarayonida takomillashib borgan.
Nikohning dastlabki shakli - ekzogamiya , ya'ni nikoh bo’lib, uning o’zi ham quyidagi shakllarda - bochqichlar bo’yicha oddiydan murakkabga qarab o’zgarib boradi. Bular: 1]poligamiya [ko’pnikoxlik]; 2]poliginiya [ko’pxotinlilik]; 3]poliandriya [ko’perlilik].
Urug’chilikni paydo bo’lishi bilan ko’pnikohlilik[poligamiya] yuzaga kyeladi, yaqin qarindoshlar o’rtasida jinsiy munosabat-aloqada bo’lishni tabu taqiqlarning yuzaga kyelishi bilan izohlanadi.
Poliginiya – erkak kishining chegaralangan miqdordagi ayollar bilan poliandriya esa ayol kishining chegaralangan, bir qancha erkaklar bilan nikohli ittifoqidir.
Nikoh bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan xuquqiy va axloqiy jihatlarni o’z ichiga oladi. Bular; xuquqiy, axloqiy, diniy jihatlar. Xuquqiy tomondan, sotsial norma, talablar majmui bilan shartlangan bo’ladiki, ular muayyan qonun-qoidalarda mustahkamlangan bo’ladi. Masalan uning shartlaridan eng muhimi–nikohga kiruvchilarning o’zaro roziligi va ularning nikoh yoshiga yyetganliklari[yigitlar 18 yosh, qizlar 17 yoshdan nikoh tuzish xuquqiga ega]. Shuningdyek nikohning davlat tomonidan rasmiy ro’yxatga qayd etilishi oilada er-xotining xuquqlariga doir talablar uning xuquqiy jihati hisoblanadi. Nikohning xuquqiy jihati uning axloqiy jihatini zaruran taqozo etadi-ushbu jihatlar uyg’unlashgan paytdagina qurilgan oila mustahkam bo’ladi. Oila buzilishlarining asosiy sabablaridan biri ham ana shu uyg’unlikning buzulishi hisoblanadi.
Nikohning axloqiy jihati asrlar davomida shakllangan syevgi-muhabbat, or-nomus, burch, sharm-xayo vafo-kabi axloqiy tamoyil, normalar bilan bog’liqdir.
Bu o’rinda shuni ta'kidlash kyerakki, Sharqda xususan, o’zimizning yurtimizda avval-azaldan nikohning axloqiy jihati ustivor hisoblangan.[Abdulla Oripovning “Ayol shye'rida syevgi-muhabbat, vafodorlik axloqiy tamoyillari o’zining ifodasini topgan.] Axloqiy tomondan qurilgan nikohda syevgi, ya'ni tomonlarning muhabbati yyetakchi o’rin tutadi. Nikoh tuzishdan avval ikki yosh orasida goh ochiq, goh yashirin syevgi-muhabbat bo’lishi mumkin. har ikki holda ham rozilik sharti bilan qurilgan oila uning muhim tomonini tashkil etadi. Ko’pincha bunday oilaning qurilishiga ota-onalarda norozilik, shubxa uyg’otadi, chunki bo’lajak kyelin-kuyovning oilaviy kyelib chiqishi, ota-onasi, axloqiyligi haqida hyech qanday ma'lumotga ega bo’lmaganligi uchun ular bundan nikohga qarshi bo’ladilar.
Hozirgacha qarb madaniyati, dyemokratiyasi idyeallari jamiyatimiz hayotiga ta'siri kuchli bo’lsa-da, oilalar xalqimizga xos urf-odat, an'analar bo’yicha qurilmoqda. Bunda, ayniqsa, ota-ona, mahalla qo’shnilarning fikrlari, ishtiroki muhim jihat hisoblanadi. Masalan, o’tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar natijasiga ko’ra, so’rovga jalb qilingan, oila qurayotgan yosh yigit-qizlarning 83,3 foizi oila qurish nikohdan o’tishda ota-onalarning roziligi, oq fotixasi zarur dyeb hisoblaydilar.
“Sizningcha, nikohdan o’tish haqidagi masalani hal qilish haqida mahalla, yaqin qo’shnilarning fikrini hisobga olish kyerakmi?” degan savolga esa ularning 47,6 foizi albatta kyerak bu muhim dyeb, 38,8 foiz kyerak juda zarur bo’lgan holda dyeb javob byeradilar.
Hozirgi paytda nikohning xuquqiy jihati shariat qoidalari asosida mustahkamlanadi. Bunday holatda har ikkala tomon roziligi olinadi va diniy marosimlar o’tkaziladi[islom dinida mulla tomonidan fotixa surasi o’qiladi, xristian dinida chyerkov oldida va xudojo’y chyerkov otasi tomonidan kyerakli marosimlar o’tkaziladi. Mazkur nikohda ham tomonlar bir-biriga hurmat qilishga, hayotning achchiq va shirin kunlarida birga yyelkadosh bo’lishni o’z zimmalariga oladilar.
Nikoh o’z mohiyatiga ko’ra axloqiy hodisa. Unda ehtiroslar axloqi bo’ysundiriladi. Oddiy birga yashashda tabiiy-ehtiyojni qondirish birinchi o’rinda turadi, nikohda u ikkinchi darajalidir. Shuning uchun nikohsiz qurilgan oilalar jamiyat oldida burch va ma'suliyatsiz yashaydilar va unda tug’ilib voyaga yetgan farzandlar ham yyetuk insonlar bo’lib shakllanmaydilar.
Oilaning ikkinchi jixhatini oilaviy myerosiy munosabatlar bu uning mavjudligi, mustaqqilligini, tinch osoyishtaligi ta'minlovchi moddiy asos hisoblanadi. U oila a'zolarning balki ma'naviy ehtiyojlarni qondirish, baxtli hayot kyechirishlarining muhim omilidir. Oilaviy boylik, molu-mulk halol myehnat bilan topilgan paytdagina oilada axloqiy muhit yuzaga kyeladi. Oilada asosan erkak kishi yyetakchilik qiladi. Oilani boshqarish va uni moddiy jihatdan ta'minlash uning zimmasiga yuklanadi. Ayol kishi oilada ko’proq uy-yumushlari, farzand tarbiyasi bilan mashg’ul bo’ladilar.
Moddiy jihatdan ta'minlangan oilalarda ko’pincha farzandlar turli axloqsiz yo’llarga kirib kyetishi mumkin.[O’g’irlik, qalloblik va x.] Lyekin shuni aloxida ta'kidlash lozimki, moddiy boylik hyech qachon oilada ustuvor xaraktyerga ega bo’lmasligi lozim, aks holda, unday oila axloqsizlikka, tubanlikka yuz tutadi. Xadisi shariflarda: “Oila moddiy jihatdan qancha farovon bo’lsa ham, lyekin er-xotin bir-birlaridan ma'naviy oziqa topolmasa, u eng qashoq oiladir”, dyeyiladi.
Shuning uchun hukumatimiz kam ta'minlagan oilalarni ijtimoiy himoya qilish bo’yicha doimiy ravishda tadbir-choralarni amalga oshirib bormoqda.
Oilaning uchinchi jihati farzandlar tarbiyasidir. Bu har qanday jamiyatda nihoyatda katta jamiyatda katta ahamiyatga ega bo’lgan dolzarb masaladir. Oilada asosan ayol ko’proq farzand tarbiyasi bilan mashg’ul bo’lsa-da, lyekin konstitutsiyamizning 14 bobi 64-moddasida ota-ona o’z farzandlarini voyaga yetkazishda birdyek ma'suldirlar, dyeb ko’rsatilgan. Shuni yaxshi tushunib olish kyerakki, oilada, farzand tarbiyasida xuquqiylikdan ko’ra axloqiylik ustuvor xaraktyerga egadir. Boshqacha qilib aytganda ota-ona farzandlariga yuksak va oliyjanob axloqiy fazilatlari bilan namuna bo’la olishlari bilan tarbiyani amalga oshiradilar. Xalq tilida aytganda “qush uyasida ko’rganini qiladi”.
Ota-ona farzandlar tarbiyasi uchun ham xuquqiy, ham axloqiy jihatdan birdyek javobgardirlar.
Komil farzandlar tarbiyasi oilani mustahkam va uning jamiyatining kichik xujayrasi sifatidagi mavqyeni ta'minlovchi muhim omillardan biridir. Shunga ko’ra farzandlar tarbiyasi jamiyatning kyelajagini byelgilaydi.
Ayni paytda farzandlar ham ota-ona oldida o’z burchlarini ado etishlari
lozim.
O’zbyek xalqining eng qadimiy davrlardan boshlab to hozirga qadar davom etib kyelayotgan, o’z ahamiyatini hyech qachon yo’qotmaydigan ajoyib qadriyatlardan biri ota - onani yuksak darajada e'zozlash, izzat - ikromlari, hurmatlarini joyiga qo’yishdir. Ota-onani qadrlash, ularning duolarini olish - bolalarning farzandlik burchdir.
Buyuk bobokalonimiz Alishyer Navoiy bu borada shunday o’git byeradi: Ota-ona ikkisiga xizmatni birdyek qil. Ikki dunyoni obod bo’lishni istasang, shu ikki odamning roziligini ol. Tuni kuningga nur byerib turgan - birisini oy angla, birisini quyosh”.
Xadisu shariflarda farzandning ota-ona oldidagi qarzdorligi haqida shunday dyeyiladi: “Qaysi bir musmulmon farzandi savob umidi bilan ertalab ota-onasini ziyorat qilsa, Ollox taolo unga jannatdan ikkita eshik ochadi”.
“Ota-onalarning kyeksaygan vaqtda har ikkisini, yoki biri bo’lmaganda boshqasini rozi qilib jannatiy bo’lib olmagan farzand xor bo’lsin, xor bo’lsin, va yana xor bo’lsin”. “Kim ota-onasini rozi qilsa unga tubo[jannatdagi daraxt] nasib bo’lib, Ollox taolo uning umrini ziyoda qiladi”.
Oila turli xil sabablarga ko’ra buziladiki, ularning asosiylaridan biri farzandlar tarbiyasi bilan bog’liqdir.
Shuningdyek oila tabiiy sabablarga ko’ra ham buziladi. Bu asosan ota-onaning yoki ulardan birining vafotidan so’ng janjal, nizolar tufayli yuz byeradi.
Bundan tashqari oila nikohning byekor qilinishi munosabati bilan ham buziladi. Nikohning byekor qilinishning turlicha sabablari bor. Xususan farzandsizlik, turmush o’rtog’iga hiyonat va boshqalar.
Ota-onaga bo’ysunishdan bosh tortishga yo’l qo’yish bolaning qo’pol badxulq, nokam bo’lib yyetishuviga olib kyeladi. Shu bois oila ilk axloqiy tarbiya o’chog’i, maskani sifatida katta ahamiyat kasb etadi.
Oila mustahkam, tinch, farovon, sog’lom, baxtli bo’lsagina jamiyatda barqarorlik vujudga kyeladi. Shuning uchun ham mamlakatimizda oilani mustahkamlashga alohida e'tibor byerilmoqda. Asosiy qonunimizning “Oila dyeb atalgan 14-bobidagi 64-65-moddalarida oilaning mavqyei quyidagicha byelgilanadi. “Oila jamiyatning bir bo’g’inidir hamda jamiyat va Davlat muhofazasida bo’lish huquqiga ega”. “Onalik va bolalik Davlat tomonidan muhofaza qilinadi”.
Axloqiy maskan bo’lish oila jamiyatini, millatini tashkil etadi. Mamlakatimizda barpo etilayotgan fuqarolik jamiyati oila va davlat o’rtasidagi muhim bosqichdir. Bunda mazkur fuqarolik jamiyati o’ziga hos xususiyati unda axloqiy tamoyillar jamiyatning o’z-o’zini boshqarish bosqichiga o’tishning asosiy omili bo’lib xizmat qilishligi bilan izohlanadi. Bu o’rinda Pryezidyentimizning quyidagi fikrini esga olish maqsadga muvofiqdir: “Fuqarolik jamiyatining eng asosiy byelgisi – bu davlatning vazifasi – vakolatlarini jamoat tashkilotlariga bosqichma-bosqich o’tkazish orqali fuqarolarning ijtimoiy faoliyatini, siyosiy-axloqiy madaniyatini oshirishdan iboratdir”.
Fuqarolik jamiyati mohiyatan oila va jamiyat o’rtasidagi munosabatlarning nisbatan uyg’unlashgan darajadagi jamiyat tizimidir. Chunki fuqarolik jamiyatning asosiy xususiyatlaridan biri bu o’z-o’zini boshqarish[tamoyili] hisoblanadiki, bunda ushbu tamoyil oila bilan boshqaruvchi siyosiy tashkiloti bo’lgan davlat o’rtasidagi munosabatni uyg’unlashtirish omili bo’lib xizmat qiladi.
O’z-o’zini boshqarish tizimiga o’tish jarayonida davlat funktsiyalari asta-syekinlik bilan jamoat, nodavlat tashkilotlari zimmasiga o’ta boradi. O’zbyekiston Konstitutsiyasining 105-moddasi va “Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari to’g’risida”gi qonunni 1-moddasiga binoan, shahar qishloq va ovullarda, shuningdyek, ular tarkibidagi mahallalarda fuqarolarning yig’inlarini – o’zini-o’zi boshqarish dyeb byelgilanadiki, ular 2,5 yil muddatga rais [oqsoqolli] va uning maslahatchilarini saylaydi.
O’zini-o’zi boshqarish organlari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda fuqarolarga o’z huquqlarini ro’yobga chiqarishga ko’maklashadilar, o’z hududlaridagi ijtimoiy va xo’jalik vazifalarini hal etish, ommaviy-madaniy tadbirlarni o’tkazish, davlat hokimyati, boshqaruv organlari hamda O’zbyekiston Ryespublikasi qonunlari, Pryezidyentning farmonlarini, hukumatning, xalq dyeputatlari mahalliy Kengashlari va hakimlarning qarorlarini bajarishda fuqarolarni birlashtiradilar.
O’zini-o’zi boshqarish tamoyili har bir fuqarodan jamiyatdagi siyosiy-ijtimoiy jarayonlarda faol sub'yekt sifatida ishtirok etish bilan birga, ulardan o’zida yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirishlarini talab qiladi. Ushbu vazifani barcha tarbiya yo’nalishlarida axloqiy tarbiyaning ustuvor mavqyei o’zaro birlik orqali amalga oshiriladi. Shunga ko’ra barpo etilayotgan jamiyat mamlakatimizda.. G’arb mamlakatlaridagi fuqarolik jamiyatidan ana shu jihati bilan farq qiladi. Agar g’arb mamlakatlari boshqarish tizimida qonunchilik yyetakchilik qilsa, bizda ma'naviy axloqiy yo’nalish byelgilovchi mavqyeyini egallaydi.
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishda davlat bosh islohotchi vazifasini o’taydi. Davlat turli-tuman boshqaruv va tashkiliy institutlar majmuasi bo’lib, uning eng muhim vazifalardan biri-bu jamiyat va shaxs munosabatlarini uyg’unlashtirishdir-ki, buni u eng avvalo ta'lim-tarbiya tizimini isloh qilish, mukammalashtirish orqali amalga oshadi.
1997 yildan boshlab amalga oshirilayotgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” bu sohadagi asosiy yutuqlarimizdan biri bo’lib, u xalqimizning intyellyektual salohiyatini oshirish bilan birga ularning axloqiy madaniyatini shakllantirishga fuqarolik jamiyatiga muvofiq kyeluvchi yyetuk kadrlar yyetishtirishga qaratilgandir.

2. Ryejadagi ikkinchi savol axloqiy madaniyat va kasbiy odob masalasi bo’lib, u axloqshunoslikdagi asosiy mavzulardan biri bo’lib hisoblanadi.


Davlat va fuqarolik jamiyati uchun xos bo’lgan jamiyat va shaxs uyg’unligiga muayyan darajasini fuqarolarning axloqiy madaniyati darajasi orqali erishiladi. Axloqiy madaniyat shaxsning jamiyat tomonidan qabul qilingan, insonda zavq uyg’otuvchi tajribalarning o’z hayoti faoliyatida amal qilishi, qo’llashi, hayot tarziga singib borishi, o’z-o’zini muntazam takomillashtirib borishi singari jihatlarni o’z ichiga qamrab oladi. Shunga ko’ra axloqiy madaniyat umumiy madaniyat tizimining tarkibiy qismi bo’lib, shaxsning jamiyat axloqiy tajriba, normalarini e'tiqod darajasida o’zlashtirishi, hatti-harakatlari, hayotiy faoliyatida namoyon etish malaka ko’nikmalaridir. Axloqiy madaniyat shaxs va jamiyat o’rtasidagi munosabatlari, ularning maqsad manfaatlarini uyg’unlashtirishning omili bo’lib hisoblanadi. Chunki ijtimoiy munosabatlar taraqqiyoti darajasi axloqiy norma, tamoyillarning jamiyat a'zolari tomonidan qay darajada o’zlashtirilganligi bilan byelgilanadi.
Axloqiy madaniyat tuzilmasi muayyan tarkibiy qismlardan iborat bo’lib, bular quyidagilar: 1] muamola odobi: 2] etikyet; 3] kasbiy odob.
Ijtimoiy munosabatlar – bu kishilar o’rtasidagi kundalik, turmush, ishlab chiqarish jarayonida shakllanadi-ki, bu jarayonda axloqiy mye'yorlarga rioya qilish – muomala odobi muhim ahamiyat kasb etadi. Shunga ko’ra muomala odobi ijtimoiy xaraktyerga ega bo’lib, u mohiyatan shaxs axloqiy madaniyati shakllanishining dastlabki bosqichi hisoblanadi.
Muomala odobi kishining xushmuomalalik, rostgo’ylik, kamtarlik, halollik kabi axloqiy mye'yorlarga qay darajada rioya qilishi, turmush tarzida qulay bilishida namoyon bo’ladi. Xalqimiz orasida keng tarqalgan hikmat-u naqllarda muomala odobining ana shu jihatlari o’z ifodasini topgan. Masalan: “Shirin so’z jon ozig’i, yomon so’z-bosh qozig’i”, “Yaxshi topib gapiradi, yomon-qopib”, “Til yarasi bitadi, so’z yarasi bitmaydi”, “Do’st achitib gapiradi, dushman-kuldirib” va boshq.
Bunday hikmatlarning har birida mujassamlashgan fikr ming yillar davomida kishilarning hayotiy tajribasida yuzaga kyelgan haqiqatlardir-ki, bunga ko’pincha e'tibor byerilmaydi. Vaholanki, kishining axloqiy-ma'naviy hislatlari eng avvalo muomala madaniyati odobida namoyon bo’ladi. Bu o’rinda birgina misol kyeltirish bilan chyeklanishimiz mumkin. Dyemak, bir kishi byergan va'da bo’yicha o’z tanishi bilan kyelishilgan uchrashuvga ataylab bormadi. Bir qarashda oddiy bir xol bo’lib ko’ringan va'daga vafo qilmaslik aslida rostgo’ylik axloqiy mye'yorining buzilishidir-ki, bunda kishi o’ziga nisbatan ishonchini yo’qotadi.
Etikyet – bu kishilarning o’zaro munosabatiga tyegishli umumiy tarzda qabul qilingan va rioya qilinishi talab etiladigan axloqiy qoidalardir. Shunga ko’ra u muomala odobining rasmiylashgan shaklidir-ki, u har bir xalqning urf-odati, xulq-atvori bilan byevosita bog’liq odob qoidalari hisoblanadi. Masalan, bizning xalqimizdagi myehmondorchilik, dasturxon ustida o’tirish – ovqatlanishning odob qoidalari–etikyetlardan [dasturxon to’rida eng kattalarning o’tirishi, ovqat yyeyishni ularning boshlab byerishi va boshq.] g’arb – Ovro’pa xalqlarning bu boradagi etikyetlari farq qiladi. [Bu o’rinda Maxtumqulining: “Har yigitning aslini bilay dyesangiz, marakada o’tirib turishing ko’ring” degan so’zlarini eslash kifoya.
Bugungi globallashuv, dunyo xalqlari madaniy aloqalarining kengayib borishida kishilarimizda, ayniqsa yoshlarimizda milliy qadriyatlarimizga sodiqlik ruhida tarbiyalash alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shunga ko’ra yoshlarimiz milliy etikyet ko’nikmalarini shakllantirish bugungi tarbiya tizimining muhim vazifasi hisoblanadiki, oila buni amalga oshuruvchi asosiy sub'yekt sanaladi. Darhaqiqat, odob ko’nikmalari bolada yoshlikdan byevosita ota-onaning namunaviy hatti-harakatlari ta'sirida shakllanadi. “qush uyasida ko’rganini qiladi”degan xalq hikmatida ana shu oddiy haqiqat mujassamlashgandir.
Etikyet muomala odobi sifatida faqat muayyan millat, xalq munosabatidagi emas, balki xalqaro ijtimoiy-siyosiy miqyosida, xususan, diplomatiya sohasida qabul qilingan qonun-qoidalar tarzida ham amal qiladi. Bunday qonun qoidalar rasmiy xaratyerga ega bo’lib, ularga elchilardan tortib, davlat boshliqlarigacha birday rioya qilishi talab etiladi. Va ularni buzish qat'iyan taqiqlanadiki, bunga yo’l qo’yilgan xolda katta jarima to’lanadi.[Sobiq sho’rolar mamlakatining boshlig’i N, S, Xrushchyev 1962-yilda BMT assamblyeyasida ma'ruza qilish etikyetini buzganligi uchun unga jarima byelgilangan edi].
Kasb odobi axloqiy madaniyatning moddiy va ma'naviy ishlab chiqarish jarayonida amal qilish shaklidir. Boshqacha qilib aytganda, kasb odobi muayyan ishlab chiqarish sohasida shug’ullanuvchi shaxs–kasb egasining o’z ijtimoiy burchini axloqiy norma, mye'yorlar myezonidan o’tash madaniyatidir. Kasb odobi bir-biri bilan uzviy bog’liq ikki jihatni o’z ichiga oladi: huquqiy va axloqiy. Kasb egasining o’z burchini jamiyatning maqsad va manfaatlariga muvofiq majburiyat doirasida bajarishi birinchi jihat mohiyatni ifodalasa, ikkinchi jihatning mohiyati esa ixtiyor erkinligi, axloqiy tanlov asoslanishligi bilan izohlanadi va qayd etilgan jihatlar o’zaro uzviy birlikda kasb egasi faoliyatida axloqiy munosabat tarzida namoyon bo’lgan paytdagina kasb odobi axloqiy madaniyatning amal qilish shakli hisoblanadi. Darhaqiqat, masalan, shifokor-vrachning kasb odobi Gippokratga qasamyodini faqat majburiyat doirasida emas, balki axloqiy tanlov tamoyillari asosida ado etishligida namoyon bo’ladi. Shuni ta'kidlash kyerakki, kasb odobida huquqiy jihat byelgilovchi, ustuvor tomon hisoblanadi va shu bois hyech bir tabib, hatto o’zining ashadiy dushmanini ham davolamaslikka haqqi yo’q.
Kasb odobi huquqiy va axloqiy jihatlarining birligi tamoyili barcha kasb egalariga ham birdyek talluqlidir.
Shuni alohida ta'kidlash kyerakki, kasb odobi turli toifadagi kishilar o’rtasidagi o’zaro aloqa muomala odobi bo’lib qolmasdan, ayni paytda unda shaxs va jamiyat o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlar ifodalanadi. Chunki har bir ijtimoiy guruh kasbiy vazifa-burchlarini bajarishiga ko’ra iyerarxiyali, mavqega egadirlarki, bunda ularning biri ikkinchisiga nisbatan imtiyozli huquqga ega bo’ladi. Chunonchi, o’qituvchi uquvchiga nisbatan, maktab diryektori o’qituvchiga nisbatan va h.
Shu jihatdan olib qaraganda kasb odobi madaniyati jamiyat va shaxs munosabatlarini uyg’unlashtirishda muhim mavqyeni egallaydiki, bu ayniqsa bugungi kunda mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini barpo etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Zotan bunday jamiyat o’z mohiyatiga ko’ra o’z-o’zini boshqa tamoyiliga asoslangan tizim bo’lib, bunda fuqarolarning axloqiy madaniyati ustivor mavqyeni egallaydi.

3. Axloqshunoslik, birinchi ma'ruzamizda ko’rib o’tganimizdyek, amaliy falsafada bo’lib, uning u axloqiy bilimlar, tamoyillar, mye'yorlar, norma-talablarni kishilarning hatti-harakatiga turmush-tarzi, hayotiy faoliyatimizga aylantirish masalasi tadqiqi bilan shug’ulanishligi bilan izohlanadi va bunda mazkur fan byevosita axloqiy tarbiya amaliyoti, ya'ni uni amalga oshirish jarayoni bilan shug’ullaniladi, balki mazkur tarbiyaning maqsadi, vazifalari va vosita usullarini falsafiy-nazariy, tajribaviy-bayoniy usullarini ko’rsatib byeradi. Shunga ko’ra axloqshunoslik pyedagogika fani va tarbiya maliyoti uchun dasturilamaliy ahamiyatga ega bo’lgan ilm sohasi hisoblanadi.


Axloqiy tarbiya umumiy tarbiya tizimining, falsafiy til bilan aytganda substantsiyaviy asosini tashkil etadi. Chunki barcha tarbiya yo’nalishlari [estyetik, siyosiy-mafkuraviy, huquqiy, jismoniy va h.] ning maqsad va vazifalarini amalga oshirishda axloqiy tarbiya asosiy vosita – omil bo’lib xizmat qiladi.
Chunki umuman har qanday tarbiyaning amaliy ko’rinishi, uning maqsad, vazifalarining qay darajada ryeallashishi shaxs axloqiy tarbiyasi darajasi bilan byelgilanadi va shunga ko’ra axloq ma'naviyatning nyegiz elyemyenti hisoblanadi.
Inson ma'naviyat sohibi ekanligi uning madaniyati darajasi bilan byelgilanadi. Shunga ko’ra shaxs axloqiy tarbiyasi inson mohiyati bilan bog’liq azaliy falsafiy muamolardan biri bo’lib hisoblanadi. Chunki barcha tarbiya yo’nalishlari o’zaro birlikda jamiyat va shaxs ma'naviyatini shakllantirish uchun xizmat qilib mazkur jarayonning natijasi axloqiylik myezonlari bilan o’lchanadi. Shu bois axloqiy tarbiya masalasiga har bir davrda o’ta dolzarb vazifa sifatida qaralgan. Tarixdan ma'lumki, axloqiy tarbiya Konfutsiy, Platon, Aristotyel, Yusuf Hos Hojib, Alishyer Navoiy, Ahmad Yuknakiy, Avloniy kabi mutafakkirlarning diqqat markazlarida bo’lgan va ular o’zlarining bu haqda noyob fikrlarini myeros qilib qoldirganlar. Bu yerda har bir alloma fikriga to’xtalish imkoniyati ega bo’lmasada, ayrimlarining fikrini kyeltirib o’tamiz. Yunon faylasufi Aflotun [er. avv.4 asr] ning fikricha “Tarbiya faqat azaldan insonga byerilgan fazilatlarni shakllantiradi, yuzaga chiqaradi, xolos. Bordi-yu tarbiya noto’g’ri byerilsa, u xolda insondagi azaliy fazilatlar o’zgarishi yoki o’chishi mumkin”.
Axloqiy tarbiya insonni komillikka eltuvchi yo’llarning eng asosiysi hisoblanadi. Yunon faylasufi Arastu[er.avv. 4 asrda] “Ma'naviy barkamol inson aql bilan fazilat birligiga amal qiladigan kishidir. Fazilat [axloqiy-tarbiya mahsuli] insonning qo’lga kiritgan sifatidir” - dyeb ta'kidlangan edi. Shunga ko’ra axloqiy tarbiya shaxsni ma'naviy-ruhiy kamol topishning asosiy yo’nalishi hisoblanadi. Shaxsni axloqiy tarbiyalash murakkab uzluksiz jarayon bo’lib, u jamiyat uchun eng dolzarb masala hisoblanadi. U o’z vaqtida buni taniqli map'rifatparvar Abdulla Avloniy bir jumla bilan ifodalab byergan edi: “Tarbiya [axloqiy tarbiya izoh bizniki] biz uchun yo hayot-yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir”. Allomaning ushbu fikri hozirgi kunda yoshlarimizni milliy istiqlol g’oyasi ruhida tarbiyalashda dasturiamaliy ahamiyat kasb etmoqda.
Shaxs axloqiy tarbiyasi axloqiy fazilatlar, mye'yor va tamoyillarning muayyan usul va vositalari yordamida amalga oshiriladi.
Axloqiy tarbiyaning asosiy maqsadi ma'naviy-axloqiy barkamol shaxsni shakllantirish bo’lib, bu axloqiy norma, tamoyil va mye'yorlarni har bir kishining faoliyati, motivi hatti-harakatining mazmuni, turmush tarziga aylantirish vazifasi orqali amalga oshiriladi. Shu ma'noda axloqiy tarbiya – bu shaxsning axloqiy madaniyatini shakllantirishga qaratilgan uzluksiz, tizimli jarayondir.
Mazkur vazifa bir-birini taqozo etuvchi ob'yektiv va sub'yektiv omillar birligida amalga oshadi. Jamiyat ma'naviy hayoti darajasi axloqiy tarbiyaning ob'yektiv sharoiti-omili hisoblanadi. Mazkur tarbiyaning sub'yektiv omili esa insondagi ilohiy noyob nye'mat axloqiylikni muayyan tamoyil vosita va usullar bilan takomillashtirishga qaratilgan maqsadli jarayondir.
Axloqiy tarbiya quyidagi tamoyillar orqali amalga oshiriladi: 1] namunaviylik; 2] o’z-o’zini tarbiyalash; 3] uzluksizlik.
Namunaviylik – bu tarbiyalanuvchiga axloqiy mye'yorlarning konkryet shaxs faoliyatida qay darajada ryeallashganligini ibrat qilib ko’rsatishdir. Mazkur tamoyil ayni paytda tarbiyalining o’zi tarbiyalangan bo’lishi kyerak degan tamoyilga amal qilishni talab etadi.
Namunaviylik tamoyili, ayniqsa, yoshlarga oila, maktablarda odob, xulq ko’nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyatga egadir. Chunki bolalar tabiatan taqlidchi bo’ladilarki, ular bunday ko’nikmalarni birinchi galda o’z ota-onalari, o’qituvchilaridan oladilar. Shuning uchun har bir ota-ona, pyedagog yoshlarni faqat o’git, nasihat bilan byerish bilan emas, balki namunaviy hatti-harakati, o’rnak ko’rsatish orqali tarbiyalashi talab etiladi.
O’z-o’zini tarbiyalash axloqiy tarbiya jarayonining faoliyat sifatida amal qilish ning o’ziga hos shakli hisoblanadi. O’z-o’zini tarbiyalash–bu kishining o’z-o’zini anglashi, jamiyatning ehtiyoji, maqsadi myezonidan turib o’z-o’ziga baho byerishi, o’z-o’zini nazorat qilishi asosida kyechadigan faoliyati bo’lib, bunda u o’zini shaxs sifatida shakllantiradi. Shaxsda bunday qobiliyat maqsadga qaratilgan tarbiya jarayonida shakllanadi va bunday tarbiya birinchi galda oilada amalga oshiriladiki, bunda ota-onaninig farzandlarga namuna ko’rsatishi muhim rol o’ynaydi.
O’z-o’zini tarbiyalash ijobiy sifatlarini takomillashtirish va salbiy nuqsonlarni tuzatishga qaratilgan ongli va muntazam faoliyat dyeb ta'riflanadi. Lyekin, shaxsda o’zining salbiy hislatlarini tushunish, uni yo’q qilish ga intilish, yaxshi fazilatlarni rivojlantirish uchun harakat qilish faoliyati o’z-o’zidan vujudga kyelmaydi. Buning uchun barcha tarbiyachilar qunt bilan yoshlarni o’ziga nisbatan talabchanlik nuqtai-nazari bilan qarash yo’lida talay ish olib borishlari lozim. Bu o’rinda bolani kimga o’xshashi va kimdan ibrat olishiga ko’maklashish zarur. Ammo bu ish buyruq yoki ko’rsatma shaklida emas balkim, fikr-xohish bildirish yoki maslahat tarzida amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Tanqidiy qarash vujudga kyelmasdan turib o’z-o’zini tarbiyalash amalga oshmaydi. Lyekin boshqa kishilardagi kamchiliklarni tanqid qilish kifoya qilmaydi. Balkim o’ziga nisbatan qattiq talabchan bo’lish, o’z kamchiliklarni anglash va ularni qunt bilan yo’qotish muhim ahamiyatga molikdir. O’ziga nisbatan talabchan bo’lmaslik, o’z nuqsonlarini tan olmaslik, hudbinlikka va nihoyat axloqiy tubanlikka olib boradi. O’z-o’zini tarbiyalash yo’lida ijobiy natijaga erishmoq uchun yoshlarda o’z xulq-atvorini to’g’ri baholash qobiliyatini rivojlantirish, o’zi uchun ma'qul axloqiy idyeal tanlash istagini vujudga kyeltirish lozim. Bu oqil ona tarbiya jarayoni va murabbiylarning shaxsiy ta'siri orqali vujudga kyeladi. Insonda o’z-o’zini tarbiyalash xususiyatlari kichik yoshda boshlanib, yoshi ulg’aygan sari takomillashib boradi. Xususan o’smirlik davrida taqlidchanlik ancha rivoj topadi. Ular ijobiy shaxslardan ibrat olish bilan birga ba'zan salbiy mard, botirlardan ta'sirlanib ularning nojo’ya yo’llaridan borib qoladilar. Natijada: manmanlik, ikki yuzlamachilik, baqritoshlik, ichkilikbozlik, hattoki o’g’rilik kabi yomon sifatlarni yo’qotishga urinadilar. O’zlaridagi salbiy harakatlarni ijobiy faraz qilib ba'zan jinoyatlar sodir qiladilar. O’z-o’zini tarbiyalash jarayonini pyedagogik nazoratsiz [stixiyali xolida] qoldirib bo’lmaydi. Chunki yoshlar hayotiy tajriba va shuningdyek huquqiy bilimdonlik yetishmaydi. Uning ustida ayrim o’smirlar o’jarlikni printsipiallikni dyeb hato tushunib axloqsizlik darajasiga tushunadilar.
Uzluksizlik axloqiy tarbiyaning muhim tamoyili bo’lib, mazkur tarbiyaning barcha yo’nalishlar bilan uzviy birlikda va tarbiya sub'yektlarining [oila tarbiya muasasaligi maktab, oliy maktab, jamoat tashkilotlari] ning o’zaro aloqadorlikda faoliyat ko’rsatishni taqozo etadi.
Axloqiy tarbiyadagi uzluksizlik-tamoyili ta'lim va tarbiya birligida amalga oshiriladiki, bu ko’pincha tarbiya xususan, axloqiy tarbiya amaliyotida nazardan chyetda qoldiriladi.
Axloqiy tarbiya bir qator vositalar orqali amalga oshiriladi: Bular: oila, myehnat, san'at, ommaviy axborot vositalari va h. Shaxs axloqiy tarbiyasi avvalo oiladan shakllanadi. To’g’rirog’i, u ona qornidan boshlanadi degan gap byejiz aytilmagan. Chunki avvalo ota-onaning o’zi axloqiy tarbiya ko’rgan bo’lishi kyerak. Ota-ona o’zining axloqiy fazilatlari bilan farzandiga namuna bo’la olishi kyerak. Shuning uchun ularning zimmasiga kattta ma'suliyat yuklangandir.
Axloqiylik insonning insoniyligi uning axloqiy tarbiya mahsuli bo’lgan axloqiy madaniyatida ifodalanadi. Shunga ko’ra axloqiy tarbiyaning ahamiyati nihoyatda katta bo’lib, oila uning asosiy omil – vositalaridan biri hisoblanadi.
Myehnat ham shaxsiy axloqiy tarbiyalovchi muhim vositalaridan biridir. Insonni halolllikka, poklikka o’rgatadi. Myehnatga o’rganmagan kishi dangasa, loqayd, bye'mani, adolatsiz, mol-dunyoga byeriluvchan, tayyorga-ayyor, xasis,pastkash, takabbur kabi illlatlar egasiga aylanadi.
“Myehnat insonni ulug’laydi” degan maqoldakatta hikmat bor. Ijodiy myehnat insonni inson qilib tarbiyalaydi, komillikka eltadi, sabr toqatli bardoshli qiladi. Shuning uchun oila, maktabda bolalarni myehnatga o’rgatish – myehnat tarbiyasini amalga oshirish muhim dolzarb vazifa hisoblanadi.
San'at axloqiy tarbiya vositalar tizimida alohida o’rin egallaydi. Chunki san'at asarlarida axloqiy myezoniy tushunchalar, tamoyillar mazmun-mohiyati badiiy obrazlarda mujassamlashadi. Shunga ko’ra shaxsda san'at asarlarini estyetik idrok etish, undan ma'naviy-ruhiy qizolanish qobilyatini shakllantirish axloqiy tarbiyaning muhim vazifasi hisoblanadi va huddi mana shu vazifani amalga oshirishda axloqiy va badiiy-estyetik tarbiyaning maqsad va vazifalari o’zaro mushtaraklashadi.
San'at turlari orasida badiiy adabiyot alohida mavqyeni egallaydi. Chunki badiiy asarlarda axloqiy estyetik idyeallar, konkryet qahramonlar obrazida mujassamlantiradiki, ulardan o’quvchi yashashdan maqsad nima va qanday yashamoq degan azaliy axloqiy savollarga nisbatan javob topadi.


Download 52,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish