Eski o’zbek tili da unli va undoshlar taraqqiyoti
Morfologiya. Ot so’z turkumi
Reja:
1. Morfologiya haqida umumiy ma'lumot.
2. Ot yasalishi.
3. Grammatik son kategoriyasi.
4. Egalik kategoriyasi.
5. Eski o’zbek tilida unlilar tizimi.
6. Eski o'zbek tilida unlilar cho’ziqligi.
7. Undoshlar tizimi.
8. Unlilar uyg’unligi.
Eski o'zbek tilida, umuman, o'zbek tili tarixida qo'llangan unlilarning miqdorini belgilash masalasi munozarasidir, tadqiqotchilarning unlilarni aniqlash borasida turli tamoyillarni - unlilarning old qator - orqa qator, cho’ziq-qisqalik xususiyatlarini asos qilib olishi ularning miqdorini ayni bir xil belgilash uchun kiyinchilik tug’dirib keldi. Til tarixiga oid ilmiy isharda eski o'zbek tilida b ta, 8 ta, 9 ta unlining mavjud bo’lganliga haqida fikrlar uchraydi. Eski o'zbek tilidagi turli so’zlarda singarmonizm qonunining amal qilishi, hozirgi o’zbek shevalarida kontrakt juft unlilarning saqanib qolishi eski o'zbek tilida 9 ta unli, arabcha, forscha so'zlardagi a unlisining eski o’zbek tilidagi o’rni kat'iyligini hisobga olganda, Yuzta unli mavjud bo'lgan degan xulosaga kelish mumkin.
Shunday qilib,eski o'zbek tilida o’nta unli bo'lib, ular quyidagilar: a, a, o, v, u, h,o', ye, a.
Unlilar xarakteristikasi:
a - umumturkiy, orqa qator, quyi-keng, lablanmagan. Manbalarda alif bilan beriladi, ayrim qisqa bo'g’inlarda harfiy ifodaga ega bo'lmaydi.
a - arab, fors tilidan o’zlashgan so'zlarda qo'llanadi, orqa qator, quyi-keng, lablangan. Yozuvda har doim harfiy ifodaga ega va alif bilan berilgan.
-aksariyat turkiy tillarda mavjud, old qator, quyi-keng, lablanmagan. Manbaalarda alif bilan beriladi, qisqa bo'g’inlarda olif ifodalanmasligi ham mumkin. Ye - turkiy tillarda keyin paydo bo’lgan va i old qator unlisining varianti sifatida vujudga kelgan. Eski o’zbek tilida mustaqil unli sifatida qatnashadi, kontrast juftligi yo'q old qator, o'rta-keng, lablanmagan unli, yozuvda so'z boshida alifu yoy bilan, so’z o'rtasi va oxirida yoy bilan yoziladi. Ayrim yodgorliklardagi qisqa bo’g’inda harfiy ifodaga ega bo'lmasligi mumkin.
i - umumturkiy, old qator, yuqori-tor, lablanmagan. Xarfiy ifodasi ye unlisiga aylangan.
I’- umumturkiy, orqa qator, yuqori-tor, lablanmagan, harfiy ifodasi i unlisi bilan aynandir.
o - umumturkiy, orqa qator, o'rta-keng, lablangan. So'z boshida alifu vov, so'z o'rtasi va oxirida vov bilan berilgan.
o - umumturkiy, old qator, o'rta-keng, lablangan. Harfiy ifodasi o bilan aynandir.
u - umumturkiy, orqa qator, yuqori-tor, lablangan, harfiy ifodasi o unlisi singaridir.
y - umumturkiy, old qator, yuqori-tor, lablangan, harfiy ifodasi o, v, u unlilari bilan o'xshash.
Bu unlilar o'rni bilan birlamchi va ikkilamchi cho'ziqliklarga ega bo’ladi. Ular xuddi hozirgi o'zbek tilidagidek, uch xil xususiyatiga ko’ra tasnif qilinadi:
I. Tilning gorizontal harakatiga ko'ra:
1.Old qator(til oldi, yumshoq) unlilar: ye, u,y, o, e.
2. Orqa qator(til orqa, qattiq) unlilar: o, iu, u, o, a.
II Tilning vertikal holatiga ko’ra:
1.Yuqori(tor): u, i, iu,
2.O’rta(keng): v, o,ye,
3.Quyi(keng); a, e, a.
III. Lablarning ishtirokiga ko’ra:
1. Lablangan: u, u, o, v, i.
2.Lablanmagan: a, a,u, i, ye,
Arab yozuvi asosidagi eski o’zbek yozuvida bu unlilarning har biri uchun alohida belgi bo'lmasa-da, so'zning o'zak va qo'shimchasi tarkibidagi q,g' o'zakdagi unlining qattiqligiga, k,g esa yumshoqligiga ishora qilib keladi: atqa-otga; yetqe-go'shtga; torge-turgau (yuqoriga).
Hozirgi o'zbek adabiy tili talaffuzi va yozuvida old qator (yumshoq) va orqa qator (qattiq) unlilar keskin farqlanmaydi. Lekin eski o'zbek talida bu farq katta ahamiyatga ega. Unlilarning qatori old, orqa ekanligi tilning gorizontal-tishlar yoki bo’g’iz tomonga harakati bilan belgilanadi. Tilning tishlarga yaqinlashgan holatida talaffuz etilganda, old qator unlilar hosil bo'ladi. Orqa qator unlilar talaffuz etilganda, tilning uchi milkdan ancha uzoqlashadi.
Unlilarning qattiq-yumshoqligi hozirgi o'zbek tilidan boshqa barcha turkiy tillarda, shuningdek, eski o'zbek tilida ham juda katta ahamiyatga ega, unlilarning qattiq-yumshoqligi so'z ma'nolarini farqlashga ham xizmat qiladi: olturdiu-o'tirdi,olturdi-o'ldirdi;tor-uyning to’ri tor-to’r,tuzoq.
O'zbek tili tarixida cho'ziq unlilar haqida so'z yuritilganda, uch masalani farqlash lozim:
1. Arab va fors tillaridan eski o'zbek tiliga kirib kelgan so’zlarda cho'ziq va qisqa unlilarning o’zaro munosabati.
2. Turkiy so’zlardagi unlilarda birlamchi cho'ziqlik.
3. Turkiy so’zlardagi unlilarda ikkilamchi cho’ziqlik.
Arab va fors tillarida unlilar ikki xil- qisqa va cho'zik. bo’ladi. Bu tillardagi cho'ziq-qisqalikning farqi mustaqil fonologik farq bo'lib, cho'ziq va qisqa unlilar alohida fonemalarni tashkil etadi. Lekin bu tillarda unlilarning qattiq-yumshoqligi farqlanmaydi.
O'zbek tiliga arabcha va forscha sp'zlar kirib kela boshlashi bilan bu so'zlarda cho'ziq va qisqa unlilarning ma'no farqlash vazifasi ham kirib keldi: adam-odam; adam-yo'qlik; a va a bilan eski o'zbek tilida mavhum otlarning birlik va ko’plik
formalari farqlanadi: adab-adab, adab-odoblar.
Turkiy so'zlardagi birlamchi cho'ziqlik masalasi juda murakkabdir. Olimlar tahminiga ko'ra juda kadimgi (yozma yodgorliklari bizgacha yetib kelmagan davrlarda (umumturkiy tilda)- turkiy so’zlarda cho'ziq va qisqa unlilar farqlangan. Eski turkiy hamda eski o'zbek tilida cho'ziq va qisqa unlilarning farqdanishi, ularning fonologik ahamiyati haqida qarama-qarshi ma'lumotga egamiz. Mahmud Qoshg’ariy, Tole' Hiraviy, Mirza Mahdiyxon va boshqa tilshunoslar cho'ziq a, ba'zan cho'ziq i unlisi haqida yozadilar. Mahmud Qoshg’ariy a unlili so'zlarni ikki alif bilan keltirgan,
Mahmud Qoshg’ariy turkiy so’zlarning unli tovushlarini tavsiflab shunday yozadi: «Unlilarni cho'ziq yoki qisqartirib talaffuz qilish so’zga zarar bermaydi» (MQ, I, 385). «Devon»ning boshqa bir joyida yana ham aniqroq qilib yozadi: yo'g’ach deyish x,am mumkin, yo'gach deyish xam mumkin, tanus deyish xam, tanus deyish ham mumkin. (MQ, II, 45). Mahmud Qoshg’ariyning bu so'zlaridan bitta xulosa chiqarish mumkin: XI asr adabiy tilida cho'ziq unlilar shu davr urug’-qabila tillarida bir xil bo'lmagan, ya'ni u ayrim urug’-qabila tillari (shevalari)da mavjud bo'lgan va ayrimlarida esa qo'llanmagan. Ma'lumki, bu holat hozirgi o'zbek tilida ham mavjud. Birlamchi cho'ziq unlilar hozirgi o'zbek tilining Iqon, Qorabuloq, Forish kabi shevalarida saqlanib qolgan, boshqa shevalarda esa qo'llanmaydi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, qadimgi turkiy tilning barcha shevalarida birlamchi cho'ziqlik umumtil xarakteriga ega bo'lmagan.
Alisher Navoiy eski o’zbek tilining fonetik imkoniyatlari, she'r tuzish va qofiyalashdagi qulayliklari haqida to'xtalib, bu tildagi unlilarning qisqa ham, cho'ziq ham talaffuz etilishi she'riyat uchun qulay ekanini ta'kidlaydi.Buyuk mutafakkir, jumladan, ara so'zini ara sifatida talaffuz etib, forscha sara, dara so'zlari bilan ham, ara sifatida talaffuz qilib, cho'ziq unlili forscha sara, dara so'zlari bilan ham qofiyalash mumkinligini uqtiradi (Nav.ML). Alisher Navoiyning bergan ma'lumotlaridan ham qat’iy xulosa chiqarish mumkin: turkiy so'zlarda cho'ziq-qisqalik fonologik vazifani bajarmagan.
Eski o'zbek tilidagi birlamchi cho'ziqlik keyingi davrlarda ayrim so'zlarning o'rtasida g,g’,y,h; tovushlar ishtirokida yangi bo'g’inlarni vujudga keltirgan: bi: z~bigiz; ki: z- kigiz; qiu: n-qiyin. Alisher Navoiy biz (kishilik olmoshi) va bi:z (bigiz) so'zlarini zid qo’yar ekan, mana shu keyingi cho'ziqlik haqida ma'lumot beradi (Nav.ML).
Do'stlaringiz bilan baham: |