Ёш даврлар психологиясининг предмети, назарий ва амалий вазифалари


-mavzu. Endogen va ekzogen yo‘nalishlarda



Download 8,02 Mb.
bet17/189
Sana01.03.2022
Hajmi8,02 Mb.
#476615
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   189
Bog'liq
1 маъруза

4-mavzu. Endogen va ekzogen yo‘nalishlarda
rivojlanish nazariyasi.
Reja:
1.Kamol topishning nazariyasi ilk nazariyasi K.Byuller bo‘yicha rivojlanishning uch bosqichli nazariyasi.
2.X.Vernerning ontogenetik konsepsiyasi.
3. A.Buzmanning rivojlanish nazariyasi.
4. Rivojlanishni tushuntirishning biogenetik yo‘nalishi (S.Xoll konsepsiyasi).
Tayanch so’zlar: dastlabki nazariyalar, rekapitulyatsiya nazariyasi, K.Getchinsonning davrlashtirishi, envayronmentalizmi, romantik naturalism, kamolga yetish nazariyasi, rivojlanish tamoyillari, intellektual rivojlanish testi, rivojlanishni uch darajasi nazariyasi.

1.Kamol topishning nazariyasi ilk nazariyasi K.Byuller bo‘yicha rivojlanishning uch bosqichli nazariyasi. Hozirgi kunda asosiy muammolardan biri bir shaxsning boshqa odamlardan ajratib turadigan individual tuzilishga ega ekanligidir. Ushbu psixologik muammoni hal qilish shaxsning mazkur tuzilishining ichki sharoitlarida ifodalanuvchi xulq-atvorni oldindan bashorat qilish imkonini yaratadi. Shaxs tuzilishi bilan bog’liq bo’lgan ikkinchi masala esa bunday tuzilishning bir necha tarkibiy qismlarga ajratishni taqozo etadi binobarin, ushbu bo’laklarning yig’indisi yaxlit inson shaxsini vujudga keltiradi. Jahon psixologiya fanida psixologlar shaxsning psixologik tuzilishining tarkibiy qismlarini turli jihatlariga asoslanib, turkumlarga ajratishni tavsiya etmoqdalar.
Hozirgi zamon jahon psixologiyasida biologik (tabiiy) va ijtimoiy omillarning voqelikka ta'siri ostida shakllangan inson shaxsida ikkita muhim qism bo’lganligini tasdiqlovchi nazariya yuksak mavqeni egallab turibdi. Mazkur nazariyaga binoan "ichki psixik" ("endopsixik" - yunoncha endo “ichki” degan ma'noni bildiradi) degan g’oyani ilgari surdilar. Uning talqiniga ko’ra, "endopsixika" shaxsning psixik tuzilishining ichki qismlari sifatida psixik elementlar va funksiyalarning o’zaro bog’liqligini aks ettiradi. Uning negizida insonning nerv-psixologik tuzilishi bilan "endopsixika" aynan bir narsa degan tushuncha tasdiqlanadi, chunki u odam shaxsining ichki mexanizmini yuzaga keltiradi. Psixik tuzilishning "endopsixik" qismi bo’lsa, shaxsning tashqi muhitga nisbatan munosabatini, shaxsga qarama-qarshi bo’lgan barcha jihatlarni, shaxslararo va ob'ektiv munosabatini belgilaydi. "Endopsixika" o’z navbatida shaxsning ta'sirlanishi, xotira, tafakkur, xayol kabi bilish jarayonlarining xususiyatlarini irodaviy zo’r berish xislatlarini ixtiyorsiz harakatlarni va shu kabi fazilatlarni aks ettiradi. "Ekzopsixika" esa o’z tarkibida shaxs munosabatlarining tizimini va uning qiziqishlari, mayllari, ideallari, maslagi ustunlik qiluvchi, hukmron hissiyotlarini, egallagan bilimlarni, tajribalarni qamrab oladi. Tabiiy asosga ega bo’lgan "endopsixika" biologik shart-sharoitlarga bog’liq bo’lsa, "ekzopsixika" aksincha ijtimoiy voqeliklar ta'sir ostida yuzaga keladi, tarkib topadi va takomillashib boradi.
Ta'kidlab o’tilgan, fikrlarni tasdiqlash maqsadida ular o’tkazgan tajribalariga murojaat qilamiz. qo’sh omillik nazariyasi tadqiqotchilari tajribalarida 80-130 sm balandlikdagi odamning shaxs xususiyatlarini tarkib toptirish uchun o’rganilgan. Buning natijasida ular shaxsi tuzilishida ko’p xislatlari o’xshashligi topilgan. Bunday odamlarning past (pakana) bo’lishlaridan tashqari, ularning tuzilishida hech qanday nuqson va kamchilik yo’q ekanligi aniqlangan. Bunday toifaga kiruvchi bolalarga xos kulguni hech bir tanqidsiz, o’ta soddalikni, muayyan darajada emosional (hissiy) zo’riqishni namoyon qiladigan vaziyatga nisbatan chidamlilikni, uyat hissining kamroq ekanligini uchratish mumkin. Shaxsning xislatlariga na "endopsixika", na "ekzopsixika" qismlarini kiritish mumkin emas. Chunki shaxsning sifatlari mitti odamlarning mahsuli bo’lib ular bo’yicha nisbatan o’z tengqurlari o’rtasidagi farq aniqlangan davrdan e'tiboran shunday bir ijtimoiy vaziyatda paydo bo’lishi, tarkib topishining takomillashishi tabiiydir. Shuni alohida ta'kidlab o’tish joizki, mitti odamlarga bo’ydor kishilarga qaraganda boshqacha munosabat - ularni pisand qilmaslik, kamsitilish, ular ham barcha kabi narsalarni his qilishi, orzu qilishi, ajablanishi, jayron qolishi sababli ularda shaxsning o’ziga xos tuzilishi vujudga keladi. Bunday yaqqol voqelik ularning ruhiy ezilishini, ba'zan boshqalarga, xatto o’zlariga nisbatan tajovuzkorona yo’l tutishlarini niqoblaydi, xolos. Mabodo biz mitti o’zlari bilan bap-baravar bo’yli kishilar muhitida yashaydi deb tasavvur qilsak, u holda ularda ham tevarak-atrofdagi boshqa odamlardagi kabi mutlaqo boshqacha shaxsiy fazilatlar, xususiyatlar, xislatlar sifatlar mujasassamlashishi mumkin bo’lar edi. Inson rivojlanishi va atrof muxit o’rtasidagi munosabatlarga asoslanib, dastlab rivojlanish psixologiyasida ikkita yo’nalish hosil bo’lgan: Endogen inson rivojlanishining asosiy harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. Ekzogen bu yerda inson rivojlanishiga tashqi muxitning ta`siri muhim hisoblanadi.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida G‘arbiy Yevropa mamlakatlari va AQShda inson psixologik xususiyatlari bilan bog‘liq tajribalarga asoslangan ilmiy nazariya va yo‘nalishlar vujudga keldi. Odam psixik tabiatini turlicha talqin qilinishiga qaramay, bu nazariyalar ma’lum darajada yosh davrlar psixologiyasi va pedagogik psixologiyaning rivojlanishiga turtki bo‘ldilar. Bu borada E.Meyerman, S.Xoll, K.Byuler, E.Klapared, E.Dyurkgeym, P.Jane, J.Piaje, A.Vallon, Dj.Bruner va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarini e’tirof etish mumkin. Olmon psixologi E.Meyerman bolaning o‘quv maskani davrida uning ruhi va tanasida kechayotgan o‘zgarishlarni to‘liq bilmay turib, unga buyruq yoki tazyiq o‘tkazib bo‘lmaydi, deb ta’kidlaydi. Uning fikricha eksperimental pedagogikaning maqsadi ayni shu muammolarga qaratilmog‘i darkor.
Amerikalik psixolog-olim S.Xoll har qanday bola o‘zining individual taraqqiyotida filogenezni ontogenezda takrorlaydi, shu bois bolalarga ibtidoiy instinktlarni og‘riqsiz, yengil kechishi uchun qo‘lay imkoniyatlar yaratib berish zarur deb aytadi. S.Xoll o‘z tajribalari asosida boy ashyoviy dalillar to‘plab, bola haqida psixologik, fiziologik hamda pedagogik bilimlarning kompleks dasturini yaratish g‘oyasini olg‘a suradi.
Shveysariyalik psixolog E.Klapared «Bola psixologiyasi va eksperimental pedagogika» asarida qiziqish, motiv, extiyojlarning metodologik asoslari, bolalar tafakkurining xususiyatlari va rivojlanish qonuniyatlari, o‘xshashlik va tafovutning bola ongida sodir etilishi to‘g‘risida mulohaza yuritadi.
Fransuz psixologi E.Dyurkgeym, ulg‘ayish - kishilarning his-tuyg‘ularni o‘zlashtirishi ekanligini, shu bois, idrok qilingan tasavvurlar bolaning ruhiy faoliyatini ifodalashini, bolaning tajriba, an’ana, urf-odatlarni taqlid orqali egallashini, biologiyada irsiyat qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, taqlid ham jamiyatda shunday o‘rin tutishini uqtiradi.
Yana bir fransuz psixologi P.Janening fikriga ko‘ra, inson psixikasi ijtimoiy munosabatlarga bog‘liq, zotan jamiyat va tabiat o‘rtasidagi turli aloqalar tizimining shakllanishi, insonning ulg‘ayishini belgilaydi. U sifatida hatti-harakatni tushunadi, bu esa kishining atrof-muhitga shaxsiy munosabatidan boshqa narsa emas, albatta. P.Janening ta’kidlashicha, eng qimmatli, ahamiyatli, ijtimoiy harakat hamkorligidagi faoliyatda o‘z ifodasini topadi, shaxslararo tashki munosabatlar rivojlanishning muhim tamoyili hisoblanadi.
Ko’zga ko’ringan avstriyalik psixolog K.Byuller bir muddat vyurtsburg maktabi doirasida ishlagan bo’lib, o’zining bolani psixik rivojlanish kontseptsiyasini tuzdi. U rivojlanishning butun yo’lini maymundan to katta yoshli madaniyatli odamgacha ko’rsatishga harakat qilgan. Byuller bo’yicha tadqiqot vazifasi rivojlanishda doimiy asosiy tashqi ta`sirlarga bog`liq bo’lmagan qonuniyatlarni sof holda topish edi. Byullerning fikricha, bolalik rivojlanishini birinchi yillarini tadqiqoti uchun eksperimentning mos shakli zoopsixologiya sohasidan olinishi mumkin. K.Byuller bola rivojlanishidagi uch bosqich nazariyasi muallifi sifatida mashhur. Har bir bola o’z rivojlanishida hayvonlar harakatlari shakli evolyutsiyasi bosqichlariga mos bosqichlarni bosib o’tadi, instinkt dressirovka (o’rgatish),intellekt. U biologik omillarni asosiy deb ko’rsatib o’tadi. Byuler bolalikdagi rivojlanishni biologik jihatdan asoslanganligini qobiliyatlarni nasliyligini ta`kidlagan lekin mashqlarsiz tabiiy qobiliyatlar to’liq ochilmaganligini aytib o’tgan.
Instinkt rivojlanishning quyi darajasi xulq usullarini nasliy fondi qo’llanilishga tayyor bo’lgan va faqatgina ma`lum stimullarga muhtoj bo’lgan. Odamda instinktlar noaniq-sust katta individual farqlarga ega bo’lgan. Bolada tayyor instinktlar to’plami baqirish, so’rish, yutish, himoya refleksi
Dressirovka (o’rgatish) turli hayotiy vaziyatlarga moslashish imkonini beradi maqtov va jazolashlarga yoki omad va omadsizliklarga tayanadi. Byuller bo’yicha bolalar o’yini hayvonlardagi o’yinning tabiiy davomi shu bosqichda yuzaga keladi.
Intellekt rivojlanishining quyi bosqichi vaziyatga muammoli vaziyatni kashf etish, ochish, o’ylash va anglash orqali moslashish. Byuller har tomonlama bola hayotini birinchi yillarini “immpanzesimonliligini” ta`kidlaydi. Rivojlanishning bir bosqichidan boshqasiga o’tisha emotsiyalar ham rivojlanadi. Shunga ko’ra, faoliyatning yakunidan boshigacha roxatlanishni almashinishi bo’ladi. Harakat va emotsiyani evolyutsion erta taqqoslanishi quyidagicha avval harakat so’ng uning natijasida rohatlanish. So’ngra harakatdan funktsional qoniqish bilan kechadi ya`ni jarayonni o’zidan qoniqish va nihoyat qoniqish tasavvuri harakatning o’ziga o’tadi. Byuller uchun asosiysi tafakkurni psixik rivojlanishda ijodkorlik rolini o’rganish edi. Shunday qilib, u bolada nutqni uni yaratish kattalar bilan muloqot jarayonida bola tomonidan o’ylab topishi sifatida rivojlanish nazariyasini taklif qildi.

Download 8,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish