Eroziya va unga qarshi kurash yo’llari: Yer yuzasi ustki unumdor qismining suv yuvib yoki shamol taʹsirida uchirib olib ketilishi


Antropogen o’zgarishlarning turlari va formalari



Download 47 Kb.
bet9/15
Sana02.07.2021
Hajmi47 Kb.
#106951
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
EKO 60-80

12.Antropogen o’zgarishlarning turlari va formalari.

Antropogen o‘zgarishlar va ularning turlari. Insonlarning xojalik faoliyati natijasida atrof-muhit holatining o‘zgarishi va uning oqibatlari. Inson va tabiiy muhit o’rtasidagi o’zaro aloqalarni umumiy tarzda quyidagicha ko’rsatish mumkin.


Odatda, inson omilining tabiiy atrof-muhitga ta’sirini antropogen omil deyiladi.

Bu ta’sirning asosiy shakllari quyidagilardan iborat.

1. Sanoat, transport, qurilish va energetika tarmoqlarining tez sur’atlar bilan rivojlanishi o’ziga xos zaharli va zararli chiqindilarni paydo bo’lishiga olib keldi.

2. Qishloq, xo’jaligini kimyolashtirish, ya’ni kimyoviy moddalardan keng foydalanish, yangi yerlarni o’zlashtirish, yaylovlar va to’qayzorlarni qisqartirish nafaqat tabiiy muhitga zarar keltirdi, balki yerlarni meliorativ holatini buzishga va mahsulot sifatini pasaytirishga olib keldi.

3. Dehqonchilikni rivojlantirish tufayli tabiiy o’simliklar va ba’zi bir hayvonot turlari keskin kamayib bordi. Masalan, yerlarni jadal haydash natijasida chirindilar miqdori, haydalmagan yerlarga nisbatan 42% kam to’planishi aniqlangan. Yerlarni sug’orilishi natijasida mikroiqlim o’zgarishi yuz bermoqda. Nisbiy namlik 8-10% dan 35-50% gacha ortishi mumkin. Bu esa ekinlar hosildorligini kamaytiradi.

Bundan tashqari, tuproq tarkibidagi qumursqalar va mikrooganizmlar texnika vositalarining o’ta og’irligidan va turli zararli kimyoviy moddalarining ta’siridan katta zarar ko’rmoqda va tuproq quvvatining kamayishiga sabab bo’lmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, tuproqning zichligi 1,20-1,35 g/sm3 atrofida bo’lishi kerak. Ammo og’ir traktor yerni bo’yi va eni tomoniga bir marotaba o’tsa, 20 sm chuqurlikdagi tuproqning zichligi 1,50 g/sm3 ni tashkil etadi. Agar ushbu traktor 3 marotaba yerga ishlov bersa, tuproqning zichligi 1,60 g/sm3 gacha ortishi mumkin. Demak, tuproq zarrachalari og’irlik kuchi ta’sirida zichlashib, qumursqa va mikraorganizmlar hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Hol buki tuproq unumdorligini aynan mana shu jonzotlar belgilaydi. Tuproq-tirik, katta bir jonli kombinatga o’xshaydi, unda hamma vaqt hayot qaynab turadi.

4. Yaylovlarda surunkasiga bir yerga chorva mollarini boqish cho’l o’simliklari hosildorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, tuproq qatlamini eroziyaga uchrashishiga sabab bo’ladi.

5. O’rmonzorlarni haddan tashqari qisqartirilishi nisbiy namlikni 5-10% kamaytiradi, atmosfera havosiga chiqariladigan kislorod (O2) miqdorini kamayishiga sabab bo’ladi, karbonat angadrid (SO2) gazini ortishiga va iqlimning o’zgarishiga olib keladi.

6. Daryo suvlari oqimini o’zgartirish va xususan yangi suv omborlarini qurish – quyi mintaqalarda ekologik tanglikni keltirib chiqarmoqda. Masalan, Arnasoy ko’llari tizimida vujudga kelgan ekologik muammolar buning yorqin misolidir.

7. Yangi kimyoviy moddalardan keng ko’lamda qo’llanilishi ekologik muvozanatni buzishiga olib kelmoqda. Masalan, agar 1960 yilgacha 1mln. turdagi kimyoviy moddalar ishlatilgan bo’lsa, 1970 yilga kelib ularning turlari 1mln. 200 ming gacha etdi. Ularning ko’pchiligi modda almashishiga ishtirok etmasada, ammo vaqt o’tishi bilan salbiy oqibatlarga keltirishi mumkin. Masalan, bir qator sintetik moddalar (plastmassa turlari, rezina, plyonka va tolalar va boshqalar) tabiiy holda zararli emas, ammo ularmi yoqib yuborish atrof-muhitga salbiy ta’sir etadi. Shuning uchun ularga qayta ishlov beriladi, yoki maxsus poligonlarda ko’mib tashlanadi.

8. Tabiiy resurslardan jadal va rejasiz foydalanish jon boshiga iste’mol qilinadigan mahsulotlar miqdorini o’sishiga sabab bo’lmoqda. Masalan, 1940 yilda iste’mol qilinadigan mahsulotlar 7,4 tonnani, 1960 yilda 14,7 tonnani, 2000 yillarda 35-40 tonnani tashkil etgan bo’lsa, XXI asrning boshlariga kelib, 42.8 tonnani tashkil etmoqda.

Yiliga 100 mlrd. t. boyliklarni qazib olish uchun 600 mlrd. t. tog’ jinslari bir joydan ikkinchi joyga ko’chiriladi. Natijada turli chuqurlik va xandaklar, tashlandiq tog’ uyumlari va turli kimyoviy tarkibga ega bo’lgan chiqindilar paydo bo’lmoqda. Ular shamol va yog’ingarchiliklar ta’sirida atrof-muhit musaffoligiga katta ta’sir ko’rsatmoqda.



9. Urbanizatsiya jarayoni, ya’ni aholining ortib borishi, yangi shaharlar paydo bo’lishi va yangi infratuzilmalar vujudga kelishi ham inson faoliyati bilan chambarchas bog’liqdir. Bugungi kunda dunyo aholisi sonining o’sishi va ilmiy texnikaning tez sur’atlarda rivojlanishi bilan chiqindilar muammosi ham tobora dolzarb tus olmoqda va ekologik barqarorlikka salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Agar 1975 yilda dunyo aholisining 40% shaharlarda yashagan bo’lsa, hozirgi paytda bu 45% dan ortiqrog’ini tashkil etmoqda. AQSh va Yaponiyada umumiy aholining 70%i, Frantsiyada 75%i, Buyuk Britaniyada 80%i shaharlarda yashaydi.

Tashvishli jihati shundaki, dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida qattiq maishiy chiqindilar aholi jon boshiga har yili 1% ga oshmoqda2. Respublikamiz umumiy aholisining 40,3%i shaharlarda yashab kelmoqda. O’zbekistonda aholisi 100 ming kishidan ortiq bo’lgan 110 ta shaharlar mavjud. Hozirgi paytda shahar aholisining o’rtacha odam boshiga chiqaradigan chiqindilari 100-400 kg. ni tashkil etmoqda.




Download 47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish