3. Antropogen omillar – inson faoliyati taʹsiridir. Bunday omillar salbiy yoki ijobiy boʹlishi mumkin. Tirik organizmlar yashash muhitining antropogen omillar taʹsirida oʹzgarishi, oʹz navbatida ekosistemalardagi bogʹlanishlarning inqirozga uchrashiga olib keladi. Bunga oʹrmonlarning koʹplab kesilishi, choʹllarning oʹzlashtirish, yaylovlarda nazoratsiz mol boqilishi va boshqalar misol boʹladi. Tuproq, suv va havoning, sanoat chiqindilari va zaharli moddalar bilan zaharlanishi, baʹzi hollarda antropogen omillar taʹsirida butun biotsenozlar yoʹqolib ketishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |