Ekologiya qonunlari birinchi marotaba 1974 yilda Amerikalik olim Barri Kommoner tomonidan fanga kiritilgan edi. Ular quyidagilardan iborat:
1-qonun. Tabiatdagi barcha moddalar va hodisalar oʹzaro bir-birlari bogʹliq. Ushbu qonun biosferadagi barcha tirik organizmlar va ularni oʹrab turgan tabiiy muhit orasidagi turli xil va shakldagi bogʹliqiliklarni oʹziga aks ettiradi. Tabiiy muhitning fizikaviy-kimiyoviy holatining har bir oʹzgarishi aloqalar orqali biogeosenozlarga beriladi, natijada ularning rivojlanishiga katta taʹsir yetadi. Biz buni bir qancha misollar orqali koʹrishimiz mumkin:
- Ekinzordagi bugʹdoy, arpa hosili oʹsha yerda yashovchi qushlarga, hashoratlarga va shu kabi jonivorlarga ham bogʹliq;
- Qushlar bugʹdoy, arpaning bir-ikki bargini isteʹmol qilsa ham, uning oʹsishiga, shoxlashiga ijobiy taʹsir koʹrsatadi;
- Hasharotlar, arilar esa changlanishiga yordam beradi.
Oʹz vaqtida Xitoy davlatida bugʹdoy hosilini oshirish uchun chumchuqlarni yoʹqotish kerak, degan notoʹgʹri qaror qabul qilingan. Buning oqibatida Xitoy xalqi deyarli barcha chumchuqlarni qirib yuborgan. Natijada, hosil miqdori oshishi oʹrniga ekinlar kasallanib, qurt-qumursqalarning qulay sharoit tufayli koʹpayishidan hosil keskin kamayib ketgan va davlat katta talafot koʹrgan. Albatta, bunga oʹxshash misollami koʹplab keltirish mumkin. Shuning uchun biz doimo tabiat ustidan oʹz hukmimizni oʹtkazishda shoshmasligimiz, balki oʹta ehtiyotkorlik bilan unga “toʹgʹrimuomala” qilmogʹimiz darkor.
2-qonun. Hech bir narsa izsiz yoʹqolmaydi, faqat bir koʹrinishdan ikkinchi koʹrinishga oʹtadi. Hamma narsalar qayergadir yashirinishi kerak. Har bir narsa izsiz yoʹqolmaydi, balki bir joydan ikkinchi joyga koʹchishi mumkin, bir molekulyar holatdan ikkinchisiga oʹtishi mumkin. Bunday oʹzgarishlar tirik organizmlarning yashash jarayoniga taʹsir yetadi. Masalan, yogʹingarchiliklar koʹproq sodir boʹlganda, tabiiy iqlim oʹzgarib oʹsimliklar rivojlanishiga katta taʹsir etishi mumkin. Yoki yer qaʹridan qazib olinadigan maʹdanlar, neft va gazlardan yangi moddalar va birikmalar olinadi. Ammo texnologik jarayonlar davo- mida ajralib chiqadigan chiqindilar tabiatga yoyilib ketgan.
Hozirgi kunda atrof-muhitning keskin ifloslani shi shu qonunning amaldagi koʹrinishidir. Biosfera va uni tashkil etuvchilar –atmosfera havosi, gidrosfera (suv havzalari), litosfera (tuproq qatlami) turli xil koʹri- nishdagi “chiqindi”lar bilan, yaʹni maʹlum tarkibdagi moddalar bilan ifloslanmoqda. Ushbu “chiqindi”lar, yaʹni moddalar atrofga tashlanguncha boshqa koʹrinishda–xomashyo, yarim mahsulot yoki tayyor mahsulot koʹrinishida edi. Ular qazib olish, qayta ishlash va ishlatish mobaynida boshqa koʹrinishga, yaʹni “chiqindi” koʹrinishiga oʹtdilar va atrofni iflosladilar.
Shu oʹrinda bir narsani tushunib olmoq lozim. “Chiqindi” – bu unga nisbiy berilgan nom, har qanday “chiqindi” yuqorida aytilganidek aniq bir kimyoviy tarkibga ega, u biror-bir xomashyoning, mahsulotning boʹlagi, zarrasi (chang koʹrinishida) boʹlishi mumkin.
3-qonun. Hech bir narsa tekinga berilmaydi, hamma narsa uchun toʹlov toʹlash lozim. Biron-bir narsa tekinga berilmaydi. Boshqacha qilib aytganda, har bir narsa uchun, shu jumladan, tabiatdan foydalanish uchun ham, toʹlash kerak. Global ekologik tizimda, yaʹni biosferada har qanday foyda koʹrishlar, albatta, talofatlar bilan birga qoʹlga kirtiladi. Ushbu talofat esa boshqa joyda paydo boʹladi. Tabiatdan olingan har bir narsaning joyi
albatta, toʹldirilishi shart. Masalan, bugʹdoy, arpa, koʹkatlar va boshqa mahsulotlar–yerdan, fosfor, kaliy va shunga oʹxshagan elementlarni oladi. Agar yerga ushbu kerakli elementlarni mineral oʹgʹit sifatida bermasak, kelgusida hosildorlik pasayib kyetadi. Tabiatdan olingan har bir narsaning oʹrni toʹldirilishi lozim, ushbu “qarz”ni toʹlash muddati sal choʹzilishi mumkin, lekin uni oʹz oʹrniga qaytarilmasa tabiat undan oʹz “oʹchi”ni oladi. Tabiatdan biz ayovsiz foydalandik, paxta yakka hokimligi davrida qanchadan-qancha suv resurslari rejasiz ishlatildi, yerlardan ham oqibatini oylamasdan toʹxtovsiz foydalandik. Natijada koʹplab daryolar sayozlashib qoldi, ifloslandi, yerlar shoʹrlandi, eroziyaga uchradi...3
4-qonun. Tabiat nima qilishni yaxshi biladi. Ushbu qonun Yerda hayotning paydo boʹlishi va rivojlanishiga asoslangandir. Tabiatda har bir organik moddaning parchalantiruvchi fermenti mavjudki, uning har bir boʹlagi, obyekti aniq bir vazifaga ega va ular tabiatning doimo rivojlanishiga, gullab-yashnashiga, oʹz-oʹzini musaflolashishiga yordam beradi. Hatto inson koʹziga koʹrinmaydigan mikrob, bakteriyalar ham aniq bir vazifani bajarish uchun yaratilgan va ular ham yerda hayot davom etishi uchun oʹz ulushlarini qoʹshadilar. Hammamiz uchun koʹpincha “keraksiz” deb tuyiladigan pashshalar ham aniq bir vazifani bajaradilar. Ular bakteriyalarning millionlab “armiyasi”ni oʹz oyoqlarida tashib, chiqindilarni chirishiga, parchalanishiga, yaʹni yer yuzini tozalanishiga sababchi boʹladilar. Lekin inson shu qonunga zid ravishda umuman parchalanmaydigan, chirimaydigan, yaʹni hech qanday bakteriyalar oʹzlashtira olmaydigan moddalarni, mahsulotlarni (polimer, plastmassa, shishasimon va shu kabi moddalarni), zaharli ximikatlarni, pestitsidlami ishlab chiqardiki, oqibatda ularni eskirishi, toʹkilishi natijasida tabiat, turli koʹrinishdagi chiqindilar bilan toʹlib toshdi, atrof-muhit keskin ifloslandi. Shuning uchun hozirgi kunda tezlik bilan, ilmiy asoslangan tabiat qonunlarini inobatga olgan holda ishlab chiqarishlami qayta yoʹlga qoʹyish darkor.
Sharqda qadim-qadimdan qumursqaga ham ozor bermaslik ruhida yoshlarni tarbiyalashgan, hatto suvga tupurish katta gunoh sanalgan. Buxoroliklarda “tustovuq patini uyga olib kelsang, baxtsizlik roʹy beradi!” degan naql bor. Uning zamirida jonivorlarni asrash va ularga ozor bermaslik qoidalari yotgan.
Ulugʹ bobokalonimiz Hadislar sultoni Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy oʹz asarlarida tabiat haqida bunday deb yozgan edilar: “Dunyo yam-yashil va goʹzaldir. Kimki undan haqli ravishda halollik bilan olsa, undan baraka topadi. Kimki nafs xoxishi bilan dunyoni mukkasidan ketib egallasa, qiyomat kuni doʹzahdan boshqaga erishmaydi!”4.
Bundan tashqari, hadislar ilmi bilan shugʹullangan mashhur markaziy Osiyolik allomalar Abu Abdulloh, Abu Iso Muhammad ibn Iso At-Termiziy, Abu Muhammad Abdullox ibn Abu ar-Raxmon ad Daramiy as-Samarqandiylar hadis ilmining asrdan-asrga saqlanib borishga ulkan hissa qoʹshgan buyuk tarixiy shaxslar hisoblanadilar.
Dono xalqimiz qadim zamonlardan “badanning quvvati – ovqat, aqlning quvvati–hikmatli soʹzdir”, deb uqtirib kelgan. Hadislar mana shunday hikmatli soʹzlar va donishmandlik durdonalari hisoblanadi.
Shuningdek, Hadis bandlari, ekologik taʹlim va tarbiyani singdirishga katta yordam beradi. Ularda ayrim oʹsimliklar va hayvonot turlarining xossalari, ozuqada
tutgan oʹrni va inson faoliyatidagi ahamiyati haqida nihoyatda qimmatli fikrlar bayon etilgan. Hadislarning ayrim bandlari insonni tabiat boyliklarini tejab-tergashga va ularni muhofaza qilishga oʹrgatadi. Masalan, hadislarda “qoʹy boq, zero ayni barakadur” deyiladi. Demak, bu yerda foydali hayvonlar populyatsiyasini koʹpaytirish va ulardan turli maqsadlarda foydalanish mumkinligi alohida taʹkidlab oʹtilgan.
Hadislarda baʹzi yosh hayvonot turlarini qurbonlik qilmaslik, yaʹni yosh populyatsiyaning miqdorini saqlab qolish, voyaga etgandan keyin undan samarali foydalanish, shuningdek, bahor paytida ularning koʹpayishini nazarda tutib, aynan mana shu oylarda qurbonlik qilmaslikka alohida toʹxtalib oʹtilgan.
Ekologik-xuquqiy munosabatlarning asosiy xamda qatʹiy meʹyorlari va qoidalari–Oʹzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida bevosita va bilvosiga tarzda ifodalangan. Tabiatni muhofaza qilish sohasida 1999 yilda Oʹzbekiston va Yevropa uyushmasi davlatlari aʹzolari orasida sherikchilik va hamkorlik bitimi imzolandi. Bu bitimni 54-moddasi atrof-muhitni muhofazasi va sogʹlomligi va hamkorlik sohasida 22 maqsadni oʹz ichiga olgan, shu jumladan;
-Toza suv muammosi;
-Chegaralararo suv va havoni ifloslanishi;
-Chegaralararo munosabatlarni atrof-muhitga taʹsirini baholashda, BMT YeEK Konventsiyasini qoʹllash;
-Bazel konventsiyasi rejalarini bajarilishi va chiqindilarga boʹlgan munosabat;
-Global iqlim oʹzgarishiga qarshi kurash va biologik hilma-xillikni saqlash;
-Sanoat korxonalari havfsizligi, kimyoviy havfsizlik va ekologik toza texnologiyadan foydalanish;
-Xalokat, havf va favqulotdagi hodisalardan, oldindan ogohlantirish;
-Evropa ittifoqi qonunlar majmuyiga muvofiq, mamlakat ekologik qonunlar majmuyini joriy etish;
-Vazirlar mahkamasida, shu bitimni 1999-2005 yillar ichida bajarilishi yuzasidan, mahsus qarori qabul qilindi.
2004 yil 22 martda, Oʹzbekiston respublikasi bilan Yevropa ittifoqi va unga aʹzo davlatlarni “2004-2008 yillarda mukammal hamkorligini taʹminlash yuzasidan, Oʹzbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasini №134 qarori” chiqdi. Bu qaror, Yevropa ittifoqiga aʹzo boshqa davlatlarini, ikki yoqlama hamkorlikni va boshqa loyihalarni amalga oshirishda, tayanch-poydevor vazifasini bajaradi.
Evropa uchun “Atrof- muxit” jarayoni, 1991 yilda boshlangan. Oʹzbekiston, 1995 yilgi Sofiyada oʹtkazilgan uchinchi konferentsiyasidan, qatnashib keladi va 2003 yilgi oltinchi Belgirad “Evropa uchun atrof muhit” Konferentsiyasida ham qatnashishda davom etgan.
Evropa uchun “Atrof muhit” jarayoni, (EEK) BMTga aʹzo davlatlari joylashgan mintaqada, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimida, boshqa hokimiyatlararo tashkilotlar, mintaqaviy va chegara mintaqalari ekologik markazlari, nodavlat tashkilotlari va boshqa guruhlar orasida noyob sherikchilikni ifodalaydi. Yevropa uchun ”Atvof-muhit” jarayonini asosiy maqsadi, atrof tabiiy muhitini holatini yaxshilash yoʹlidagi hamkorlikni birlashtirish, shu- ningdek, EEK va BMTga aʹzo davlatlarning rivojlanish yoʹlidagi imkoniyatlari aniqlashdir. Bu jarayonda, kotiblik vazifasini avvaldan “Evropa uchun Atrof muhit” jarayoniga bevosita aloqador, Birlashgan Millatlar Tashkilotini Yevropa iqtisodiy komissiyasi bajaradi. Vazirlar konferentsiyasi, atrof-muhitni muhofazasi sohasida, Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqalari orasida, muzokara vositasidir, shunigdek, mintaqalarda atrof-muhitni barqaror rivojlanishi uchun, ekologik qonuniyatlarini uygʹunligini va qoʹllanishini taʹminlashdir. 2007 yil 10-12 oktyabrda boʹlib oʹtgan, Belgrad konferentsiyasigacha; 1993 yil 28-30 apreldagi Shvetsariya konferentsiyasi, 1995 yil 23-25 oktyabrdagi Sofiya konferentsiyasi (Bolgariya), 1998 yil 23-25 iyundagi Orxuss konferentsiyasi (Daniya), 2003 yil 21-23 maydagi Kiev konferentsiyasi (Ukraina) oʹtkazilgan.
Bevosita tarzda oʹrnatilgan konstitutsiyaviy meʹorlar, uning 50, 54, 55 v a 100-moddalarida bayon etilgan.
Mustaqil Konstitutsiyamizning sobiq Ittifoq davrida qabul qilingan (Oʹzbekiston SSR) Konstitutsiyasidan asosiy farqi, unda inson xuquqlari, erkinliklari, burchlari jamoat va davlat xuquqlaridan yuqori qoʹyilganligidadir, yaʹni prioritet (birlamchi) ahamiyat kasb etganligidadir.
Konstitutsiyamizning XI bobi–“Fuqarolarning burchlari”–deb nomlangan 50-moddasida: “Fuqarolar atrof tabiiy muxitga ehtiyotkorona munosabatda boʹlishga majburdirlar”–deb belgilangan. Bu degani Oʹzbekistonda yashovchi xar bir shaxs, xox u fuqaro boʹladimi yoki fuqaroligi boʹlmaydimi, yoxud chet el fuqarosi boʹladimi, oʹz xuquqlari va erkinliklaridan foydalanar ekan, u oʹzga shaxs, jamoat va davlatning ekologik xavfsiz tabiiy muxitga ega boʹlish huquqini poymol qilmasligi kerak.
Mustaqil Konstitutsiyamizning yana bir ekologik jihatdan afzal tomoni maxalliy xokimiyat organlari (viloyat, tuman va shaxar hokimliklari) va Qoraqalpogʹiston Respublikasiga oʹz vakolat doirasida va xududida ekologik munosabatlarni tartibga solish imkoniyatini berishidadir. Ushbu vakolat Konstitutsiyamizning 100-moddasida belgilangandir.
Konstitutsiyamizning 78-moddasi Oliy Majlisga, 93-moddasi Prezidentga, 98-moddasi Vazirlar Maxkamasiga ekologik munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun, farmon, farmoyish, qaror, yoʹriqnomalar qabul qilish va uning ijrosini nazorat qilish vakolatini beradi.
Oʹzbekiston Respublikasi ekologiya sohasidagi qonunlari –“Oliy Majlis tomonidan yoki umumhalq ovoz berish (referendum) orqali qabul qilingan, oʹzida uning amal qilish muddati, xududi va shaxslar doirasida ekologik munosabat subʹektlari faoliyatining umumiy koʹrsatkichlarini mujassamlashtirilgan normativ-xuquqiy xujjatlari” hisoblanadi.
Ekologik qonunlar umumiy axamiyatga ega (umumlashtirilgan) va maxsus axamiyatga ega (ixtisoslashtirilgan) boʹladi.
Umumlashtirilgan ekologik qonunlar muayyan davlatdagi bir qator ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish bilan birga ekologik munosabatlarni ham tartibga soluvchi qonunlardir. Ularga Fuqarolik, Fuqarolik protsessual, Mehnat, Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Maʹmuriy javobgarlik toʹgʹrisidagi, Soliq, Shaxarsozlik kabi kodekslar; Korxonalar, Mulk, Davlat sanitariya nazorati, Maxalliy davlat xokimiyati, Vazirlar Maxkamasi toʹgʹrisidagi kabi qonunlar kiradi. Masalan, Jinoyat kodeksi predmeti sifatida ekologik qonunbuzarlik ham olinadi. Fuqarolik kodeksida shaxslarga yetkazilgan (mulkiy va nomulkiy ekologik zarar qoplanishi xam koʹzda tutiladi.
Ixtisoslashtirilgan ekologik qonunlarga Konstitutsiyamizning 55-moddasida koʹrsatilgan va Tabiatni muxofaza qilish toʹgʹrisidagi qonunning 5-moddasida kengaytirilgan tarzda ifoda etilgan tabiiy obʹekttlar hamda aholining ekologik xavfsizligini taʹminlashga oid qonunlar kiradi. Ularga Tabiatni muxofaza qilish, Alohida muxofaza etiladigan tabiiy xududlar, Suv va suvdan foydalanish, Atmosfera xavosini muxofaza qilish, Oʹsimlik dunyosini muxofaza qilish va undan foydalanish, Xayvonot dunyosini muxofaza qilish va undan foydalanish, Oʹrmon, Ekologik ekspertiza, Chiqindilar, Davlat kadastrlari kabi qonunlar xamda Yer kodeksi kiradi.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi tub islohotlar: 2017yil 7 fevralda Oʹzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʹz- bekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʹyicha Harakatlar strategiyasi toʹgʹrisida”gi Farmoni eʹlon qilindi. Mazkur Farmonga muvofiq “2017-2021 yillarda Oʹzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ystivor yonalishi boʹyicha Harakatlar strategiyasi” tasdiqlandi.
2017yil 21 aprelda Oʹzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʹgʹrisida”gi PF-5024-son Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmonga asosan, Res- publikamizda ekologik xavfsizlikni taʹminlash va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish, ekologik holatni yaxshilash, chiqindilarning fuqarolar sogʹligiga xavf tugʹdiruvchi zararli taʹsirlarini oldini olish, aholi turmush darajasi va sifatini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish, maishiy chiqindilarni yigʹish, saqlash, tashis hamda utilizatsiya qilish, ularni qayta ishlash va koʹmish borasidagi mav- jud tizim yanada takomillashtiriladi.
Farmonga binoan “Oʹzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qoʹmitasi” endilikda “Oʹzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qomitasi” sifatida qaytadan tashkil etildi5.
2017 yil 21 aprelda Oʹzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʹzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qomitasi faoliyatini tashkil etishni taʹminlash chora-tadbirlari toʹgʹrisida” PQ-2915-sonli Qarori qabul qilindi6.
2017yil 21 aprelda Oʹzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda Maishiy chiqindilar bilan bogʹliq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomil lashtirish va rivojlantirish chora-tadbrlari toʹgʹrisida” PQ-2916-sonli Qarori qabul qilindi7.
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 maydagi 310-son qaroriga muvofiq “Oʹzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qomitasi toʹgʹrisida Nizom”i tasdiqlandi. Ushbu Nizom 6 bobdan iborat8.
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 iyuldagi 368-son qaroriga muvofiq “Oʹzbe kiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qomitasining chiqindilarning hosil boʹlishi, toʹplanishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, koʹmilishi va pealizatsiyasini nazorat qilish inspektsiyasi toʹgʹrisidagi Nizomi” tasdiqlandi. Ushbu Nizom 4 bobdan iborat9.
“Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʹgʹrisida”gi, Oʹzbekiston Respublikasi Qonunining ijrosini taminlash va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda fuqarolarning rekreatsiya, ekologik va boshqa turdagi turizmlarga boʹlgan huquqlarini taʹminlash maqsadida, Vazirlar Mahkamasining, 2018 yil 8 yanvar 13-son Qarori qabul qilindi.
14. Atrof muhitni muhofaza qilish shug’ullanuvchi qanday tashkilotlarni bilasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |