Tuproqning suv taʹsiridagi eroziyasining quyidagi shakllari mavjud:
-Yuzlama eroziya.
-Chiziqli yoki jarli eroziya.
-Surilish eroziya.
-Qulash eroziya.
Tuproqning suv taʹsirida yuvilishi yuzlama eroziya deyiladi. Bunda qor suvlari, yomgʹir tomchilari avvalo tuproqqa urilib, uning donalarini ivitib yumshatadi, soʹngra vujudga kelgan oqim tuproqni oʹsha chirindili ivigan ustki qismini yuvib ketadi. Bu hodisa oʹsimliklarning oʹsishiga salbiy taʹsir etadi va hosildorlikni 2-3 marotaba kamaytiradi. Xususan, qordan erigan suvlar har gektar yerdan 25 t gacha tuproqning unumdor qatlamini yuvib ketishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |