Harakatni cheklash
Vaziyatni tahil qilaydigan bo’lsak. Agar COVID-19 uchun R0=2 bo’lsa, u holda infeksiya bilan zararlangan odam yana 2 kishini zararlaydi. Ammo bunda muammoning ko’lami noaniqligicha qolaveradi. O’sha 2 kishi yana 2 kishiga yuqtiradi va hokazo. O’n holatdan so’ng esa, 1024 gacha ko’payadi (Agar R0=3 bo’lsa, bu 59,049! gacha yetadi). Agarda shu insonlardan faqatgina 1 foizi kasallikdan nobud bo’lsa demak, har bir kasallangan inson boshqa 10 kishining o’limiga sababchi bo’ladi. Bu huddi ommaviy qirg’inga yo’l ochib berishdek gap. Shuning uchun biz kasallangan insonlarni, boshqalardan alohida saqlamoqchimiz.
Muammo esa, buni qanday amalga oshirishda. Boshlanishiga, siz COVID-19 bilan kasallanganmisiz yo yo’q, shuni bilishingiz kerak. 1-Bobda ta’kidlaganimizdek, ko’pchilik odamlar o’zlarida infeksiya borligini bilishmaydi ham. Bundan tashqari, agar sizda infeksiya borligi aniq bo’lsa, u holda sizga 10 ta odamdan 100 tagacha odamni zararlashing mumkin yoki zararlab bo’lgansan deb, sizga qarata ma’lomat toshlari otilishi mumkin. Shunga o’xshash vaziyatga Laura Derksen va Joep van Oosterhout lar tomonidan Afrikada OITS ning tarqalishini o’rganishayotganida duch kelishgandi. Ular OITS va u bilan bog’liq kasalliklarni aniqlash maqsadida, odamlardan testlar topshirishni so’rashadi va, test topshirish uchun juda ozchilik odam keladi. Sababi, agar ulardan birida shu kasal chiqib qolsa, omma oldida isnodga qolib yuzlari qora bo’lishidan qo’rqishgandi. Insonlar ushbu harakatlarning jamoatchilik uchun qay darajada muhum ekanligi haqida keng miqyosda bilimga ega bolishlari kerak, aks holda ular ajralib qolishdan qo’rqib kasallik belgilarini yashirishlari mumkin. Agarda tashqariga chiqishni rad etish bir niqob bolsa, bu ham bir muammo bo’lishi mumkin.
Odatda, agar siz odamlar harakatini cheklamoqchi bo’lsangiz, xavfli va R0 darajasi yuqori bo’lganlarni nishonga olishdan boshlaysiz. Covid-19 uchun, ushbu nishonga olish tushunchasini yanada takomillashtrishning iloji bormi? bu savol ko’pgina shifokorlarni o’yga solgan. Masalan, 70 yoshdan oshganlarning virus bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar (o’lim xolatini o’z ichiga olgan holda) ancha ko’pligi hisobga olinsa, ularni boshqalardan alohida joyda saqlash yaxshiroq bo’lar edimi? Buni amalga oshirish esa, keng qamrovliy iqtisodiy xarajatlar siyosatini yengillarshtirishi mumkin.
Bundan tashqari, bu cheklovlar smarali yechim bo’la olishiga shubhalar ham yo’q emas. Agar 70 yoshgacha bo’lganlarning aksariyati kasal bo’lib qolishsa va kasalxonaga yotqizish zararuati tug’ilsa, resurslar yetishmovchiligi vujudga kelishi mumkin. Bunda tashqari, kasallika uchragan yosh insonlarning soni ko’paygani sari, biz yoshi katta insonlarni boshqalardan ajratgan holda, davolash imkoniyatini yoqotib boramiz. Alex Tabarrokning ta’kidlashicha, ijtimoiy masofa tushunchasining imkoniyatini yo’qqa chiqaruvchi ichki qarama qarshiliklar mavjud.
Maqsadli siyosatlarni bajarishning ham o’ziga yarasha qiyinchiliklari bor. Harakat qilishda cheklovlar mavjud bo’lganda, rasmiylar odamlarning harakatlanayotgan yoki yo’qligini ko’rishi juda osonlashadi. Cheklovlar bo’lmasa, buni nazorat qilish imkonsiz bo’lib qoladi va harajatlarning oshishiga ham sabab bo’ladi. Shu sabablar tufayli, COVID-19 xarajatlari blan shug’ullanish uchun, davlatlar urush paytlarida va boshqa favqulotda vaziyatda bo’lgani kabi, jangovar shaylanishdek chora va tadbirlarni ishga soldi. Bunday chora va tadbirlarning buzilishi turli xil jarimalar solinishiga olib keladi, ushbu jarimalar hech bir soliq turiga o’xshamaydi, aks holda iqtisodchilar soliqlarni to’lashga hardoim tayyor turgan insonlar, ixtiyoriy ravishda bundan mustasno bo’lishlari to’grisida o’z takliflari bilan chiqishardi. Buning o’rniga, hech qanday o’zgarishsiz kuchli bir uslub qo’llaniladi.
Shu bobni yozish chog’ida, ijtimoiy masofani saqlash uchun bo’lgan vaqt ham haftalarga cho’zildi. Yana qancha vaqt kerak yo bo’lmasa, qanchagacha davom etadi, bu hali noma’lum. Bu savolni ochiqligicha qoldiramz, balki o’zingiz kitobni o’qish davomida bunga javob toparsiz.
“bunk run* - mijozlarning katta qismi bir vaqtning o’zida bankning to’lovga qodir emasligidan qo’rqib, banklardan pul mablag’larini olib qo’yganda sodir bo’ladigan jarayon”
“ratsionalizatsiya* (inglizcha: Rationing) – bu talab yuqori bo’lgan va qisqa taklifga ega bo’lgan tovarlar yoki xizmatlarning cheklanishi”
Do'stlaringiz bilan baham: |