Erkin jamiyatning o’zi urush uchun to’planishi oson emas


Narxlarni nazoratga olish



Download 104,54 Kb.
bet4/5
Sana20.06.2021
Hajmi104,54 Kb.
#71704
1   2   3   4   5
Bog'liq
3 (Full by Azam)

Narxlarni nazoratga olish

Qo’l sanitariya vositalari va hojatxona qog’ozlariga bo’lgan talab bir zumda oshib ketdi. Bunday vaziyatda, ayniqsa tavsiyalardan so’ng sanitariya vositalariga bo’lgan talabning oshishi tabiiy kutilgan holat. Ammo, hojatxona qog’ozlari kutilmagan hodisa bo’ldi. Bu shunchaki talabning oshishi emas, balki qog’ozlarni vaqtinchalik katta miqdorini g’amlab qo’yish edi. O’rinli savol tug’iladi – Nega? Jastin Wolfers ta’kidlaganidek, iqtisodchilar bu haqda aytishdan qo’rqmaganliklarini ko’rsatib turibdilar: ya’ni, “go’yo odamlarda hojatxona qog’ozi ko’p bo’lsa, ulardan qayta najas/axlat chiqmaydigandek” U buni huddi bank run* holatiga o’xshatgan edi: ya’ni, odamlar hojatxona qog’ozlarini yetkazib berish tobora qisqarib borayotganini ko’rishganlaridan so’ng, ularni katta miqdorda sotib ola boshlashgandi. Chunki, ular ta’minotning bu qadar pasayishidan xavotirda edilar. Natijada, bu mahsulotda ham yuqorida ta’kidlanganidek, bank run* senariysi takrorlangandi. Qisqa qilib aytganda, odamlar o’zlarida katta miqdordagi hojatxona qog’ozlarini saqlash uchun yetarlicha bo’sh joylari yo’qligini tushunib yetishlaridan ilgari, qilgan shoshqoloqliklariga qaramasdan, hojatxona qog’ozlari yana do’konlarga qaytdi.

Qo’l sanitariya vositalari va boshqa mahsulotlar tanqisligi, muhimligi bo’yicha ikkinchi o’ringa tushib qolgan edi. Shu holatga bir voqea mos keladi: AQSH da ilk o’lim holati 1-mart kuni qayt etildi va, shundan so’ng ikki ishblarmon katta miqdorda qo’l sanitariya vositalarini sotib ola boshlaydi. Ular 17,700 donadan iborat bo’lgan mahsulotlarini Amazon internet do’konida katta narhda sotishni rejalashtirishgan edi. Ammo ular buni amalga oshirishlaridan oldinroq, Amazon ularga va ular kabi boshqalarga, bunday holatda muhim tovarlar tanqisligini oldini olish maqsadida cheklovlar joriy qilgan edi. Sal o’tib eBay ham shu cheklovni kiritgan edi. Va, natijada sotilmay qolgan barcha mahsulotlar shifoxonalarga hadya sifatida topshirildi.

Inqiroz davrida kelib chiqqan yetishmovchiligdan unumli foydalanib qolish va, foyda olishni ko’zlab narxlarni sun’iy ko’tarib olish bu xudbinlikdan boshqa narsa emas. Normal hayot tarzida narxlar oshishini ko’rsak, odatda ularni to’g’ri qabul qilamiz. Chunki bu o’ziga xos signal bo’lib, talab yuqori bo’lganligi bois, ko’proq mahsulot ishlab chiqarish uchun qulay imkoniyatlarni yaratadi. Boshqacha qilib aytganda, ular resurslarni taqsimlash uchun bozor jarayonining bir qismidir. Biz qonunga xilof ravishda yoki boshqa usul bilan narxlarni belgilashga harakat qilgan taqdirimizda, u yoki bu mahsulotning tanqislikiga hissa qo’shgan bo’lamiz.

Ikkinchi Jahon urushi davrida Qo’shma Shtatlarning narxlarni nazorat qilish idorasini boshqargan Jon Kennet Galbrayt ta’kidlaganidek, Bu “muvozanatsiz tizim” ning qabul qilinishi, bunda talab doimiy ravishda ta’minotdan ustun turadi. Bu shuni anglatadiki, boshqarish elementlari ratsionalizatsiya* qilinishi kerak. Ha, Galbrayt haq edi. O’zboshimchalik bilan qilingan harakatlar kutulmagan natijalarga olib kelishi mumkin. (xuddi xojathona qog’ozi misolida ko’rganimiz kabi):

Shiftga osib qo’yilgan mo’ynali paltolar negadir ularni g’azab otiga minishga majbur qildi. Bir necha bor men mo’ynali paltolar narxlarini o’zgartirishga o’z qiziqishini bildirgan yangi hamkasblarim (va bir martda yangi ma’mur) bilan ham bahslashgandim. Ko’p o’tmay, arzonroq yo’nalishda ishlab chiqariladigan paltolar bezak/naqsh larini premium (o’ta yuqori qiymatli) paltolarda qo’llash, mahsulot narhini o’ta yuqori darajaga ko’tarib yuborishini guvohi bo’lishganidan so’ng. O’z fikirlarini o’zgartirishgan edi. Shunday qilib, ular resusrlarni taqsimlash va rag’batlantirishni tenglashtirish bo’yicha keng nazariy modelga to’liq mos keladigan pozitsiyani qabul qildilar. Aslida, ularda, bu kabi nazariy model mavjudligi to’g’risida hech qanday ma’lumot bo’lmagandi”.

Xulosa qilib aytganda, biz inqiroz davrida narxlarni nazorat qilish usullari haqida ko’proq o’ylashimiz kerak. Chunki bunday usullar, resurslar taqsimotida yaxshi ish berishi mumkin. Piotr Dvorzak, Skott Kominers va Muhammad Akbarpurning tadqiqotlariga ko’ra, qo’l sanitariya vositalari savdosi vaziyatga qarab turli xil senariylarda aks etishi mumkin. Chunki, ushbu mahsulotlarni o’zi xohlagandek narxda sotuvchi ishblarmonlardan, faqatgina o’ziga to’q va boy odamlargina o’zlarini sog’liqlari uchun sotib olishlari va ular o’zlarini va ular bilan muloqatda bo’ladigan kishilarni infeksiyadan saqlashlari mumkin. Ammo, bu kabi o’ziga to’q va o’zlarini salomatligi uchun barcha shart sharoitlarni yaratib oladiganlar jauda kam bo’lib, ular odatda aholi zich yashaydigan mahallalarda yashashmaydi, yoki uydan turib osongina ishlash imkoniyatlari bor qatlam vakillaridir. Shu bilan birga, jamiyatning kam ta’minlangan a’zolarida bunday imtiyoz bo’maganligi sababli, qo’l sanitariya vositalari taqsimotida muvozanatsizlik vujudga kelishi va provardida, bu qatlam orasida infeksiyaning tarqalishi keskin oshishi mumkin. Lekin, bunday holatda narxlar ustidagi nazorat, zararlanish hududlariga bo’lgan e’tiborni kuchaytirish va barcha uchun to’g’ridan to’g’ri ta’minotni yo’lga qo’yish, ularga infeksiya bilan kurashish uchun yetarlicha imkoniyat berishi mumkin.


Download 104,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish