Erkin jamiyatning o’zi urush uchun to’planishi oson emas


Nega markaziy rejalashtish?



Download 104,54 Kb.
bet2/5
Sana20.06.2021
Hajmi104,54 Kb.
#71704
1   2   3   4   5
Bog'liq
3 (Full by Azam)

Nega markaziy rejalashtish?

Iqtisodchilarning ta’kidlashicha, bozorlar – bu resurslarni taqsimlash va izlanishdan mani ko’rmagan insonlardan qolib ketgan azaliy muammolarni hal etish uchun eng maqbul yechimdir. Shubhasiz, bozorlar bu borada g’oyat ajablanarli ta’sirga ega va har bir iqtisodchi bu shunday ishlayotkanidan hayratda edilar. Tomas Schelling ham bundan mustasno emas:

Ko’pchilik insonlardan, oddiy taksi haydovchisidan tortib to halqaro aviya kompaniya boshqaruvida bo’lgan insonlarigacha, ularning barchasidan butun iqtisodiyot va uning ishlash tartibi haqida ozgina bo’lsada bilishlari kutiladi. Ular o’zlari sotadigan va xarid qiladigan mahsulotlarning narxlarini, qarz olib qarzga berishdagi foiz stavkarini va, ayni vaqtda iqtisodiy daromad keltirib turadigan bizneslarini yoki, ularning o’rnini yetarlicha bosa oladigan boshqa uslublar haqida ba’zi bir narsalarni bilishadi. Oddiy sut mahsulotlarini yetkazib beradigan fermerning qancha aholi sariyog’ iste’mol qilishi va ular qanchalik uzoqda istiqomat qilishi, qancha insonlar sigir boqishi, va qancha bolalar sut iste’mol qilishi yo bo’lmasa, sut mahsulotlariga nisbatan spirtli ichimliklarga ko’proq pul sarflanyaptimi yoki yo’q, yoki shunga o’xshagan ma’lumotlarni bilishga ehtiyoji yòq. Aslida u bilishi kerak bo’lgan narsalar: turli xil ozuqaviy moddalarining narxlari, turli xil sigirlarning o’ziga xos xusussiyatlari, fermerlarning sut yo’g’i miqdoriga ko’ra olayotgan turli xil narxlari, yollangan ishchi kuchi va elektr energiyasining bir biriga bog’liq narxlari va agarda, u o’z sigirlarini sotib, o’rniga cho’chqalar yetishtirganda, yoki fermani sotib, o’zi orzu qilgan shaharda yashab o’ziga mos ishda ishlamoqchi bolganda, uning sof foydasi qancha bolar edi. Bir qarashda barcha tadbirlar muvofiqlashtrilgandek tuyuladi: Sizni aeroportga eltish uchun taksi. Samalyotda tushlik uchun sariyog’ va pishloq. Samalyotlarni yoqilg’i bilan taminlash uchun neftni qayta ishlash zavodlari va ularni tashish uchun transport, uchish-qo’nish yo’laklari uchun sement, eskalator uchun elektr va eng muhumi, o’z manziliga yetib borish uchun samalyotlardan foydalanuvchi haridorlar, ularning barchasi mavjud.

Bu bir mo’jizaga o’xshaydi va biz bu kabi mo’jizalarning qadriga yetmog’imiz lozim. Lekin muammo shundaki, bu hardoim ham yetarli bo’lavermaydi.

Ish favqulodda bajarilishi kerak bolganda va resurslar tezda qayta taqsimlanishi kerak bolganda, tizim rejadagidek ish bermay qolishi mumkin. Masala bozorlarda emas, balki markazlashtirilmagan jarayonga ishonish bilan bog’liq bo’lib, bunda hamma o’z resurslarini o’z ma’lumotlari va imtiyozlari asosida taqsimlaydi. Biz urush (yoki pandemiya) vaqtida yuzlashib turgan muammomiz bu yakka shaxslar tomonidan boshqarilayotgan resurslar bo’lib, ularni (resurs egalarini) yangi maqsad tomon yo’naltirish va barchani huddi shunday qlish uchun ko’ndirishdagi bo’lgan vazifa juda qiyinligi va deyarli imkonsizligidir.

Ushbu tushuncha 1990 yilda iqtisodchilar Patrick Bolton va Joe Farrell tomonidan taqdim etilgan. Tasavvur qiling, Bizga yuz niqoblarni ishlab chiqarish uchun bir zavod kerak va boshqasiga esa, o’pka ventilyatsiyasi qurulmasini ishlab chiqarish uchun ammo, ularning qay biri kam xarajatroq vazifa ekanligini bilmaymiz. Bozor iqtisodiyotida, har bir zavod egasi vaziyatga to’gri baho bera olishi va nimalarni qila olishi borasida fikr yuritishi mumkin. Birinchi variantga ko’ra, ularning ikkisi ham o’zlari eng samarali uslubda qila olaman deb reja qilgan mahsulotlarini ishlab chiqarishni boshlashadi. Ular bu uchun qattiq tayyorgarlik ham korishadi ammo, qarabsizki bir xil tanlov orasida va yakunda juda ham ko’p ishlab chiqarilgan yuz niqoblari va juda ham kam miqdordagi o’pka vantilyatsiyasi qurulmalari bilan qolib ketish ehtimoli bilan yuzlashishadi yokida aksincha. Boshqa variantda esa, kutish va boshqa ishlab chiqaruvchilar tanlovlarini kuzatish va shundan so’ng, buni aksini qilishdir. Ammo hozirda, vaziyat qanday o’zgarishini kuzatish uchun kutishni afzal ko’radigan zavodlar mavjud va bu esa kechikishga sabab bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, markazlashtirilmaslik rejadagi ishlarni muvozanatdan chiqarib yuboradi yoki, ularni kechiktiradi.

Yana bir muqobil yechim bu, kim nima ish qilishini bir shaxs tomonidan belgilanishidir. Bu esa markaziy rejalashtrishning ro’li deyiladi. Bu bir xil xatolarni qayta takrorlanishining ham kechikishlarning ham oldini olishda katta yordam beradi. Ammo boshqa bir muammoni ham yuzaga keltiradi: ya’ni, hukumat xato qaror qabul qilishi orqali ikkala mahsulotni ham qimmat narxlarda ishlab chiqarilishiga sababchi bo’lib qolishi mumkin. Shunisi aniqki, bunday inqirozli holatda, biz mukammallik yaxshilikning dushmani bo’lishiga yo’l qo’ymasligimiz va, shu sababdan resurslarni markazlashgan holda taqsimlash jaroyoniga asta sekin o’tib, samarasizlik ehtimolini yo’qqa chiqarmog’imiz lozim.

COVID-19 pandemiyasi davrida bozor jarayonlari rejalashtirishning foydasi uchun qoldirilgan uch yo’nalishi mavjud bo’lib, bular sog’liqni saqlash tizimini tubdan takomilashtirish uchun resurslar safarbarligini, ba’zi muhim tovarlar va xizmatlarning narxlarini nazorat qiluvchi tashkilotlarni va odamlarning erkin harakatlanishiga bo’lgan checklovlardan foydalanishni o’z ichiga oladi. Bularning har biri esa o’z ornida muhokama qlinadi.




Download 104,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish