Erkin jamiyatning o’zi urush uchun to’planishi oson emas



Download 104,54 Kb.
bet3/5
Sana20.06.2021
Hajmi104,54 Kb.
#71704
1   2   3   4   5
Bog'liq
3 (Full by Azam)

Egri chiziq bo’ylab

Hukumatlarning pandemiyaga qarshi dastlabki choralaridan biri bu, R0 (kasallik yuqtirib olgan odamning qancha odamga yuqtira olishining o'rtacha soni) ni kamaytirish umidida asta-sekin ijtimoiy uzoqlashuvning kuchli shakllarini yaratish edi. Ushbu harakatlarga ‘flattening the curve’ (egri chiziqni tekislash yoki to’g’irlash) deb nom berilgan edi, ya’ni: ko’ngilni xira qiladigan statistik ma’lumotlardagi egri chiziqlarni tekkis holatga keltirish ya’ni, kassalik keltirib chiqaradigan har qanday salbiy holatlar darajasini maksimum kamaytirsh bosh vazifa qilib olingan edi. Aslida vazifa kasalikni yuqtirganlarning umumiy sonini qisqartish emas, balki ularni sog’liqni saqlash tizimi resurslaridan tejash uchun vaqt o’tishi bilan tarqatish edi. Ya’ni, kassalanganlar sonini qisqartirish o’rniga kassalik tarqalishini sekinlatish va, shu yo’l bilan sog’liqni saqlash tizimiga tushayotgan og’irlikni kamaytirish edi. Quyidagi Surat 3-1. orqali ushbu holat bilan tanishishingiz mumkin.



Surat 3-1: Egri chiziqning tekislanishi


Maqsad qanchalik tekkis bo’lsa, unga erishish shuncha qiyin bo’ladi. Muammo esa izdan chiqqan egri chiziqni qayta to’g’irlash va bundan tashqari, uzoq vaqt davom etadigan iqtisodiy ziyon, ijtimoiy izolatsiya va keyinchalik pandemiyaning qayta jonlanish ehtimoli borligi va shu sababdan bizni yana katta harajatlar bilan harakat qilishga undashi edi.

Diagrammada ko’rsatilgan qizil rangdagi egri chiziqni o’z holiga tashlab qo’yilgan jarayon desak, ko’k chiziq esa jarayon nazoratga olingan taqdirda kutilayotgan natija. Sog’liqni saqlash tizimining imkoniyatlari esa diagrammada ko’rsatilgan ko’k rangadagi egri chiziqdan ancha pastroqdaligini ko’rishingiz mumkin. Bunga mamlakatlardagi turli hil ko’rsatkichlar sabab bo’ladi. Ma’lumot o’rnida, Yaponiyada aholi jon boshiga 13 dona yotoqlar to’gri kelsa, AQSHda esa bu ko’rsatgich 3 donani tashkil etadi. Bu yerda muhim bo’lgan: ICU (intensiv terapiya bo’limi) yotoqlari, o’pka ventilyatsiyasi qurulmalari, shifoxona himoya vositalari va sog’liqni saqlash xodimlari kabi asosiy farqlar mavjudligida. Shunga qaramay, aksariyat hollarda, R0 ni kamaytirishga qaratilgan siyosat, sog’liqni saqlash tizmining imkoniyatlarini saqlab qolishga bo’lgan harakat juda kech bo’lganligi yaqqol ko’zga tashlanib qoldi. Shifokorlar yurak kasaliga uchragan bemorlar orasida triagioz (bemorlarni davolanishiga bo’lgan ehtiyojiga qarab saralash) operatsiyaranini o’tkazishlari, bemorlarga qanday va qancha noyob tibbiy resusral kerakligini aniqlab berdi. Bu natijalar, hatto talab qilinish ehtimoli kam bo’lgan taqdirda ham, odatiy taminotdan ancha katta miqdorda farq qilar edi. Iqtisodiyot nuqtai nazaridan aytganda, sog’liqni saqlash resurslariga bo’lgan talab uning ta’minotidan ancha oshib ketgan edi. Bundan tashqari, tanqislikni bartaraf etish uchun bosh reja yoki yuqori narxlardan foydalanish ham g’oya sifatida ko’tarilmadi. Keyns ta’kidlaganidek, Ikkinchi Jahon urishi paytida taqsimot rejasini ishlab chiqish kerak edi, ammo hech narsa qilinmadi.

Shularni hisobga olgan holda, sog’liqni saqlash tizimining imkoniyatlarini keskin oshirish uchun ko’zga ko’rinarli ishlar qilinmaganligi ajablanarli. Bu haddan tashqari katta miqdordagi talabni va shunga bo’g’ilq bo’lgan xarajatlarni kamaytirish uchun ishlab chiqilgan siyosiy yechim bo’lishi kerak. Shubhasiz, 2020 yilning mart oyiga kelib ko’p miqdorda o’pka ventilyatsiyasi qurulmalarini va yana boshqa kerakli uskukunalarni ishlab chiqarishganini aytishmoqda. Ammo boshqa davlatlar Xitoy davlati Vuhanda bir hafta ichida butunlay yangi kasalxonalar qurgani kabi tezkor choralar ko’rmadilar. Hamma bunday tezkor harakatlardan hayratda qolgan edi va shundan so’ng, “Qoyil, biz bunday qila olmaymiz” kabi gap so’zlarni ham eshitdim. Bu so’zlar asosan ko’p yillar davomida ushbu resurslar bilan yetarlicha taminlash qanchalar qiyin deb ro’kach qilib kelayotkan tibbiyot sanoatiga tegishli edi. Buning sababi ushbu o’tgan yillar davomida huddi shunday rivojlanishlarning sodir bo’lishi, har doim ularga berilgan bosim natijasi bo’lib kelgan.

Hal qilinishi kerak bo’lgan muammolar, rejadagi talab qilingan vaziyatga kelguniga qadar vaqt ta’sirida u yo bu ko’rinishda o’zgaradi. Bu vaziyatda sog’liqni saqlash tizimining imkoniyatlari vaqtincha ko’k egri chizqning tekis bo’lmagan qismini ya’ni, nazorat qilingandan keyingi jarayonni qoplash uchun kengaytiriladi. Holatni Surat 3-2 da ko’rishingiz mumkin.



Surat 3-2: Egri chiziq bo’ylab

Imkoniyatlarni vaqtincha kengaytirish bu aslida tizimni kuchli zo’riqishiga olib keladi. Shu nuqtai nazardan, buni amalga oshirsh uchun tezkorlik bilan xarakat qilishni va, o’zgacha yondashuvni talab qiladi. Umuman olganda muammoning kelib chiqishi aniq ko’rinib turgan edi. Bostondagi Massachusets bosh kasalxonasining shifokiri Dr Daniel Horn shunday degan edi:

Dunyo miqyosidagi tanqislik sharoitida, Amerika sanoatlari faol tarzda tezlik bilan o’pka ventilyatsiyasi qurulmalarini ishlab chiqara olishlari mumkin. Butun hafta davomida menga: ‘Aytgancha, mening kompaniyam General Electric uchun o’pka ventilyatsiyasi qurulmalari uchun, ehtihot qisimlar ishlab chiqaradi. Hozir bizda shu qadar katta buyrtma borki, iloji boricha tezroq harakat qilishimiz kerak’ degan va shunga o’xshagan xabarlar kela boshlagandi. General Motors bosh ijrochi direktori Mery T. Barra ning ma’lum qilishicha, General Motors AQSHda joylashgan, va o’pka ventilyatsiyasi qurulmalarini ishlab chiqaradigan sanoqli kompaniyalardan biri bo’lgan, Ventec Life System kompaniyasi bilan yaqindan hamkorlik qilib, o’ta muhim bo’lgan respiratorlarni (nafas olish qurlmasi) ishlab chiqarilishini kengaytiradi.



Bunday voqea hodisalar menga umid bag’ishlaydi go’yo. Ammo, bizga federal hukumat ham kerak. … Bir so’z bilan aytganda, bizga reja kerak!”

Tanish holatmi? Ha bu Bolton va Farrell ta’kidlaganidek, aniq muvofiqlashtirish muammosi. Shifoxonalar kerak bo’ladigan barcha narsalarni yolg’iz o’zlari taminlay ololmaydilar. Ba’zi zavodlar ba’zi bir ehtiyot qisimlarni boshqalariga qaraganda yaxshiroq tayyorlay olishlari mumkin. Va, yana bir masala shuki, bu taqsimotdir: ya’ni, qaysi kasalxonalar kop’proq taminotga muhtojligini aniqlashdir. Bu masala bo’yicha hozirga qadar yetarlicha ma’lumotlar mavjud emas. Qo’shma Shtatlarda shu muammoni hal qilish uchun shart sharoitlar va resusrslar yetarli bo’lishiga qaramay, hanuz hech qanday ko’zga ko’rinarli ishlar qilinmagan.

Bu huddi urush holatida bo’lgani kabi, resurslarni aqil bilan taqsimlashga o’xshaydi. Sog’liqni saqlash tiziminig imkoniyatlari oshirilishi kerak bo’lganda va, buni zudlik bilan amalga oshirish kerak bo’lgan taqdirda, kimdir nazoratni o’z qo’liga olishi talab etiladi. Va, ko’pgina mamlakatlar bu holatda, armiyani ishga solishni rejalashtirib qo’yishgan edi. Mobil armiya jarrohlik kasalxonasi yoki M*A*S*H nafaqat teleko’rsatuv balki, qurolli kuchlarga kerak bo’ladigan ko’nikma va qobilyatlar edi. Buni faqat fuqorolik maqsadlariga o’tkazish kerak edi holos. Ba’zi mamlakatlarda, jumladan Shvetsariya, Kolumbiya, Gollandiya, Italiya va Frantsiyada bu harbiy tayyorgarlik va/yoki inshoatlar qurishda o’z ifodasini topdi. AQSH da esa vaziyatni yumshatish uchun Kaliforniya va Nyu-Yorkka shifoxona kemalari yo’naltirildi.

Shunga qaramay, raqamlar yanada keng ko’lamli harakatlarni va agressiv yechimlarni talab qilardi. Nafaqat harbiy ta’minot, balki ishlab chiqarish harakatlarini ham ushbu ishlarga yo’naltirish qo’shimcha chiqish yo’li edi. Bularning ko’p qismi ijtimoiy masofani saqlash tufayli bekor yotgan edi. Shu boisdan potentsial imkoniyatlardan foydalanish va o’z vaqtida ta’minot bilan ta’minlash uchun markazlashtirilgan jarayonga ehtiyoj borligi ko’rinib qolgandi. Ikkinchi Jahon urishi davrida korxonalar tezda harbiy harakatlar uchun mahsulotlar ishlab chiqarish rejimiga o’tishgan edi. Hozirgi holatda ham aynan shunday qilish talab qilinyapti. Bundan tashqari, qo’shimcha tibbiyot xodimlarga ehtiyoj paydo bo’lishi mumkin. Va, bu talabni qondirish uchun, safarbarlik harakatlari orqali ularni jalb qilish ham mumkin. (xuddi majburiy harbiy xizmatga chaqiruv kabi). Yaxshi xabar shuki, yuqorida ta’kidlanganidek, bu resurslarning aksari bekor yotipti. Va, undanda yaxshiroq xabar bu, urush paytida emasligimiz, chunki ulardan hech kim, kimnidir borib o’ldirishini so’ramaydi.




Download 104,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish