170
5.
Приходко С.В., Воловик Н.П. Особие экономические зоны. – М.: ИЕПП,
2007. – 268 с.
6.
Raimjonova M.A. O„zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni
jalb qilish: nazariy asoslari, hozirgi holati va istiqbollari. – T.: “Extremum-press”
nashriyoti, 2013. – 176 b.
7.
Рыбаков С.А. Особые экономические зоны в России. Налоговые льготы
и преимущества. / С.А.Рыбаков, Н.А.Орлова. – М.: Вершина, 2006 – 248 с.
8.
Фуршчик М.А., Шутова А.В. Особие экономические зоны:
опыт и
перспективы. – М.: Медиа Инфо Групп, 2014. – 216 с.
171
6-bob.
ERKIN
IQTISODIY
HUDUDLARDA
BOJXONA
RASMIYLASHTIRUVINING O„ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
6.1.
Erkin iqtisodiy hududlarda bojxona ishi
va uni tashkil etish
EIHda bojxona ishi O„zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi asosida
yuritiladi. Bojxona ishi O„zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo„mitasi va tashqi
iqtisodiy faoliyat bilan (eksport-import) shug„ullanuvchi tadbirkorlar o„rtasida yuzaga
keladigan bojxona rasmiylashtiruvi va bojxona nazorati bilan bog„liq munosabatlarni
o„zida aks etiradi. Ushbu Kodeks O„zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi
orqali tovarlarni va transport vositalarini olib o„tish, bojxona to„lovlarini
undirish,
bojxona rasmiylashtiruvi, bojxona nazoratini amalga oshirish,
shuningdek,
bojxona
to„g„risidagi qonun hujjatlarini buzish hollarining oldini olish, ularni aniqlash va
ularga chek qo„yish tartibini belgilash bilan bog„liq munosabatlarni tartibga soladi.
Agar O„zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O„zbekiston
Respublikasining bojxona to„g„risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan
boshqacha qoidalar belgilangan bo„lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo„llaniladi.
Bojxona ishida bojxona organi bojxona deklaratsiyasini
va boshqa hujjatlarni
qabul qilib olgan kuni amalda bo„lgan qonun hujjatlari qo„llaniladi. Bunda bojxona
ishida asosiy vazifa bojxona organlari zimmasiga yuklatiladi. Shunga ko„ra,
O„zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-oktabrda qabul qilingan “Davlat bojxona
xizmati to„g„risida”gi yangi tahrirdagi Qonunining 3-moddasida bojxona
organlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iboratligi belgilab qo„yilgan:
- jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari
hamda qonun bilan
muhofaza etiladigan manfaatlarini himoya qilish;
- o„z vakolati doirasida O„zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini
himoya qilish va uning iqtisodiy xavfsizligini ta‟minlash;
- bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshirish;
- bojxona to„lovlarini undirish;
- bojxona to„g„risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga
oshirish, qonun hujjatlari buzilishlarining, shu jumladan,
kontrabandaning oldini
olish, ularni aniqlash va ularga chek qo„yish;
- tashqi savdo operatsiyalarining monitoringini amalga oshirish, eksport-import
shartnomalarining ijrosini tahlil qilish, shuningdek, tashqi savdo operatsiyalarining
bojxona organlariga taalluqli qismini o„tkazishda valyuta to„g„risidagi qonun
hujjatlariga rioya etish;
- tovarlarning tashqi savdosiga doir bojxona statistikasini hamda tashqi iqtisodiy
faoliyatning tovar nomenklaturasini yuritish;
- fuqarolarning bojxona sohasidagi huquqiy madaniyatini yuksaltirish;
-xavfni
boshqarish
tizimi
qo„llanilishi
samaradorligining
muntazam
monitoringini amalga oshirish;
-bojxona
organlari
faoliyatida
zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini va nazoratning texnik vositalarini qo„llash;
172
- bojxona ishini rivojlantirish va takomillashtirishning ustuvor yo„nalishlarini
ishlab chiqish;
- O„zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bojxona ishiga taalluqli
qismidan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini ta‟minlash.
Bojxona organlari faoliyatining
asosiy tamoyillari qonuniylik, yagonalik,
ochiqlik va shaffoflik, jismoniy hamda yuridik shaxslarning huquqlari,
erkinliklari
va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ushbu huquqlar, erkinliklar va qonuniy
manfaatlarni hurmat qilishdan iboratdir.
EIHlarda bojxona rasmiylashtiruvi ishlari bojxona organlarining qonuniy
huquqlari doirasida bajaradigan funksiyalari quyidagi rasmda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: