173
Bojxona organlari:
- bojxona to„g„risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish;
- bojxona to„lovlari to„g„ri hisoblanishi, to„liq va o„z vaqtida to„lanishi
ustidan
nazoratni amalga oshirishi;
- bojxona nazoratini tashkil etishi;
- tovarlarni va transport vositalarini olib o„tish, shuningdek, O„zbekiston
Respublikasining bojxona chegarasidan o„tish chog„ida jismoniy va yuridik
shaxslarni ularning huquq va majburiyatlari to„g„risida o„z vaqtida xabardor qilishi;
- o„z xizmat vazifalarini bajarishi chog„ida o„ziga ma‟lum bo„lib qolgan davlat
sirlarini yoki qonun bilan qo„riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma‟lumotlarni
oshkor etmasligi;
- huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilishiga imkon yaratgan
sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish choralarini ko„rishi;
- bojxona organlarida korrupsiya va boshqa mansabdorlik
jinoyatlari sodir
etilishining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishi;
- davlat xavfsizligini, jamoat tartibini, fuqarolarning hayoti va sog„lig„ini
saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishga
ko„maklashishi;
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishda axborot xavfsizligi
talablariga rioya etilishini ta‟minlashi shart.
6.2-rasm.
Bojxona organlari faoliyatini boshqarishning optimal darajasini aniqlash
masalalari
Bojxona organlari tomonidan EIHlarda tovar va xomashyolar importi-eksporti
bo„yicha bojxona rasmiylashtiruvi mazkur qonun asosida amalga oshiriladi hamda
davlat bojxona siyosatining samarili ijrosini ta‟minlashga qaratiladi. EIHlarda
investitsiyalash,
ishlab chiqarish, tashqi iqtisodiy aloqalar, soliq va bojxona boji
to„lovlari masalasida o„ziga xos yondashuv mavjudligi sababli ularda bojxona
rasmiylashtiruvi belgilangan tartibda, lekin, bojxona siyosati mazmuni va samarali
Bojxona or
ganlari f
aoli
yatini
boshqarish
ning op
timal
darajasi ani
qlash
masalalar
i
Milliy ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy
manfaatlarini himoya
qilish
Mamlakatning eksport salohiyatini oshirish
Davlat byudjetini manfaatlarini himoya qilish
Mamlakatni xorijiy bozorlardagi iktisodiy manfaatlarini himoya
qilish
Mamlakat
iqtisodiyotining
jahon
iqtisodiy
xo‟jaligiga
integrallashuvini jadallashtirish
174
ijrosiga salbiy ta‟sir ko„rsatmagan holda amalga oshiraladi.
Bojxona ishi va rasmiylashtiruvchida Bojxona kodeksining 4-moddasida
keltirilganidek, agarda shunday holat yuzaga kelsa, ya‟ni bojxona to„g„risidagi qonun
hujjatlaridagi barcha bartaraf etib bo„lmaydigan qarama-qarshiliklar va noaniqliklar
tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisining foydasiga talqin qilinadi.
EIHlarda bojxona rasmiylashtiruvi bojxona maqsadlariga muvofiqlikda amalga
oshiriladi. Bojxona maqsadlari quyidagilardan iborat:
- bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarini olib o„tish, tovarlarni
tashish, saqlash va qayta ishlashda bojxona to„g„risidagi qonun hujjatlariga rioya
etilishini ta‟minlash;
- bojxona to„lovlari o„z vaqtida va to„g„ri to„lanishini ta‟minlash;
-
iqtisodiy siyosat choralariga, bojxona rejimlarining talablari va shartlariga
rioya etilishini ta‟minlash;
- bojxona to„g„risidagi qonun hujjatlarini buzish hollariga chek qo„yish va
ularning oldini olish.
Bojxona rasmiylashtiruvi va nazorati bilan bog„liq munosabatlarda quyidagi
tushunchalar qo„llaniladi:
- bojxona brokeri – bojxona rasmiylashtiruvi bo„yicha operatsiyalarni
deklarantning yoki vakolatli shaxsning topshirig„iga binoan va uning nomidan
shartnoma asosida amalga oshiradigan O„zbekiston Respublikasi yuridik shaxsi;
- bojxona ishi – iqtisodiy, tartibga solish
va huquqni muhofaza qilish
maqsadlariga erishishga qaratilgan, bojxona to„g„risidagi qonun hujjatlariga rioya
etilishini ta‟minlaydigan usullar va vositalar majmui;
- bojxona hamrohligida kuzatib borish – avtotransport vositalarining bojxona
organlari tomonidan bojxona nazorati ostida kuzatib borilishi;
- bojxona operatsiyasi – tovarlarning va transport vositalarining bojxona
rasmiylashtiruvida tovarlarga va transport vositalariga nisbatan bojxona organlarining
mansabdor shaxsi va vakolatli shaxs tomonidan amalga oshiriladigan harakat;
- bojxona rejimi – bojxona chegarasi orqali olib o„tiladigan tovarlarning va
transport vositalarining maqomini bojxona maqsadlari
uchun belgilovchi qoidalar
majmui;
- bojxona tartib-taomili – bojxona maqsadlari uchun amalga oshiriladigan
bojxona operatsiyalarining majmui;
- deklarant – tovarlarni va transport vositalarini o„z nomidan deklaratsiyalovchi
shaxs yohud uning nomidan tovarlar va transport vositalari deklaratsiyalanayotgan
shaxs;
- deklaratsiyalash – bojxona chegarasi orqali olib o„tilayotgan va bojxona
nazorati ostida turgan tovarlar va transport vositalari to„g„risidagi zarur
ma‟lumotlarni bojxona organlariga ma‟lum qilish;
- iqtisodiy siyosat choralari – tovarlarni va transport vositalarini
bojxona hududiga olib kirishga va ushbu hududdan olib
chiqishga doir cheklovlar
bo„lib, ular kvota belgilashni, litsenziyalashni, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotining
jahon xo„jaligi bilan o„zaro hamkorligini tartibga solishning boshqa chora-tadbirlarini
o„z ichiga oladi;
175
- tashuvchi – bojxona nazorati ostida turgan tovarlar tashilishini amalga
oshiruvchi yoki transport vositasidan foydalanish uchun mas‟ul shaxs;
- tovar turkumi – bitta oluvchining manziliga bitta transport hujjati bo„yicha
kelayotgan yoki bitta pochta yuk xati bilan jo„natilayotgan yohud bojxona chegarasi
orqali o„tayotgan bitta jismoniy shaxsning qo„l yukida va bagajida olib o„tilayotgan
tovar yoki uning bir qismi;
- tovarlarni va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o„tish –
tovarlarni va transport vositalarini bojxona hududiga olib kirish yohud
ushbu hududdan olib chiqish;
- tovarlarning erkin muomalasi – bojxona hududida tovarlarning belgilangan
taqiqlar va cheklovlarsiz aylanishi;
- tovarni chiqarib yuborish – bojxona organlarining bojxona rasmiylashtiruvini
yakunlovchi va ma‟lum qilingan bojxona rejimi shartlaridan kelib chiqqanholda
tovarlardan foydalanishga va ularni tasarruf etishga
ruxsat berilganligini
ifodalovchi harakati;
- yuk operatsiyalari – bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni va transport
vositalarini tashish, yuklash, tushirish, qayta yuklash, ularning buzilgan o„rovlarini
to„g„rilash, ularni o„rash, qayta o„rash va tashish uchun qabul qilish;
-
O„zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo„mitasining yagona
avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bojxona organlarining axborot tizimi) – bojxona
chegarasi orqali olib o„tiladigan tovarlarning va transport vositalarining bojxona
nazoratini amalga oshirish uchun ularga doir hujjatlar va ma‟lumotlarning
kiritilishini, hisobga olinishini hamda monitoring qilinishini nazarda tutuvchi
O„zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo„mitasining avtomatlashtirilgan tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: