TRIKOTAJ KIYIMLARNI KONSTRUKSIYALASH XUSUSIYATLARI: Ishlab chiqarish texnologiyasiga qarab trikotaj kiyimlar regular, yarim regular va bichilgan bo‘lishi mumkin. 8 3 Regular kiyimlar (tanlangan o‘lcham va shakliga qarab) to‘quv mashinalarida toladan butun to‘qilib chiqariladi. Yarim regular kiyimlar xaltasimon trikotaj matolardan, yon choklarisiz, yoqa va yeng o‘mizlarini bichish yo‘li bilan tayyorlanadi. Trikotaj kiyimlarning 60 foizdan ko‘prog‘i bichilgan kiyimlardir. Trikotaj kiyimlarni modellashtirishda va konstruksiyalashda ularning zarur xususiyatlaridan biri bo‘lmish suvda kirishishi, cho‘ziluvchanligi darajasi e’tiborga olinishi shart. Moskva Trikotaj ilmiy tekshirish instituti tomonidan ishlab chiqarilgan klassifikatsiya bo‘yicha cho‘ziluvchanlik darajasiga qarab trikotaj matolar 3 guruhga bo‘lingan: I — kam, II — o‘rta, III — katta cho‘ziluvchanlik darajali matolar. Trikotaj kiyimlarni konstruksiyalashda bu ma’lumotlar asos tariqasida olinadi. Ko‘krak chizig‘i bo‘yicha qo‘shimcha haq — Pk miqdorini tanlashda trikotaj matolarning deformatsion xossalari e’tiborga olinadi. Trikotaj kiyimlarining oddiy kiyimlardan farqi shundaki, Pk miqdori ularda gazlamadan tayyorlangan kiyimlarga qaraganda ancha kichik. Sanoatda ko‘krak chizig‘i bo‘yicha qo‘shimcha haq — Pk qiymati jemperlar uchun 1—4 sm, jaketlar uchun 2— 4 sm, kurtkalar uchun 4—6 sm, ichki kiymlar uchun esa Pk = 0. Trikotaj kiyimlarida qo‘shimcha haq — Pk miqdorini quyidagicha taqsimlashni tavsiya etadi: orqa bo‘lakka — 25—30%, yeng o‘miziga — 50—55%, old bo‘lakka — 20%.
MAXSUS KIYIMLARNI KONSTRUKSIYALASH XUSUSIYATLARI Maxsus kiyim konstruksiyasi katta aholining o‘lcham tipologiyasi asosida ishlab chiqariladi. Maxsus kiyimni ishlab chiqarishdan oldin ishchilarning mehnat shart-sharoitlarini o‘rganib, maxsus kiyimga qaratilgan texnik talablar dasturini tayyorlash lozim. Mehnat faoliyatini o‘rganish jarayonida ishlab chiqarishdagi zararli ta’sirlar tavsifi, bajariladigan ishning og‘irlik darajasi, ishchilar harakatlari dinamikasi, meteorologik shart-sharoitlar, ishlash va dam olish rejimi kabi muhim ma’lumotlar izlaniladi. Maxsus kiyimning baza asosi konstruksiyasini ishchilarning ish harakatlari rasmlariga, tanlangan material- 8 6 ning fizik-mexanik xossalariga va loyihalashtirayotgan kiyimga qo‘yilgan talablarga asoslanib tayyorlash lozim. TSMITI izlanishlari shuni ko‘rsatdiki, mehnat jarayonida odam tanasining quyidagi o‘lchamlari sezilarli o‘zgaradi: orqaning belgacha bo‘lgan uzunligi, orqa kengligi, old tomondan belgacha bo‘lgan uzunlik, ko‘krak kengligi, oyoq va qo‘l uzunligi va hokazo. O‘lcham birliklarining dinamik o‘sishi 3,6—9,4 sm ni tashkil etadi. Dinamik o‘sishlarning miqdoriga asoslanib, maxsus kiyimga to‘kislik uchun beriladigan qo‘shimcha haq miqdori aniqlanadi va uni kiyimning asosiy konstruktiv uchastkalariga taqsimlanish tavsifi aniqlanadi. Qo‘shimcha haqning eng ko‘p qismi orqa detal kengligiga va yeng o‘mizi kengligiga beriladi. Maxsus kiyimni loyihalashda kichik konstruktiv elementlarga muhim ahamiyat beriladi, chunki ularning to‘g‘ri tanlanishi kiyimning mudofaa, ekspluatatsion va gigiyenik xossalariga bog‘liqdir. Masalan, odam tanasini chang va mikroorganizmlardan himoya qiluvchi kichik konstruktiv elementlar mavjud turli xil belbog‘lar, tekstil taqilmalari, elastik tasmalar va hokazolar. Kiyim osti mikroiqlimini, gigiyenasini ventilatsion bloklar ta’minlaydi. Kiyimga ekspluatatsion xossalarini ta’minlovchi konstruktiv elementlarni tirsak va tizza uchastkalaridagi ikki qavatli taqilmalar, polimer qoplamalar va hokazo.
Badiiy konstruksiyalash — bu sanoat mahsulotlarini loyihalashning zamonaviy ijodiy usulidir. Badiiy konstruksiyalash — jamoali ijodiy jarayon bo‘lib, unda muhandislik, agronomik va badiiy konstruksiyalash elementlari organik mujassamlashgan. Yuqori sifatli sanoat mahsulotlarining yangi namunalarini badiiy ishlab chiqarish bir qator mutaxassislarning hamkorligida amalga 8 8 oshiriladi: konstruktor-muhandis, rassom-dizayner, iqtisodchi, psixofiziolog, san’atshunos va hokazolar. Muhandislik konstruksiyalash — mahsultning konstruksiyasini, ya’ni texnik tuzilishini aniqlaydi. Tikuvchilik korxonasida muhandis-konstruktorining asosiy vazifasi yangi kiyimda maksimum qulayliklarni, ya’ni ishlab chiqarish texnologiyasiga mosligi, tejamkorligi va ekspluatatsiyalash davrida chidamliligini ta’minlashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |