Erkaklar va bolalarning tipologiyasi II. Bob. O’G’il bolalar tunggi kiyimini konstruksiyalash


Odam gavdasining o‘lchamlari tasnifi va kiyimning o‘lcham standartlari



Download 53,58 Kb.
bet5/13
Sana13.07.2022
Hajmi53,58 Kb.
#792608
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
MAHMUDOVA SHOHSANAM.(2) docx (2)

Odam gavdasining o‘lchamlari tasnifi va kiyimning o‘lcham standartlari.
Aholi uchun ko‘plab kiyim ishlab chiqarishda hammaning gavdasini o‘lchash va har bir kishining o‘lchamini aniqlashning iloji yo‘q, albatta. Shunga ko‘ra aholi o‘rtasida qanday gavdali odamlar ko‘proq uchrasa, kiyimlar ana shunday kishilarga mo‘ljallab tikiladi. Standart gavdalarning oqilona tuzilgan tizimi o‘lchamlar tasnifi (o‘lchamlar tipologiyasi) deb ataladi. O‘lchamlar tasinifini oqilona tuzish vazifasi, mumkin qadar kamroq gavdalar turini tanlab, kiyim o‘lchamlari aholini ko‘proq qanoatlantirishiga erishishdan iborat. Standart gavdalarning optimal soni aholini qanoatlantiradigan bo‘lishi lozim. Mavjud standartlarda bu masala ko‘proq uchraydigan gavdalarga qarab hal qilingan: ming kishi orasida kamida 0,1 foizni tashkil etadigan gavdalar turi standartga kiritilgan. Tekshirilishi lozim bo‘lgan kishilar soni bosh vakillar majmuyi deb, uning bir qismi esa terma vakillar deb ataladi. Terma vakillar ichida muayyan jussali kishilar bosh vakillar majmuyidagidek ko‘p uchrasagina ular e’tiborga loyiq hisoblanadi. Terma vakillarga alohida talablar qo‘yiladi: ular orasidagi shaharliklar bilan qishloqliklar soni o‘rtasidagi nisbat (aholi ro‘yxatiga muvofiq) foizlarda ifodalanishi, bolalar va erkaklar yosh guruhlarining foizlarda ifodalangan nisbati hisobga olingan bo‘lishi, shaharlik vakillarga og‘ir va yengil sanoat sohalarida mehnat qiladigan ishchi va xizmatchilar kiritilishi lozim. Shu talablarga binoan, katta yoshdagi aholidan 1500—2000 kishining, har bir yoshdagi bolalardan esa 100—150 kishining gavdasini o‘lchash zarur. O‘lchamlar tasnifini hamda o‘lchamlar antropologik standartlarini tuzish vaqtida quyidagi masalalar hal qilinadi: yetakchi o‘lchov belgilari tanlanadi; har bir yetakchi belgi bo‘yicha o‘lchovdagi farqsizlik interval belgilanadi; standart jussalarning optimal soni belgilanadi; tobe o‘lchov belgilarining qiymatlari hisoblab chiqariladi; gavda jihatdan tanlab olingan turdagi kishilar aholi ichida qanchaligi aniqlanadi. Erkaklar kiyimi o‘lchamlarining tasnifini tuzish uchun quyidagi yetakchi o‘lchov belgilari qabul qilingan: R — bo‘y; Ok. — ko‘krak aylanasi, uchinchi; Obel — bel aylanasi. O‘g‘il bolalar uchun bo‘y (bo‘y) hamda ko‘krak aylanasi (uchinchi) ni bildiradigan belgilar qabul qilingan. O‘lchamdan chetga chiqish chegarasi, boshqacha aytganda, o‘lchamlardagi farqsizlik intervali quyidagilardan iborat: bo‘y va bel aylanasi bo‘yicha — 6 sm (3 sm); uchinchi ko‘krak aylanasi — 4 sm (2 sm). Standart kiritilgan gavdalarning har biriga xos yetakchi va tobe o‘lchov belgilari qiymati mavjud; shu bilan birga, tobe o‘lchov belgilari qiymati juda ko‘p regressiya tenglamalari bo‘yicha aniqlanadi. Erkaklarning standart gavdalari to‘rtta to‘lalik guruhi bilan ko‘rsatilgan. Gavdaning to‘lalik darajasi ko‘krak aylanasi (uchinchi) qiymatining bel aylanasi qiymatiga nisbati bilan belgilanadi. Birin-ketin keladigan to‘lalik guruhlari bir nomdagi bel aylanasi va bo‘yga mansub standart gavdalari bir-biridan bel aylanasi bo‘yicha olingan to‘lalik aro intervallar qiymaticha farq qiladi. To‘lalik guruhlari, o‘z navbatida, o‘lcham guruhchalariga ajratilgan. Erkaklar uchun ko‘krak aylanasi Ok bo‘yicha o‘lchamlar diapazoni 84—128 ni, ya’ni 12 nomerni o‘z ichiga oladi. O‘lchamlarning birinchi kichik guruhi: 2—4 to‘lalik guruhlari uchun 84—104 o‘lchamlar, 1-to‘lalik guruhi uchun — 92—112 o‘lchamlar kiritiladi. Erkaklar uchun jami 6 ta to‘lalik o‘lcham kichik guruhi belgilanadi. Kichik guruhchalar ichida standart gavdalar bo‘yi bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. Har bir guruhcha uchun muayyan yosh belgilangan: kichik yosh guruhiga 18—29 yoshdagi kishilar, o‘rta yosh guruhiga 30—44 yoshdagi kishilar va katta yosh guruhiga 45 yoshdan oshgan kishilar kiritiladi. Har bir guruhchada baza tur ko‘zda tutilgan; kiyim shu turga mo‘ljallab loyihalanadi va modellashtiriladi. Yosh belgilarini nazarda tutib, kiyimni 15 ta asosiy turga mo‘ljallab loyihalash kerak. Mamlakatimizdagi barcha bolalar 5 o‘lcham yosh guruhiga kiritilgan. O‘spirinlar guruhi akselerat (tez o‘sadigan) yoshdagi bolalar guruhini ham o‘z ichiga oladi. O‘lchamlarning bo‘y bo‘yicha variantlari shunday tanlanganki, ular katta yoshdagi kishilar o‘lchamlarining bo‘yini ifodalavchi qiymatlarning tutash qatorini tashkil etadi. Shunday qilib, tarmoq standartlari quyidagilarni belgilab beradi: ko‘plab kiyim tayyorlash uchun kerak bo‘ladigan standart jussalarning maksimal sonini; standart gavdalar tasnifini; kiyimlar loyihalanadigan baza standart gavdalarni; standart gavdalar o‘lchov belgilarining qiymatlarini. Kiyimning tuzilishi deb, bevosita odam tanasida kiyim hosil qiladigan fazoviy sirtga aytiladi. Kiyimning ichki va tashqi tuzilishi va o‘lchamlari ajratiladi. Kiyimning ichki o‘lchamlari va ularga tegishli odam gavdasi o‘lchamlari orasidagi farqga kiyim to‘kisligi uchun beriladigan qo‘shimcha haq deyiladi. Kiyimning ichki va tashqi o‘lchamlari orasidagi farqga konstruktiv-dekorativ qo‘shimcha haq deyiladi. Umumiy to‘kislik uchun qo‘shimcha haq miqdori to‘kislik uchun beriladigan qo‘shimcha haqning eng kam miqdori va konstruktiv-dekorativ qo‘shimcha haqning yig‘indisiga teng, ya’ni: Pj = Pminj + Pk.dj Kiyimning ichki o‘lchamlari va odam gavdasining o‘lchamlari nisbati turli uchastkalarda bir xil emas. Masalan, korset buyumlar tanaga eng yopishib turadigan kiyim turi bo‘lib, ular nafaqat tanani qofiyalaydi, balki uning alohida qismlari (ko‘kark, qorin)ga aniq shakl beradi. Tikuvchilik buyumlarining boshqa turlari bir uchastkalarda erkin tursa, boshqasida esa tanaga yopishib turadi. Kiyim yopishib turadigan tana qismlarini tayanch sirtlar deb atashadi. Tayanch sirtlarning joylanishiga qarab kiyimlar ikki guruhga bo‘linadi: — yelkaga oid kiyimlar — yelka qismiga suyanib, bo‘yin, tana va qo‘l-oyoqlarni yopadi; — belga oid kiyimlar — tos bel qismiga suyanib, tananing pastki qismi va oyoqlarni yopadi. Kombinezonlar ham yelkaga, ham belga oid kiyimlar hisoblanadi. «Odam-kiyim» tizimining statikada mavjud bo‘lishining zarur sharti — kiyimning o‘lchami va shaklining odam tanasiga taalluqli qismlari o‘lchami va shakliga mos kelishidir. 2 8 Kiyimdan foydalanish jarayoni «odam-kiyim» tizimida odam va kiyimning o‘zaro ta’siridan kelib chiqadi. Tayanch sirtlardan pastda joylashgan uchastkalarda kiyimning ichki sirti va odam tanasi o‘rtasida bo‘shliqlar hosil bo‘ladi. Bu bo‘shliqlar nafas olish va harakatlar erkinligi, shuningdek, odam kiyimda o‘zini normal xis qilishini ta’minlash uchun zarurdir. Bo‘shliqlarni hosil qilish uchun kiyimning ichki o‘lchamlarini odam tanasi o‘lchamlaridan kattaroq qilib loyihalanadi. Kiyim to‘kisligi uchun qo‘shimcha haqlar. To‘kislik uchun qo‘shimcha haqning minimal qiymati Pmin nafas va harakat erkinligini, odam tanasiga ko‘rsatadigan minimal bosim miqdorini va kiyim osti bo‘shlig‘ining hosil bo‘lishini ta’minlashi shart. Qo‘shimcha haqning minimal qiymatini aniqlash uchun asos sifatida dinamikada odam tanasining o‘lchamlari o‘zgarishini o‘rganish hisoblanadi. To‘kislik uchun qo‘shimcha haqning minimal qiymati Pmin, avvalo, buyumning kengligini aniqlovchi — ko‘krak aylanasi uchun hisoblanadi. Masalan, maxsus kiyimlar uchun uning miqdori odam tanasining o‘lchamlarining o‘zgarishiga teng. Maishiy kiyim uchun Pmin miqdori odam tanasining chuqur nafas olgan holatidagi o‘lchamiga teng. To‘kislik uchun qo‘shimcha haqning materiallar xossalariga bog‘liqligi. Kam cho‘ziluvchan materiallardan kiyim konstruksiyalashda musbat qiymatli, yaxshi cho‘ziluvchan trikotaj matoli kiyimlar uchun esa nol yoki manfiy qiymatli qo‘shimcha haqlar qabul qilinadi.
Kompozitsion qo‘shimcha haqlar: Kompozitsion haqlar deb, ko‘krak yarimaylanasi (P16), bel yarimaylanasi (P18), son yarimaylanasi (P19), yelka aylanasi (P28) ga qo‘shimcha haq va materiallar qalinligiga (Pm.q.) qo‘shimcha haqlarning yig‘indisiga aytiladi. Kompozitsion qo‘shimcha haqning miqdori rassommodeler va konstruktorning model ustidagi ishi jarayonida aniqlalandi va kiyim turiga, siluetiga va moda yo‘nalishiga qarab aniqlanadi. Zamonaviy kiyim shaklini yaratish uchun, nafaqat kompozitsion qo‘shimcha haq miqdorini aniqlash, balki, uni orqa yeng o‘mizi va old bo‘laklari o‘rtasida kiyim kengligi bo‘yicha taqsimlanish tavsifini ham aniqlash kerak. Kompozitsion qo‘shimcha haqning taqsimlanish tavsifi ko‘pincha kiyimning mo‘ljallanishiga bog‘liq.


Download 53,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish