KIYIMGA NISBATAN QO‘YILADIGAN TALABLAR:
Mahsulot sifati, uning raqobatbardoshligi har doim fanda ilmiytexnik taraqqiyotning, sanoatda esa mehnat intizomi, madaniyati, tashkiliy darajasining umumlashtirilgan ko'rsatkichi bo‘lib kelgan . Yuqori sifatli mahsulot muammolari nafaqat texnik, balki iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ahamiyatga ega. Mahsulot sifati buyum loyihalashda hisobga olinadi, ishlab chiqarganda ta’minlanadi va ekspluatatsiya davrida namoyon bo‘ladi. Demak, sifatni murakkab «tizim» deb baholash mumkin. Sifatni ta’minlash maqsadida ishlab chiqarish jarayonining har pog‘onasida uni idora qilmoq zarur. Hozirgi paytda sifat nafaqat bevosita buyum ishlanadigan sanoat tarmog‘ida, balki tarmoqlararo muammoga aylangan, chunki iste’molga tayyorlangan mahsulot sifatini yuzlab turli tarmoq korxonalari ta’minlaydi . Mahsulot sifatini idora qilish deganda unga ta’sir etuvchi omillarni tinimsiz nazorat qilib, mahsulotni loyihalash, ishlab chiqish va iste’mol jarayonlarida yetarlicha sifat darajasini ta’minlab turish tushuniladi. Mahsulotning sifati insonni qadimdan qiziqtirib kelmoqda. Platonning (eramizdan awalgi 427—347-yillar) fikri bo'yicha, buyumning sifati uning mukammallik darajasidadir. Aristotelning (eramizdan awalgi 384—322-yillar) aytishicha, sifat — bu predmetni unga o'xshash predmetlardan ajratib turadigan muayyan xususiyatlar majmuidir. Mahsulotning sifati unga oid ko'rsatkichlar majmuida namoyon bo'ladi. Shu bois sifat deganda, mahsulotning vazifasiga ko'ra insondagi muayyan talablarni qondirishga yaraydigan xususiyatlar majmui tushuniladi. Har qanday buyum xususiyatiarga ega. Sifatni aniqlash — bu mahsulotga xos xususiyatlarning miqdoriy darajasini aniqlash va uni baholash demakdir. Xususiyatlar buyum tayyorlanganda va iste’mol davrida namoyon bo'lib, ham miqdoriy, ham sifat darajasida ifodalanadi. Mahsulot sifati unga ta’sir ko'rsatadigan yetakchi xususiyatlar nomlarini aniqlashdan boshlanadi. Sifat ko'rsatkichlar nomlarining ro'yxati mahsulotning vazifasiga bog'liq. Shu bois mahsulot sifatini baholashdan awal, unga xos inson talablarini qondiradigan xususiyatlarni aniqlash kerak. Ushbu xususiyatlarni shartli ravishda iste’molchi deb nomlash mumkin, chunki qadimgi yunon faylasufi Protagoming «Inson barcha buyumlarning o‘lchamidir« degan so'zlari hozirgacha o'z ma’nosini saqlab, mahsulot sifatini baholashda asosiy mezon bo'lib kelmoqda. Yuqorida qayd etilgan talablar qatorida ishlab chiqarish talablarini ham unutib bo'lmaydi. Negaki, mahsulotni sanoatdan tashqarida, materiallar, energiya, inson mehnati va asosiy fondlar xarajatisiz yaratib bo'lmaydi. Shunday qilib, sifat mahsulotning murakkab xarakteristikasidi.
Kiyim sifatining iste’molga oid ko‘rsatkichlari. Iste’molga oid ko‘rsatkichlar deb insonning buyumni iste’mol qilish jarayonidagi muayyan talablarini qondirishiga qaratilgan buyum xossalari tushuniladi. Iste’molga oid sifat darajasiga iste’molchi insonga bevosita ommaviy va shaxsiy qadrini bildiradigan ko‘rsatkichlarning bitta sinfi kiradi : ijtimoiy, funksional, estetik, ergonomik, ekspluatatsion. Buyum o‘z xususiyatlariga bog‘liq holda insonning muayyan talablarini ma’lum darajada qondirishi mumkin. Ko‘rsatkichIar sinfiga xos xususiyatlar tahlili quyida keltirilgan. Ijtimoiy ko‘rsatkichlar buyumning ishlab chiqish va sotishga muvofiqligini bildiradigan ommaviy ehtiyojlarga mosligini xarakterlaydi. Shu bois iqtisodiy-ijtimoiy talablar kiyim loyihalashdan awal texnik topshiriq tuzish bosqichida hisobga olinadi. Mahsulot sifatini ta’- minlashda ijtimoiy omillar roli ilmiy-texnik taraqqiyot va moddiy farovonlik o‘sgan sari oshaveradi. Korxonalarda maxsus tuzilgan ijtimoiy xizmatlar tashkiloti aholi ehtiyojini tahlil qilib, yangi mahsulot assortimentiga talablarni shakllantirishi kerak. Aks holda, mahsulot ko‘p chiqarilib, zarar ko‘riladi.
Funksional ko'rsatkichlar kiyimning asosiy vazifasiga, iste’- molchining tashqi barcha xossalari uning vazifasiga bog'liq holda tanlansa, buyum insonning ehtiyojini qondira oladi. Ayni buyumning vazifasi modelga, uning konstruksiyasiga va materiallariga qo'yiladigan talablarni shakllantira oladi. Odamlarning yoshi, o'lchamlari, to'lalik guruhlari ichida tashqi ko'rinishi va psixologik tuzilishida keskin farqlanish mavjudligi bois bir xil vazifali kiyim ham ushbu guruhlarga mansub bo'lgan xususiyatlar hisobga olingan holda loyihalanadi. Funksional ko'rsatkichlar uchinchi bosqichda ikki guruh ko'rsatkichlari yordamida yoritiladi: buyumning muayyan maqsadga mosligi va iste’molchining razmeri, yoshi va to'lalik guruhi xususiyatlariga mosligi ;. Buyumning muayyan maqsadga mosligini to'rtinchi bosqichda quyidagi ko'rsatkichlar aniqlaydi: kiyimning zamonaviy hayot tarziga (ya’ni, zamonaviy transport vositalariga, arxitektura va maishiy sharoitga) moslik darajasi va kiyimning aniq ekspluatatsiya sharoiti hamda odam faoliyatining turiga munosibligi . Iste’molchining o'lchami, yoshi va to'lalik guruhi xususiyatlariga mosligi to'rtinchi bosqichda quyidagicha bo'linadi: shaxsning tashqi ko'rinishiga mosligi hamda shaxsning yoshi va psixologik xususiyatlariga mosligi . Estetik ko'rsatkichlar kiyimni shaxsiy iste’mol predmeti sifatida baholashda o'ziga xos ahamiyatga ega. Estetik xususiyatga ega bo'lmagan kiyim foydasiz buyumga aylanadi, chunki u o'z maqsadli funksiyasini — insonning estetik talabini qondiradigan o'ziga xos xususiyatni bajara olmaydi.
Standartlash va unifikasiyalash ko‘rsatkichlari modellarning konstruktiv va texnologik jihatdan bir-biri bilan bog‘lanish darajasini ko‘rsatadi. Standartlashning asosiy vazifalaridan biri — barcha yechimlar sonini minimal oqilona yechimlarga keltirishdir. Shu bilan birga mahsulotni loyihalashga, tayyorlashga va ishlatishga sarf-xarajatlar kamayadi, loyihalash muddati esa qisqaradi. Unifikatsiyalash ham standartlashning usullaridan biri hisoblanadi. Uning vazifasi mahsulotning keng miqyosda tarqalgan tur, xil va o‘lcham tiplarini kamaytirishga qaratilgan. Konstruksiyaning ishlov berishga qulaylik ko‘rsatkichi mahsulotni yaratish, ishlab chiqish va foydalanish bosqichlarida barcha mehnat, vaqt va boshqa vositalaming sarf-xarajatlarini kamaytirishga qaratilgan. Iqtisodiy ko‘rsatkichlar iste’molchiga va ishlab chiqarishga oid talablarni o‘zaro bog‘lab, mahsulotni konstruksiyalash, ishlab chiqarishda texnologik ishlarni tayyorlash va ishlov berish hamda foydalanish jarayonlaridagi sarf-xarajatlarni bildiradi. Kiyim ekspluatatsiya jarayonida iste’molchiga oid sarf-xarajatlarni, masalan kimyoviy tozalashga, yuvishga va ta’mirlashga sarf qilingan xarajatlami ham iqtisodiy ko‘rsatkichlarga kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |