52
munosabatni saqlab turish va yana u sizni yolg`onchi deb atamasligi uchun quyidagi
maslahatlarga amal qiling.
• Munosabatlarning ilk davrida uni yoki o`zingizning uyingizda u bilan yolg`iz
qolmaslikka harakat qiling, ayniqsa, kech bo`lganda.
• Jamoat joylarida uchrashing. U o`zi kelib sizni olib ketishi mumkin.
• Uchrashuvlarni kunduzgi soatlarga belgilang. Agar sizga velosipedda sayr qilish
yoqsa, bunday vaqt o`tkazish ham qizil chiroq yoqishning yaxshi usuli. Ammo
ikkovingiz kamin yonida bir shisha sharob bilan shamlar yog`dusida birga o`tirgan
bo`lsangiz, unda erkak uchun bu yashil chiroq.
• Bo`salarning juda ehtirosli bo`lishiga va uzoq cho`zilishiga yo`l qo`ymang.
•
Uchrashuvdan kech qaytayapsiz, qahva ichish uchun uyga taklif qilib yurmang,
hatto buni o`zi so`rasa ham. Uy yaqinida u bilan xayrlashing.
• Sertabassum bo`ling, uning hazillariga mazza qilib kuling, yaxshi hamsuhbat do`st
bo`ling. U sizga mahbuba deb qarashidan ko`ra do`st bo`lishini istang.
Agar u sizga
yuragini ochib o`zi haqida gapira boshlasa, bu yaxshi belgi. Erkak ayolni
yoqtirgandagina unga o`z ko`nglini ochadi.
• Noz-karashma me`yordan oshib ketmasin. Bemaza mavzudagi latifalardan ehtiyot
bo`ling, chunki ular kamdan-kam holatda shunchaki hazil bo`ladi.
Erkak kishi hazilni
ko`pincha sinash uchun ishlatadi. Ammo juda jiddiy ham bo`lib ketmang, yaxshi hazilga
kulish gunoh emas. Ammo intim mavzularda uzoq to`xtalib qolmang, chunki u buni
yashil chiroq deb o`ylashi mumkin.
• Erkakni e`tirof etib turing. Sizga yoqishini bildirib qo`ying. Masalan, uning odekoloni
iforidan hidlang. Yoki bugun ko`rinishi zo`rligni ayting. Bu bilan unga yaqin bo`lib
ketmayotganingiz aslo uni yoqtirmaganingizdan emasligini bildirib qo`yasiz.
• Unga mehringizni izhor qiling. Uning qo`lidan tuting , yelkasiga bosh qo`ying,
shunda u oz`ining erkakligini his etadi.
• O`z kuchingizga katta baho bermang. Uning hech narsa bo`lmaydi degan gaplariga
ishonmang. Hatto uni anchadan beri bilsangiz ham, juda yaxshi inson bo`lsa ham,
bunday holatlarda har qanday erkak o`zini nazorat qila olmay qolishi mumkin.
53
• Mehringizni odamlar orasida ko`rsating.
Bu yer xavfsiz, hech qanday ortiqcha ish
bo`lish ham mumkin emas.
Erkak ehtiyotkorlik bilan to`shakka ishora qilayotganiga qaramay, u ich-ichidan siz uni
kutishga majbur qilishingizni istaydi.
Mening bir mijozim ayollar borasida omadi chopgan yigit aytgan gaplari yodimga
tushdi: “Judayam chiroyli bir qizga oshiq bo`lib qolaman, chindanam haqiqiy muhabbat
ana shu deb o`ylay boshlayman. Ammo u men istagan narsalarimga ruxsat berib
yuborgandan keyin hafsalam pir bo`ladi, sen ham hammaga o`xshagan ekansan deb”.
Davom etamiz.
U sizning “boshqacha“ ekaningizga ishonch hosil qilishni istaydi. Siz uni ajoyib,
yoqimtoy va eng zo`r deb hisoblashingizni xohlaydi. Siz uning hazillariga kulishingizni,
uni aqlli deb sanashingizni istaydi. U ma`budani xohlaydi. U ajoyib ayolni xohlaydi.
Ho`sh, qanday qilib siz unga bunday tasavvurni berishingiz mumkin? Oddiygina sizni
ta`qib qilishiga, izingizdan qolmasligiga imkon bering va osonlikcha o`zingizni topshirib
qo`ymang. Biroz
mashaqqat cheksin, shunda siz u uchun ideal ayolga aylanasiz.
Shirin nuqta.
Ayol bilan erkak oshiq-ma`shuqqa aylangandan keyin ham “pol latta” va “orzudagi
qiz”ning xatti-harakatlari bir-biridan tubdan farq qiladi.
Yaxshi qizlarning katta xatosi ular boshqa ayollar bilan musabaqalshmoqchi
bo`lishadi.
U erkak bilan ishlaydigan har bir ayolni surishtirib chiqadi “U senga yoqadimi?” deb.
Yaxshi qiz erkak yoqtiradi deb xayol qilgan fotomodellar,
raqqosalar, kinoyulduzlar
bilan ham musobaqalashishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: