49
O`n yillar o`tgandan keyin ham agar siz shu final o`yin haqida so`rab qolangiz, xuddi
kecha bo`lgandek aytib beradi. Ayol erkak bilan yaqinlashib
ketishga shoshmaganda
ham xuddi shunday bo`ladi. Erkakning qiziqishi oshganidan oshadi.
Bu sizga urfdan qolgandek tuyulishi mumkin, ammo ishoning, mening maslahatlarim
har xil yoshdagi erkaklardan olingan son-sanoqsiz intervyularga asoslangan. Ajoyib bir
misol – Natan. U endigina yigirma beshga kirgan yigit. U ayollar ko`ngliga yo`p topishni
yaxshi biladi. U menga nima deganini so`zma-so`z keltiraman: “Agar ayol juda tez o`zini
topshirib qo`ysa, romantika yo`qoladi va ikkovimiz ham bu yo`nalishda harakat
qilishdan to`xtaymiz. Chin so`zim, biz erkaklar bu borada qattiqroq, ko`proq urinishni
xohlaymiz. Bizga o`yin o`ynash yoqadi, agar bu o`yin tez tugab qolsa,
bizning
hafsalamiz pir bo`ladi. Hattoki biz botinan bunga qarshilik qilamiz. Ha, biz unga
erishishni xohlayotganimizni bilamiz, ammo qiz bola bizni kutishga majbur qilishini
xohlayotganimizni ham bilamiz. Yo`qsa, bu ehtirosimiz ikki yo uch martadan so`ng
mutlaqo so`nadi. Keyin esa biz yangi sarguzasht izlab ketamiz”.
Albatta, munosabat qurish uchun ortiqcha urinishni
istamaydigan erkaklar ham
uchrab turadi. Ular “uch uchrashuv” qoidasi bilan yashashadi. Qoidaga ko`ra agar ayol
uch uchrashuvda ham xohlaganini beravermasa, unga vaqt ketkazish behuda.
Jiddiy munosabat qursa bo`ladigan ayolni izlayotgan erkaklar talaygina. Ammo “uch
uchrashuv” qoidasi bilan yashaydigan erkakning niyati bitta - xohlaganini olish va
jo`nab qolish. Xohlaganini ololmagani uchun uchinchi uchrashuvdan so`ng erkak qaytib
kelmasa bilingki, ertami-kechmi u baribir sizni tashlab ketardi.
Yaxshi qiz erkak nima xohlasa, shuni berishga o`zini mas`ul deb biladi. Uni boshqarish
juda oson. U erkak bilan bo`lgandan keyin uni shu yo`l bilan ushlab qola olaman deb
o`ylaydi. Go`yoki bu borada u oltinga tengdek. Yomon qiz esa erkak qiyinchilik bilan
erishgan narsasigina oltinga teng bo`lishini yaxshi biladi.
Erkak zoti juda tez va ortiqcha urinishlarsiz maqsadga erishishni istaydi deb xomtama
bo`lmang. Aslida, ko`pchilik erkaklar ayolga erishish uchun ter to`kishni istashadi. Erkak
va yaxshi qiz orasida so`zsiz savdlolashuv boshlanadi: “Azizam, menga qara.
Birga
bo`lish uchun men ikkita kechki ovqat, guldasta va kinoga bilet olishga tayyorman. Jami
255 dollar 95 sent. Ortiq bir chaqa ham bermayman!”
Erkak qancha to`lay olishi va uning narxi qanchaligini bilishni istaydi. Yomon qiz esa
undan aqlliroq. Biladiki, erkak agar uni ta`qib qilmasa, boshqa ayolning iziga tushadi.
50
Shuninig uchun ham “yomon qiz” erkak byudjetining qanday bo`lishidan qat`iy nazar,
astronomikmi yoki kamtarona bu pullarning bari uning o`zigagina sarf bo`lishini istaydi.
U o`zini erkak uchun eng yaxshi sarmoya deb hisoblaydi. “Uch uchrashuv “ qoidasi
yomon qizga o`tmaydi. U erkakni xotirjamgina qo`yib
yuboradi, loqal uni eslamaydi
ham. Hattoki shunday erkaklar ham oxiri borib uning qoidasi bo`yicha oynamaydigan
ayollarga uylanishadi. Yomon qiz o`z qoidalariga binoan o`ynaydi. “Korishguncha”
degan so`z uning tilidan osongina chiqadi. Bordi-yu erkak ketadigan bo`lsa, bu qiz uni
deb achchiq ko`z yoshlar to`kadi deb o`ylashiga o`rin qolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: