Erkaklar Nega "yomon"



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/92
Sana09.04.2022
Hajmi1,18 Mb.
#538435
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   92
Bog'liq
2 5201839289679217633

Maftunkorlik omili №22 
To`shak va “uchqun” bular hecham bitta narsa emas. 
Shirin g`alaba. 
Agar erkak sizga erishish uchun o`z jasorati, muomalasi yoki istarasini ishga solishi
kerakligini his etsa, u sizni yanayam ko`proq qadrlaydi. Ayollar bekorga erlarini xo`jayin 
deb atashmaydi. Ular egalik hissi bilan tug`ilishadi. O`zlari erishishga urinayotgan 
narsani boshqa erkaklar osonlik bilan qo`lga kirita olmasligini bilish ular uchun yoqimli. 
Xuddi kapitan Kirk yoki Hristofor Kolumbdek hali erkak oyog`i yetmagan yerlarni 
ochishni istashadi. Erkaklarni bir narsa: sizning qanchalik tez taslim bo`lishingiz 
qiziqtiradi.
Haqiqatan ham, tasodifiy aloqalarga odatlanmagan ikki insonning juda tez bir-biriga 
tushib, yaxshi munosabatlar paydo bo`lib va buni bir umrlik rishtaga aylangan holatlari 
bo`lib turadi. Ammo bu tasodif, qonuniyat emas. Mening yaqin dugonam Brittani 
dorishunos bo`lib ishlaydi. U ajoyib, go`zal, “munosib” ayol. Odatda u ikkinchi 
uchrashuvdayoq erkak bilan yaqin munosabtda bo`lib ketadi. 
Yaqinda u o`ziga yoqadigan bir yigit bilan uchrasha boshladi. Maqsadiga juda tez 
erishgan yigit bir zum o`yga toldi, keyin esa dugonamga yuzlanib: “Sen hamma erkaklar 
bilan shunaqa qilasanmi?”- dedi. Bu so`zlarni eshitgan dugonam o`z ta`rificha “qotib 
qoldi”.
Agar siz juda tez erkak bilan yaqinlik qilsangiz, avvaliga o`ziga o`zi: “U mendek yigitga 
yo`q deya olmadi”, - deydi. Ammo keyinroq sizni yana nechta erkakka yo`q deya 
olmaganingiz va yana nechtasiga yo`q deya olmasligingizni o`ylab bosh qashlab qoladi. 
Maftunkorlik omili №23 
To`shakdan avval erkak aniq fikrlay olamydi, ayolning miyasi esa ravshan bo`ladi. 
Keyin esa hammasi aksincha bo`ladi. Erkakning zehni tiniqlashadi, ayol esa esini 
yo`qotib qo`yadi. 
Yaqinlashish yorug`lik tezligida bo`lganda, erkak barcha xohlagan narsasiga erishadi. 
Yaqinlikdan keyin uning miyasi ravshanlashishadi, chunki u oldiga qo`ygan maqsadiga 
erishgani uchun yengil nafas olishi mumkin. Ayol esa endigina o`z xohlagan maqsadi 


48 
tomon yo`lga chiqmoqda. Uning ishi hali bitmadi. Endi ayol uni ta`qib qilishni 
boshlaydi, u esa qochib qoladi. 
Sizga yoqadimi yoqmi, munosabatlarning ilk bosqichida sizni qoniqtiradigan shart-
sharoit yaratilishi ustida ish olib borasiz. Agar bu bitimga juda tez rozi bo`lsangiz, 
tashabbus va nazoratni qo`ldan boy berasiz. Yomon qiz o`zi uchrashayotgan erkak bilan 
bitim tuzish yoki tuzmaslik haqida ancha bosh qotiradi. U erkak zoti bir to`xtab 
o`tadigan bekat bo`lishni istamaydi. 
Erkak avval siz bilan tunni o`tkazishni istaydi. Sizning qanday tirikchilik qilishingiz 
unga muhim emas. Sizning mashinangiz qandayligi uni qiziqtirmaydi. Sizni ertalabdan 
yog`siz sutli qahva bilan shirinkulcha yeishni yoqtirishingiz bilan uning bir tiyinlik ishi 
yo`q. Sizni esa oldinda bu munosabatni mutlaqo boshqachasiga o`zgartirish uchun 
qilinadigan ishlar kutmoqda. 
Erkakni kutishga majbur qilib sizning “boshqacha” ekaningizga amin bo`lishiga imkon 
berasiz. Shundagina u sizni qaymoqli qahva emas, yog`siz sutli qahvani xush 
ko`rishingizga ahamiyat berishni boshlaydi. 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish