7.1-rasm. Shaxsiy sotish jarayoni modeli
Pochta va telefon orqali kelib tushadigan axborot va tashrif buyuruvchilarni
saralovchilar sotish xizmati personali va kotiblar hisoblanadi. Tashabbuskorlar –
tovar bevosita ularning ehtiyojlarini qondiradigan shaxslar. Korxona rahbariyati
tovarni xarid qilish va ta’minotchini tanlash haqida qaror qabul qiladi, moliya va
moddiy ta’minot xizmati xodimlari esa xaridlarni o’zlari tashkillashtiradi.
To’g’ridan-to’g’ri javob olish (pochta, telefon, faks, Internet, to’g’ridan-to’g’ri
muloqot orqali) va bilvosita ta’sir (matbuot, televidenie va radiodagi reklama, tashqi
reklama) to’g’ridan-to’g’ri marketingda mijozlarni jalb qilishning asosiy vositalari
hisoblanadi.
To’g’ridan-to’g’ri marketing xarajatlari darajasi yuqori: bu xodimlarning ish
haqi, komission mukofot to’lovlari, transport xarajatlari, oziq-ovqat xarajatlari,
sotishni hisobga olish va tashkil qilish uchun ofis xarajatlari va b. Shu sababli mijozni
jalb qilish xarajatlari hajmi, zamonaviy hamkorlik konsepsiyalariga muvofiq,
mijozning u bilan munosabatlar o’rnatilgan butun davr mobaynidagi xaridlaridan
1.Sotuv maqsadini qoyish
2.Potensial xaridorlarni aniqlash va baholash
3.Sotish joyini tanlash
4. Xaridorlar bilan kommuniksiya
5. Sotish vа muloqot samaradorligini baholash
6.Xariddan qoniqishni
kuchaytirish uchun xaridor bilan
takroriy muloqotlar
7.Xarid qilmaganlar bilan
muloqotni davom ettirish
121
kutiladigan foyda ko’zda tutiladigan «hayotiylik qiymati» bilan taqqoslanadigan
darajada bo’lishi lozim.
Amaliyot shuni ko’rsatadiki, marketing umumiy xarajatlarida to’g’ridan-to’g’ri
marketing ulushi 35-45%ni tashkil qilishi mumkin. AQShda bu faoliyat xarajatlari
sotish bilan asoslanadigan barcha tijorat xarajatlarining 60%iga yetadi, sohada band
bo’lganlar soni esa jami xodimlarning 10%ini tashkil qiladi.
To’g’ridan-to’g’ri marketing xilma-xil ta’sir vositalarini qamrab oladi,
masalan, televidenie, radio orqali to’g’ridan-to’g’ri javob reklamasi - bunda xabar
telefon qo’ng’irog’i ko’rinishida javob harakati vujudga kelishiga yo’naltiriladi.
Iste’molchiga ta’sir vositalarini to’plashga talablar muloqot doirasining hajmi,
ta’sir vositalari qiymati, ularni kombinasiyalash imkoniyati, mijozning ta’sirchanligi,
ta’sirning davom etish muddati va bashorat qilinadigan samaradorlik bilan
belgilanadi. Mos ravishda, muayyan sharoitlarda samaradorlik deganda nimalar
tushunilishi aniqlanadi, bitta buyurtmaga to’g’ri keladigan xarajatlar yoki umumiy
xarajatlarni qisqartirish, buyurtmalar sonini oshirish maqsadga muvofiq.
Mahsulot sotish bo’yicha bitta shartnoma tuzish uchun korxonalar bilan
o’rtacha 4-5 ta yangi shaxsiy muloqotlar talab etiladi. Pochta orqali murojaatlar
bo’yicha samaradorlik 3-10%gacha pasayadi, lekin ushbu holatda sotish birligi
xarajatlari sezilarli darajada past bo’ladi. sa’y-harakatlarning bir qismi, garchi ko’p
vaqt sarflansada, ijobiy reaksiya yo’qligi tufayli muvaffaqiyatga olib kelmaydi.
Hattoki iste’molchida ijobiy reaksiya yo’qligi ham pirovardida amalga
oshirilgan chora-tadbirlar samaradorligini baholashda natijali bo’lib chiqishi mumkin.
Iste’molchilar tovar haqida xabardor bo’ladi. Ularda hech bo’lmasa kelgusida
foydalanish mumkin bo’lgan yuzaki ijobiy xotiralar qoladi.
Xat, telefon orqali suhbat, sotish bo’yicha menejerning to’g’ridan-to’g’ri xabari
iste’molchi o’zi uchun ma’lum bir foyda mavjudligini tushunib yetgan hollarda idrok
qilinadi. Demak, xaridorlarni tovarning kuchli tomonlarini ko’rsatadigan va boshqa
tovarlar orasida ajratib turadigan ishonarli ustunliklar (ularni dastlab ifodalab olish
zarur) bilan ta’minlash muhim vazifa hisoblanadi.
122
Buning uchun esa hamkorni nimalar qiziqtiriini bilish hamda uning umumiy
bozor fonidagi o’rnini, ya’ni amalda kelajakdagi mijozlar nigohidagi maqomini
shakllantirish maqsadga muvofiq. Xarid qilishdan oldin iste’molchi tovarlarning
buyumga oid mohiyatidan ko’ra ko’proq ular keltiradigan foydani tanlaydi,
taqqoslaydi.
Tovarning mohiyatini tadqiq etishda korxona sotuv va foydani nimaga asosan
shakllantirishini tushunish va uning mahsulotini (uning qanchalik eski bo’lishidan
qat’i nazar), nima uchun ishla chiqilganini, kimga va nima uchun kerakligini, uning
mazmuni nimada ekanligini, marketing qanday asoslanganini bilish kerak. Uning
bozor ulushini aniqlash, asosiy vazifalarni bajarishdan tashqari qaerda foydalanilishi
mumkinligini bilish, iste’molchini qiziqtirib qo’yish uchun uning qanday foyda olishi
mumkinligini bilish, ertangi kunda mahsulot tavsifnomalarining qanday yaxshilanishi
mumkinligini aniqlash zarur.
Oziq-ovqat tarmoqlari korxonalarining asosiy sotuv hajmi mahsulotni
iste’molchilar izlash va muzokaralar yuritish, bitimlar tuzish va amalga oshirish
asosida turli hajmdagi partiyalar bilan sotishni nazarda tutadi. Bu ikir-chikirigacha
o’ylab chiqilgan maxsus yondashuvni talab qiladi.
Sizning mahsulotingizdan muvaffaqiyatli foydalangan kishilarning ishonchli
guvohlik berishi lozim. Xaridorlar ishlab chiqarish uchun birlachi resurslar ajratish
maqsadida daromad keltiruvchi qaysi mahsulotlarni yoqtirishi va xarid qilishini bilish
kerak.
Marketing nuqtai nazaridan korxonaning o’zi daromad keltirmaydi, u resurslar
sarflaydi, materiallar, tarkibiy qismlar, ishchi kuchi, energiya, xizmatlar xarid qiladi.
Hattoki tannarxning pasayishi ham xarajatlar talab qiladi, korxona xarajatlari, uning
nisbatan arzon narxda belgilangan sifatdagi mahsulotni o’z vaqtida chiqarish
bo’yicha imkoniyatlari haqida to’liq tasavvurga ega bo’lish zarur. Aks holda
raqobatga bardosh berish qiyin bo’ladi. Korxonalar sotiladigan tovarlarni ishlab
chiqaradi va bu tovarlarni ularning tannarxidan qimmat narxda sotishning ddasidan
chiqilganda nafaqat mahsulot yaratadi, balki pul ham qiladi.
123
Samarali sotish uchun o’z korxonasini imkon qadar mahsulot sifati, narx, o’z
vaqtida yetkazib berish, servis asosida shartnomalar uchun boshqa ta’minotchilar
bilan raqobatlashadigan tashqi ta’minotchi sifatida ko’rib chiqqan ma’qul, demak, u
oddiy tovar ishlab chiqaruvchi emas, zamonaviy marketing talablariga mos keladigan
bo’lishi lozim. Shu tariqa iste’molchilarni o’z mahsuloti qimmatli ekanligiga
ishontirish osonroq bo’ladi. Aks holda tannarxning o’sishi narxdan o’zib ketadi,
xaridorlar noto’g’ri joylashtirish va sifat muammolari tufayli raqobatchilarning
mahsulotini afzal ko’ra boshlaydi. Ularni sotuvning keyingi o’sishi ham qoplay
olmaydi. Sotuv o’z-o’zidan ko’tarilmaydi. Yangi mahsulot, mavjud va yangi
bozorlarda, boshqa mintaqalarda yakuniy iste’molchilarni izlab topish va «yollash»,
nostandart foydalanish usullarini topish zarur.
Iste’molchiga nisbatan quyidagilarni aniqlashtirib olish zarur: tovar nima
uchun xarid qilinadi; qanday yashirin ehtiyojni qondirish mumkin; e’tirozlar nimadan
iborat bo’lishi, ulani qanday rad qilish va iste’molchini ishontirish mumkin; taklif
etilayotgan tovarsiz qoladigan shaxslarning yo’qotishlari pul ifdasida qanday bo’ladi;
tovarning asl qimmati va investisiya qilingan kapitalga olinadigan foyda qanday.
Agarda bu Armanistonda konyak ishlab chiqarish kabi ustunliklar tavsifnomasi
bo’lmasa, tarmoq xususiyatlariga emas, mahsulot sotishga bor e’tiborni qaratish
zarur. Tovarlar taklif qilishda ularning aybi muzokaralar jarayonida xayoliga ham
keltirmagan ishlab chiqarish bo’ladigan bo’lsa, barcha muammolar to’plamini bir
vaqtning o’zida iste’molchiga yuklab qo’yishga yo’l qo’yib bo’lmaydi.
Texnik jihozlanganlik darajasining pastligi, rivojlanish va xarid uchun
mablag’lar yetishmasligi, kadrlar yetishmasligi (har qanday direktor uchun bu ro’yxat
amalda cheksiz bo’ladi) tufayli yuzaga keladigan muammolarni iste’molchi o’z
zimmasiga olishni istamaydi. Ta’minotchi-ishlab chiqaruvchi unga ishonib
topshirilgan muayyan ishlab chiqarish doirasida bu muammolarni o’zi hal qilishi
lozim.
Raqobat bo’yicha iste’molchi hozirgi paytda nimadan va nima sababdan
foydalanayotgani, mahsulotning raqobatchilar mahsulotlari bilan taqqoslaganda
124
kamchilik va tafovutlari qanday ekanligini ochib beradigan ma’lumotlarga ega
bo’lish zarur.
Olish mumkin bo’lgan foydani raqobatchilar bilan to’g’ridan-to’g’ri
taqqoslashsiz namoyish etish maqsadga muvofiq. Taqqoslash doimo xavfli bo’ladi.
Dalillar haqiqatda shubhasiz ekanligiga yuz foiz ishonib bo’lmaydi, lekin
raqobatchilarning ortiqcha yodga olib o’tilishi ular uchun bepul reklama bo’ladi.
Bor e’tiborni narxga emas, solishtirma qiymatga qarata olish zarur. Masalan,
agar mijoz o’z mulkini sug’urta qildirgan bo’lsa, uning hayoti yanada qimmatli
ekanligiga e’tibor qaratish lozim. Axborot xizmatlari xarajatlar sifatida emas, balki
hamkor uchun kelajakda natijalar o’sishiga olib keladigan investisiyalar sifatida
taqdim etilishi kerak.
Xaridor uning kutayotgan natijalari o’zini oqlamasligi mumkin ekanligini
kutgan holda ko’pincha noma’lum narsani (qop ichidagi mushukni) sotib olishdan
qo’rqadi. Birdaniga uzoq muddatli hamkorlikni taklif etishga harakat qilish kerak.
Eng ishonchli kafolat bu – xizmat ko’rsatish darajasining yuqoriligi, jumladan,
qaytarib berish kafolatlanishi hisoblanadi. Bu ayniqsa, siz pulini oldindan to’lashni
talab qilgan va yangi xaridorlarni jalb qilgan hollarda muhimdir. Bunda kafolat
sizning taklifingiz bilan tanishgan ilk daqiqadan boshlab mijoz e’tiborini jalb
qilishning eng muhim omiliga aylanishi mumkin. American Airlines kompaniyasi
yo’lovchining chemodani yo’qotilgan hollarda unga yetkazilgan ziyondan tashqari
yana 50 dollar miqdorida chek yozib beradi.
Ishlab chiqaruvchilar ko’pincha zararning o’rnini to’dirish huquqini suiiste’mol
qilishlaridan
xavfsiraydi.
Shu asnoda, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan
muammolarning oldini olish amaliyotining qimmatligi to’langan badallar miqdoridan
ko’ra muhimroq ahamiyat kasb etadi.
Bu ayniqsa, yangi va eksklyuziv tovar kiritishda, uning imidji qoniqarsiz
bo’lganda zarur (mijozlar tovarni sotib olishi mumkin edi, lekin buning maqsadga
muvofiq ekanligiga ishonchi komil emas). Qoniqarsiz hid va ta’m tavsifnomasiga ega
bo’lgan, birdaniga aniqlash qiyin bo’lgan nuqsonlari mavjud tovarlar uchun
to’lanadigan badal pullari kafolatlanishi muhim ahamiyat kasb etadi.
125
Yangi hamkorlar uchun tovar bir necha kun davomida sinab ko’rilishi mumkin.
Bu muddat o’tishi bilan xaridor mamnun bo’lishi va tovar uchun to’lovni amalga
oshirishi lozim. Albatta, ma’um bir risk baribir bo’ladi, lekin u buyurtmalar hajmini
oshiradi va tovar qiymatiga kiritiladi. Ishonch hamkorni bilish haqida oldindan xabar
qiladi. "Hilton" mehmonxonasi ma’muriyati yangi xizmatlar tarmog’iga e’tibor jalb
qilish va raqobatchilardan ajralib turish uchun agarda ertalab mijoz xizmat ko’rsatish
darajasini qoniqarsiz deb topadigan bo’lsa, uning puli qaytarib berilishini kafolatlay
boshladi.
Sizning taklifingiz bilan qiziqib qolganlarga chuqur bilimga ega ekanligingizni
ko’rsatish lozim. Hamkor ishonchlilikka intiladi, chuqur bilimga ega ekanlik esa –
sizning ezgu niyatda ekaningizga xizmat qiladigan yana bir dalil-isbotdir. Shu nuqtai
nazardan Mikoyan go’sht kombinatining oziq-ovqat bozorida 80 yildan beri faoliyat
yuritib kelishi alohida ahamiyatga ega. Xaridorni nima haqida xabardor qilish kerak?
Korxona tarixidagi yorqin sahifalar haqida, qanday yangi mahsulotlar ishla
chiqarilayotgani haqida, qanday mukofot va medallar qachon, qaerda va kim
tomonidan topshirilgani haqida. Korxona uchun vaqt – konyak shishasidagi ma’lum
vaqt saqlab turilganlikni ko’rsatadigan yulduzchalar kabi ma’noga ega. Yulduzchalar
qanchalik ko’p bo’lsa – mahsulot shunchalik qimmatli sanaladi.
Kuchli rang-baranglik holatlarida xaridor tanlov ustida bosh qotirshii mumkin
bo’lib, bu ko’p vaqt talab qiladi. javob kechiktirilishi mumkin, bu esa yo’qotishning
yarmi hisoblanadi, chunki xaridor pirovardida o’zi uchun odatiy bo’lgan tovarga
to’xtalishi riski yuqori.
To’g’ridan-to’g’ri marketingda harakatlarning bir qismini o’z zimmasiga olish,
hech bo’lmasa schet, blank, shartnomani oldindan to’ldirish foyda keltiradi. Hamkor
o’rniga blank to’ldirish kommunikatsiyalarni kuchaytiradi. Hamkorda siz uning
muammolari bilan shug’ullana boshlagan va faqat undan ma’qullashni kutganday
taassurot yuzaga keladi. Vaholanki, misol tariqasida to’lanmagan schetlar bilan
bog’liq vaziyatlarni ham keltirish mumkin.
Kim xaridor bugungi kunda haqiqatda ehtiyoj sezayotgan narsani taklif qilsa,
o’shani eng katta muvaffaqiyat kutadi. Ehtiyojni aniq baholash uchun sotishga taklif
126
etilayotgan tovarga ko’proq ehtiyoj sezayotgan iste’molchilar maqsadli guruhlarini
to’g’ri tanlash zarur. Shunda takliflar muayyanroq, xaridorlar esa – moyilroq bo’ladi.
tovarni joylashtirish qanchalik to’g’ri bo’lsa, tanlov ham shunchalik aniq va bitim
samaraliroq bo’ladi.
Menejerni joylashtirish shaxsiy imidj, mijozlar xarakteri va hududi, tovarning
likvidligi va sifati bilan ta’minlanadi. Eng muhim omil bu – iste’molchining
manfaatlar yo’nalishi, uning fikrlash inersiyasi, unga ko’ra eng yaxshi bu –
yaxshining dushmanidir. Agar tovar va uning ishlab chiqaruvchisi haqida ommabop
degan tasavvur shakllangan bo’lsa, uning eksklyuziv ekanligini ko’rsatish lozim.
Smoking kiygan slesar bu – bir qarashda tuyulgani kabi unchalik ahmoqona emas,
agarda sotuvchining nufuzi mijozni siqib qo’ymasa.
Bunda xarajatlar o’zini oqlaydigan mijozlarni jalb qilish xarajatlari va foyda
bo’yicha, dasturlashtirilgan darajani muayyan mijozlar bilan ishlash uchun resurslar
taqsimlash amaldagi darajasi bilan taqqoslaganda bitimlar qiymati va yo’qotishlar
darajasi bo’yicha to’g’ridan-to’g’ri marketing samaradorligi monitoring qilinishi
zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |