Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B


 Reklama agentliklari va ularning funksiyalari



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/272
Sana31.12.2021
Hajmi3,26 Mb.
#207540
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   272
Bog'liq
1502-Текст статьи-4094-1-10-20200627

 

6.5. Reklama agentliklari va ularning funksiyalari 

Reklama  faoliyatini  uning butun ko’lamida rasionallashtirishning asosiy shart-

sharoitlari  reklama  xabarlarini  uslubiy  va  rejali  tayyorlash  va  ulardan  reklama 

jarayonining barcha bosqichlarida foydalanish hisoblanadi. 

Reklama agentliklari tashkil qilish reklama faoliyati samaradorligini oshirishga 

xizmat qilib,  ular  yuqori  professional  darajada  ishlaydilar,  moliyaviy  mablag’lardan 

oqilonaroq  foydalanadilar  va  reklama  sifatining  yuqori  bo’lishini  ta’minlaydilar. 

Reklama  agentliklari  kompleksli  bozor  tadqiqotlari  o’tkazib,  bozor  kon’yunkturasini 

baholaydilar,  ular  olinayotgan  axborotlarni  tez  va  aniq  qayta  ishlashga  imkon 

beradigan hisoblash texnikasi bilan jihozlanadi. 

Reklama  agentliklarining  xalq  xo’jaligidagi  o’rni  va  ularning  iqtisodiyotdagi 

ijobiy roli ularning ixtisoslashuvi bilan belgilanadi. 

Reklama  agentliklari  savdo  va  ishlab  chiqarish  o’rtasida  malakali  koordinator 

bo’lgani  holda  ijobiy  rol  o’ynaydi,  iste’molchilar  va  butun  jamiyat  manfaatlarida 

rasional taklifga yordamlashadi  va aksincha, norasional  yoki bevaqt takliflar hajmini 

chegaralaydi. 

Reklama jarayonini amalga oshirishda quyidagi sub’ektlar ishtirok etadi: 

1.  Reklama  beruvchi  –  reklamani  ishlab  chiqarish,  joylashtirish  va  kelgusida 

tarqatish  uchun  reklama  axboroti  manbasi  sanalgan  yuridik  yoki  jismoniy  shaxs. 

Reklama  beruvchi  rolida  berilgan  buyurtmaga  muvofiq  reklama  uchun  pul 

to’laydigan istalgan savdo yoki ishlab chiqarish firmasi, bank, investision kompaniya, 

xususiy tadbirkor ishtirok etishi mumkin. 

Reklama beruvchining asosiy funksiyalari: 

• reklama ob’ektini aniqlash; 

•  tanlangan  ob’ektni  reklama  qilish  xususiyatlarini  aniqlash  (reklama  turi, 



 

115 


tayyorlanadigan reklama materiallari); 

• reklama xarajatlarini rejalashtirish; 

•  boshlang’ich  materiallar  tayyorlash  va  ularni  reklama  agentligiga  berish: 

iste’molchilar  maqsadli  guruhlarini  hisobga  olgan  holda  reklama  maqsadlari  va 

vazifalarini  ifodalash,  reklama  qilinayotgan  ob’ektning  asosiy  ustunliklari  va 

xususiyatlariga e’tibor qaratgan holda boshlang’ich  matnlar tayyorlash, imkon qadar 

tovar namunasini taqdim etish; 

•  ikkinchi  tomon  –  reklama  agentligi  bilan  reklama  materiallari  yaratish  va 

OAVda  reklamani  joylashtirish,  turli  reklama  tadbirlari  o’tkazish  haqida  shartnoma 

tayyorlash; 

• reklama materiallari yaratish davomida reklama ijrochisiga yordam berish; 

•  yaratilgan  reklama  vositalari  eskizlari,  matnlari,  ssenariylari  va  reklama 

mahsuloti original nusxalarini tasdiqlash; 

• bajarilgan ishlar uchun pul to’lash. 

2.  Reklama  ishlab  chiqaruvchi  –  reklama  axborotini  tarqatish  uchun  tayyor 

shaklga  keltirishni  to’liq  yoki  qisman  amalga  oshiradigan  yuridik  yoki  jismoniy 

shaxs. 

3.  Reklama  tarqatuvchi  –  reklama  axborotini  radio  va  televidenie  texnik 

vositalari,  jumladan,  aloqa  kanallari,  efir  vaqti  va  boshqa  usullar  orqali  joylashtirish 

va (yoki) tarqatishni amalga oshiradigan yuridik yoki jismoniy shaxs. 

Mamlakat  bozorida  asosiy  reklama  ishlab  chiqaruvchilar  va  reklama 

tarqatuvchilar  sifatida  ishtirok  etadigan  reklama  agentliklarini  shartli  ravishda  to’liq 

xizmatlar  sikliga  ega  reklama  agentliklari  va  faqat  ayrim  xizmatlar  turlarini 

ko’rsatishga ixtisoslashgan agentliklarga ajratish mumkin. 

Birinchi  guruhga  tadqiqotlar,  rejalashtirish,  ijodiy  faoliyat,  reklama  vositalari 

ishlab  chiqarish,  shuningdek,  reklama  xarakteriga  ega  bo’lmagan  xizmatlar:  pablik 

rileyshnz  ta’minlash,  tovar  o’rovini  ishlab  chiqish,  ko’rgazma-savdolar,  taqimotlar 

tashkil qilish va h.k.ni amalga oshiruvchi agentliklar kiradi. 

Reklama  jarayoni  qatnashchilari  sifatida  reklama  agentliklari  quyidagi  asosiy 

funksiyalarni bajaradi: 




 

116 


•  OAVda  buyurtmalar  joylashtirib,  ularning  bajarilishini  nazorat  qilgan  holda 

OAV bilan o’zaro munosabatlarni amalga oshiradi; 

•  reklama  beruvchilardan  olingan  buyurtmalar  asosida  reklama  mahsuloti 

yaratadi, ijodiy va texnik mutaxassislar salohiyatidan foydalanib kompleksli reklama 

kampaniyalari va boshqa reklama tadbirlari rejalarini ishlab chiqadi; 

• reklama beruvchilar va OAV bilan hisob-kitoblarni amalga oshiradi; 

•  bosmaxona,  studiya,  reklama  kombinatlari,  shtatdan  tashqari  mutaxassislar 

bilan hamkorlik qiladi. 

Keng doiradagi reklama xizmatlarini bajaruvchi yirik reklama agentliklari turli 

mutaxassislarni  ma’lum  bir  bo’limlarga  birlashtirishga  ehtiyoj  sezadi.  Ular  o’zining 

ijodiy-ishlab  chiqarish  bazasiga  ega  bo’lishi  ham,  shtatdan  tashqari  yuqori  malakali 

ijodiy  xodimlardan  foydalanishi  ham  mumkin.  Bularning  ikkinchisi  ko’p  sonli 

bo’linmalar strukturasiga ega bo’lgan kichikroq reklama agentliklari uchun maqsadga 

muvofiqdir. Odatda bo’lim faoliyati belgilangan funksiyani bajarishga qaratiladi. 




Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish