Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B


 Reklama tarqatish vositalarini tanlash



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/272
Sana31.12.2021
Hajmi3,26 Mb.
#207540
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   272
Bog'liq
1502-Текст статьи-4094-1-10-20200627

 

6.4. Reklama tarqatish vositalarini tanlash 

Tovarlar  va  xizmatlar  reklamasini  joylashtirishda  har  bir  reklama  beruvchi 

avvalo  gazeta,  jurnal,  radio,  televidenie,  tashqri  reklama  vositalari,  transportdagi 

reklama,  to’g’ridan-to’g’ri  pochta  orqali  reklama  va  h.k.  orasidan  zarur  reklama 

vositalarini  tanlab  oladi.  Bu  yerda  qandaydir  umume’tirof  etilgan  qoidalar  deyarli 

yo’q,  chunki  har  bir  reklama  vositasiga  o’ziga  xos  xususiyatlar  xos  bo’lib,  ularning 




 

112 


har  biri  o’z  navbatida,  boshqasidan  farq  qiladi.  Xamma  vaziyatlar  uchun  yaroqli 

bo’lgan  bironta  «eng  yaxshi»  vosita  mavjud  emas.  Shu  sababli  qarorni  muayyan 

talablar, muayyan vaziyatdan kelib chiqib qabul qilinishi lozim. 

Reklama  vositalarini  tanlashning  muhimligi  haqida  shu  ham  dalolat  beradiki, 

reklamaga  sarflanadigan  mablag’larning  80%i  reklama  tarqatish  vositalariga 

to’lanadi. 

Reklama  vositasini  tanlashda  to’rtta  savolga  javob  berish  maqsadga  muvofiq: 

1)  kimni  qamrab  olish  kerak?  2)  ular  qaerda  joylagan?  3)  reklama  murojaati  nimani 

ifodalaydi? 4) e’lonni qachon joylashtirish kerak? 

Reklama  bilan  kimni  qamrab  olish  kerak  degan  savolning  javobi  maqsadli 

potensial xaridorlarni aniq bilishni talab qiladi. Bironta tovar, bironta xizmat hamma 

tomonidan  birdaniga  va  bir  xil  tarzda  foydalanilmaydi.  Ayrim  kishilar  boshqalardan 

ko’ra  ko’proq  potensial  iste’molchilar  hisoblanadi.  Shuning  uchun  reklama 

beruvchining  o’zi  yoki  reklama  agentligi  xodimi  bozorni  segmentlaydi,  ya’ni 

demografiya,  ijtimoiy  ahvol,  turmush  tarzi,  tovardan  foydalanish  darajasi  va  h.k. 

nuqtai-nazaridan eng ehtimoliy potensial xaridorlarni tanlaydi va tavsiflaydi. So’ngra 

maqsadli  bozor  talablariga  eng  to’liq  javob  beradigan  va  eng  ko’p  sonli  potensial 

xaridorlarni qamrab oladigan reklama vositalari tanlab olinadi. 

Reklamani  potensial  xaridorlarning  ko’pchiligi  joylashgan  joylarda  berish 

zarur, muayyan nashrda chop etish uchun mo’ljallangan e’lon esa uning o’quvchilari 

uchun  tushunarli  bo’lgan  tilda  yozilgan  bo’lishi  lozim.  Qachon  reklama  qilish 

masalasini  hal  qilishda  gap  yil  fasllari,  oy,  hafta,  kun,  soat,  daqiqalar  haqida  borishi 

mumkin. Bosma nashrlarning chiqish davriyligi (kundalik gazetalar, haftalik va oylik 

jurnallar)  hamda  televidenie  va  radioda  vaqt  kesimlarining  o’ziga  xos  tasniflanishi 

reklama beruvchilarga reklama  xabarlari ko’riladigan, o’qiladigan yoki eshitiladigan 

vaqtni aniq tanlash imkoniyatini taqdim etadi. 

Hozirgi paytda reklama beruvchilar va reklama agentliklar tomonidan reklama 

dasturlarini  amalga  oshirish  doirasida  reklama  kampaniyalari  o’tkazishda 

foydalaniladigan reklama vositalari xilma-xilligi kuzatilmoqda. 

Tanlov reklama beruvchi bo’lgan muayyan vaziyatga bog’liq bo’ladi. Masalan, 




 

113 


yaqqol  ajralib  turadigan  o’rovdagi  tovar  (kosmetik  tovarlar)  uchun  jurnallar  va 

televidenie kabi reklama vositalaridan foydalanish talab qilinishi mumkin. 




Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish