7.4. Tarmoq marketingi
To’g’ridan-to’g’ri marketingning eng zamonaviy va tez rivojlanayotgan shakli
kompyuter tarmoqlaridan foydalanish va elektron savdo kabi tushuncha bilan bog’liq.
Interaktiv marketing tezkor rejimda axborot xizmatlari taqdim etuvchi
interaktiv kompyuter xizmatlari yordamida amalga oshiriladi. Tezkor marketing
uchun sotuvchi va xaridor o’rtasida ikki taraflama elektron aloqani ta’minlaydigan
tizimlar foydalaniladi. Xaridor kompyuterini (yoki televizor asosidagi Web-
mashinalarni) turli xizmatlar bilan bog’lash modem va telefon liniyalari vositasida
ta’minlanadi. Interaktiv marketingning ikki xil kanal turalri mavjud: tijorat tezkor
axborot xizmatlari va Internet.
Interaktiv marketing va elektron savdo
To’g’ridan-to’g’ri marketingning eng zamonaviy va tez rivojlanayotgan shakli
kompyuter tarmoqlaridan foydalanish va elektron savdo tushunchasi bilan bog’liq.
Tijorat tezkor axborot xizmatlari o’z abonentlariga onlayn rejimida belgilangan
oylik to’lovlar evaziga marketing xizmatlari va axborot taqdim etadi.
Bunday xizmatlarning eng mashhurlari America Online, CompuServe va
Prodigy hisoblanadi (abonentlar soni mos ravishda 8 million, 2,5 million va bir
million kishi).
Bu tijorat tezkor axborot xizmatlari o’z abonentlariga zarur axborot taqdim
etadi (yangiliklar, kutubxonalar, ta’lim, sayohatlar, sport, ma’lumotnomalar), ularga
dam olish (o’yinlar va boshqalar) va savdo xizmatlarini ta’minlaydi, abonentlar
o’rtasida suhbat tashkillashtiradi (elektron e’lon taxtalari, forumlar, suhbat uchun
xonalar) va elektron pochta xizmatlari taqdim etadi. Uy kompyuterida sichqoncha
tugmasini bir necha marta bosib, bu xizmatlar abonentlari mos keluvchi kataloglar
bo’yicha xilma-xil mahsulot va xizmatlarga buyurtma berishi mumkin. Bundan
tashqari, ular mahalliy banklarda turli bank operasiyalarini bajarishi, xilma-xil
brokerlik idoralari yordamida investision faoliyat bilan shug’ullanishi,
153
aviachiptalarga buyurtma berishi, mehonxonalarda joy buyurtma berishi, ijaraga
avtomobil buyurtma qilishi, kompyuter o’yinlarini o’ynashi, turli viktorina va
konkurslarda ishtirok etishi, turli tovarlar va xizmatlarning iste’mol reytinglari haqida
ma’lumotnomalar olishi, sport musobaqalarining natijalarini bilib olishi va sport
statistikasi bilan tanishishi, ob-havo bashoratini bilib olishi va xizmatning boshqa
abonentalri bilan elektron pochta xabarlari almashishi mumkin.
O’tgan asrning 90-yillaridagi jadal rivojlanish davridan so’ng tijorat tezkor
axborot xizmatalri interaktiv marketingning bosh kanali sifatida Internet tomonidan
kuchl raqobatni his qila boshladi.
Boshqa tomondan, tezkor axborot xizmatlarining o’zi hozirda internetni
o’zlarining asosiy xizmat turlaridan biri sifatida taqdim etmoqda. Internet –
kompyuter tarmoqlari jadal rivojlanayotgan global «o’rgimchak to’ri»dir. Internet
tarixi o’tgan asrning 60-yillariga borib taqaladi. O’shanda AQSh Mudofaa vazirligi
loyihalaridan biri bo’yicha barcha davlat ilmiy-tadqiqotchilik institutlari, pudratchi
korxonalar va harbiy ob’ektlarni umumiy kompyuter tarmog’iga bog’lash ko’zda
tutilgan.
Hozirgi kunda hamma uchun ochiq bo’lgan ushbu ulkan kompyuter tarmog’i
butun dunyoning kompyuterdan foydalanuvchilarii bog’lab turadi (bunda kompyuter
turi hech qanday ahamiyatga ega emas). Har qanday shaxsiy kompyuter, modem va
mos keluvchi dasturiy ta’minot egasi internet orqali o’ziga zarur bo’lgan axborot
(bunda mavzular umuman cheklanmaydi) izlashi va uni o’z kompyuteriga yuklab
olishi mumkin. Bundan tashqari u internetga ulanish imkoniga ega bo’lgan boshqa
odamlar bilan muloqot qilish mumkin.
Internetdan keng foydalanish World Wide Webga ulanish uchun qulay standart
va Netscape Navigator, Microsoft Internet Explorer va Mosaic kabi Web-brouzer
dasturiy ta’minoti ishlab chiqish bilan rag’batlantirilgan. Web-brouzerlar shu qadar
oddiy va ishlash uchun qulayki, hatto birinchi marta ko’rganlar ham Web makoni
bo’ylab harakat qilishda hech qiyinchilik sezmaydi. Web foydalanuvchilari elektron
pochta xabarlari, grafik tasvirlar almashinishi, elektron xaridlarni amalga oshirishi,
eng so’nggi yangiliklar, oshpazlar reseptlari, tasviriy san’at asarlari va ishbilarmonlik
154
axborotlari bilan tanishishi mumkin. garchi har bir alohida foydalanuvchi, qoidaga
ko’ra, tijorat provayderlariga internetga ulanishni ta’minlaganlik uchun ma’lum
miqdorda pul to’lashiga to’g’ri kelsada, umuman olganda Internet bepul tarmoq
hisoblanadi.
Interaktiv marketingning jadal rivojlanishi
Oxirgi yillarda bir nechta yirik Internet marketing tizimlari abonentlar sonining
juda ko’pligi, o’ta sust foydalanish yoki xaridni amalga oshirish jarayonlari bu
tizimlardan foydalanuvchilar uchun juda chalkash va murakkab bo’lib ko’ringani
uchun
tovarlar
xarid
qilishning
odatiy
usullariga
qaytgani
tufayli
muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Ilk tezkor axborot va elektron xarid xizmatlari AQShda
paydo bo’lgan. Nesmotrya na to, chto ispolzovanie Internetdan foydalanish va
interaktiv marketing hozircha shakllanish bosqichida ekanligia sababli ularning
rivojlanishi jo’shqin, shiddatli xarakterga ega. Yaqinda o’tkazilgan tadqiqotga ko’ra,
16 yosh va undan katta bo’lgan AQSh va Kanada aholisining 78%i Internet
xizmatlaridan foydalangan. Bundan tashqari, katta yoshdagi aholining 26%i America
Online va CompuServe kabi tijorat tezkor axborot xizmatlari taqdim etadigan turli
xizmatlardan foydalanadi. Hozirgi paytda sayyoramizda taxminan 2,4 mlrd kishi
internet foydalanuvchilari hisoblanadi. 1-rasmda dunyoning yetakchi mamlakatlarida
internetdan foydalanish ko’lami aks ettirilgan. Mutaxassislarning bergan baholariga
ko’ra, katta yoshdagi Rossiya aholisining 49%i (bu 57,1 mln kishi) har kuni
Internetdan foydalanadi. Ayrim tahlilchilarning fikriga ko’ra, 2020 yilga kelib dunyo
miqyosida 26 mlrd qurilma internetga ulanish imkoniga ega bo’ladi va 6,1 mlrd
abonent smartfonlar orqali internetdan foydalanadi. Bu mobil internetning jadal
rivojlanishiga sababchi bo’lib, besh yildan so’ng sayyoramiz hududining 90%i unga
ulangan bo’ladi
Jahon interaktiv marketingi ulushining asosiy qismi AQShga to’g’ri kelishi,
Internet esa hali tovarlarni bozor tomon harakatlantirshining asosiy vositasiga
aylanishga ulgurmaganiga qaramay, yevropalik ishlab chiqaruvchilar bu yangi
texnologiyalarga e’tibor qaratmasligi mumkin emas. Internetdan foydalanuvchilar
turli sabablarga ko’ra: bekorchilikdan, tomosha qilish uchun, yangiliklardan xabar
155
topish, amaliy ehtiyojlar (o’qish va ishda foydalanish) maqsadida internetga tashrif
buyuradi.
Shunday qilib, elektron xaridlar internet tarmog’idagi yagona va asosiy
muloqot maqsadi sanalmaydi. Biroq vaqt o’tishi bilan Internet yordamida xorij
bozorlarida iste’molchilarga tovar va xizmatlar taqdim etish uchun tobora ko’plab
imkoniyatlar ochiladi. Masalan, kitob savdosi bilan shug’ullanuvchi Amazon.com
internet magazini sotuv hajmining 27%i xorij mamlakatlariga – ko’pincha ularni
qiziqtiradigan kitobni xarid qilishning boshqa imkoniyatini topa olmaydigan
xaridorlarga to’g’ri keladi. Yevropada birinchi «interaktiv radiostansiya» loyihasini
amalga oshirgan Virgin Radio ushbu radiostansiyaning veb-uzeliga murojaat qilgan
internet foydalanuvchilari kompyuterlari orqali to’g’ridan-to’g’ri yangrab turadi. Bu
xizmat (www.virginradio. co. uk) butun dunyo bo’ylab istalgan Internet
foydalanuvchilari uchun ochiqdir. Unda qo’llanadigan zamonaviy RealAudio
dasturiy ta’minoti barcha Internet foydalanuvchilariga Virgin Radio veb-uzelidan
bepul axborot «yuklash» imkonini beradi.
Bundan 40 yil oldin televidenie marketingda haqiqiy inqilob qilgani kabi,
internetdan foydalanuvchilarning shiddatli o’sishi elektron savdo asri boshlanganidan
darak berdi. Elektron savdo – elektron texnologiyalar yordamida qo’llab-
quvvatlanadigan oldi-sotdi jarayonlarini anglatadigan umumiy atamadir. Elektron
bozorlar bu – yangi elektron texnologiyalardan foydalangan holda sotuvchilar o’z
tovar va xizmatlarini taklif etadigan, xaridorlar esa – ularni qiziqtiradigan axborotni
izlab topadigan, ularga aynan nima kerakligini aniqlashtiradigan va buyurtmalarni
kredit kartalari yoki boshqa elektron to’lov vositalari yordamida joylashtiradigan
«savdo zallari»dir. Masalan, fotoreporter diametri 35 mm bo’lgan fotokamera xarid
qilish istagida. U o’z kompyuterini yoqib, Shopper's Advantage veb-uzeliga murojaat
qiladi, tovar nomi degan joyda "fotoapparat" so’zi ustiga sichqonchaning o’ng
tugmasini bosadi, so’ngra "fotoapparat 35 mm" so’zi ustiga tugmachani bosgach,
uning kompyuteri ekranida sotuvda bo’lgan fotoapparat modellari ro’yxati bu
modellarning har biri bo’yicha batafsil ma’lumotlar bilan birgalikda paydo bo’ladi.
Bundan tashqari, xaridor o’z ekranida uni qiziqtiradigan fotoapparat modelining
156
rasmi va mutaxassislar sharhini olishi mumkin. To’g’ri keladigan modelni tanlab,
kredit kartasi raqami, manzili va tovar yetkazib berish usulini ko’rsatgan holda
xaridor buyurtmani joylashtiradi.
Qanchalik ko’p kompaniyalar yangi elektron texnologiyalarning keng
imkoniyatlarini tan olishga tayyor bo’lsa, elektron savdo tushunchasini amaliyotda
shunchalik ko’p uchratish mumkin bo’ladi. Yaqinda o’tkazilgan tadqiqotlarga ko’ra,
jami Internetdan foydalanuvchilarning 59%dan ortig’i Internetda ularni qiziqtiradigan
tovar va xizmatlar haqida axborotga duch kelgan. Internetdan foydalanuvchilarning
25%dan ortig’i Internet orqali xaridlarni amalga oshirgan va ularning soni tobora
o’sib bormoqda. Elektron savdoni rivojlantirish bo’yicha ilk harakatlar
foydalanuvchilar tomonidan ishonchsizlikka va ularning bunday bitimlardan
xavfsirashiga uchragan (ko’pchilik firibgarlardan, tovarning yo’qotilishidan,
shuningdek, sifatsiz va shikastlangan holadgi tovarlar yetkazib berilishidan
xavfsiragan). Biroq elektron savdoning rivojlanishi bilan iste’molchilar tomonidan
ishonch darajasi ham o’smoqda, bu birinchi navbatda elektron savdo texnologiyalari,
standartlari va xizmatlar ro’yxati rivojlanishi bilan bog’liq. Hozirgi paytda XXI asrda
elektron savdo asosiy savdo texnologiyasiga aylanadi deb aytish uchun barcha asoslar
mavjud.
Normal kishi odatiy internetdan foydalanuvchini tasavvur qilib ko’rganda
uning ko’z oldida oddiy kishilar tushunmaydigan tilda gaplashadigan, sochlari
to’zg’ib ketgan va ko’zlari uyqusizlikdan qizarib ketgan kompyuter manyaki
gavdalanadi. Boshqalar esa bunda yuqori malakali yosh mutaxassislarni tasavvur
qiladi. Bu stereotiplar bugungi kunda eskirib qolganiga qaramay, "naselenie" stranы
pod nazvaniem Internet nomi ostidagi mamlakat «aholisi» – demografik nuqtai
nazardan – ko’plab davlatlar aholisidan farq qiladi.
Umuman olganda, Internetdan dlanuvchilar qaysidir ma’noda «saralanganlar»
guruhini ifodalaydi. Bu ancha yosh, ma’lumotli va ta’minlangan kishilar bo’lib,
ularning asosiy qismini erkaklar tashkil qiladi. Biroq internetga qanchalik ko’p
kishilar jalb qilinsa, ularning demografik tarkibi sayyoramiz aholisi uchun xos
bo’lgan ko’rinishga shunchalik yaqinlashadi (hech bo’lmaganda, rivojlangan
157
mamlakatlar uchun). Internetning rivojlanishi bilan tovar ishlab chiqaruvchilarning
tobora kengroq demografik segmentlar doirasi bilan ishlashi uchun imkoniyat
ta’minlanadi. Masalan, oxirgi ikki yil ichida Internet «aholisi»ning ayollar qismi
qariyb ikki baravar ko’paydi va hozirda 41%ni tashkil qilmoqda. Garchi Internetdan
foydalanuvchilarning katta qismini professionallar va menejerlar tashkil qilsada,
ularning nisbiy soni «havaskorlar» ommasining kengayishi hisobiga tobora
qisqarmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |