Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/272
Sana31.12.2021
Hajmi3,26 Mb.
#207540
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   272
Bog'liq
1502-Текст статьи-4094-1-10-20200627

 

9.2. Mediarejalashtirish  

Kommunikasion  ta’sir  vositalarini  tanlash  menejerlardan  mediarejalashtirish 

ko’ikmalarini,  kommunikatsiya  vositalari  va  vaqtini  kombinasiyalash  mahoratini, 

axborot  tarqatish  maqsadlari  qo’yishni,  maqsadli  bozor  imkoniyatlarini  baholashni, 




 

172 


mavjud  moliyaviy  resurslar  doirasida  kommunikasion  ta’sir  jadvali  ishlab  chiqishni 

talab etadi. 

Mediarejalashtirishga ishonchlilik, o’z vaqtidalik, sermazmunlik, komplekslilik 

va  bir  vaqtning  o’zida  qo’yilgan  vazifalarga  erishish  mumkinligini  ta’minlash 

borasida qator majburiy talablar qo’yiladi. 

Mediarejaga bo’limlar sifatida quyidagilarni kiritish maqsadga muvofiq: asosiy 

marketing  strategiyalari  va  maqsadlari,  ta’sir  ko’rsatiladigan  muloqot  doirasini 

tanlash,  reklama  va  bozor  marketing  tahlili,  mediastrategiya,  reklama  ta’siri  jadvali, 

uni baholash va nazorat qilish. 

Mediarejalashtirish jarayonida taktik  kommunikatsiya  harakatlari  va strategiya 

shakllantirish  asosi  hisoblanadi.  Mediastrategiya  muloqot  doirasining  xohish-

istaklariga  muvofiq  reklama  vositalarini  tanlash,  ijodiy  va  kommunikativ  tarkibiy 

qismlarni belgilash, samarali ta’sir ko’rsatish davrini o’z ichiga oladi. 

Ilgari  surish  maqsadini  tanlash  ta’sir  etish  ob’ekti  va  tarqatish  vositalariga 

bog’liq  bo’lib,  sotishga  bilvosita  yoki  bevosita  ta’sir  etuvchi,  tovarni  xarid  qilish 

haqida  qaror  qabul  qilishni  yaqinlashtiruvchi  barcha  omillarni  hisobga  olishi  kerak. 

Butun  sotish  zanjiri  bo’yicha  ulkan  xarajatlar  taklif  etilayotgan  tovar  ustunliklari,  u 

haqida  xabardor  qilish,  xaridga  undashi  va  bir  necha  marta  xarid  qilishga 

yo’naltirilishi lozim. 

Bozorni  tahlil  qilish  natijalari  bo’yicha  reklama  beruvchi  reklama  tufayli 

xaridor  kuchli  yoki  kuchsiz  jalb  qilingan  holda  xarid  haqida  qaror  qabul  qilishini 

tushunishi  lozim.  Iste’molchi  tovar  markasini  qanchalik  kam  bo’lsa  va  unga 

qanchalik  ko’p  qiziqsa,  xarid  haqida  qaror  qabul  qilish  uning  uun  shunchalik  ko’p 

riskli bo’ladi. U xarid qilishga moyil bo’lganda reklama beruvchi uchun ijobiy qaror 

qabul  qilish  kam  sonli  variantlar  bilan  va  osonroq  erishiladi.  Shu  sababli  ta’sir 

ko’rsatiladigan  muloqot  doirasi,  masalan,  aholining  og’izdagi  yoqimsiz  hidni 

ketkazish,  kariesnning  oldini  olish  maqsadida  yoki  do’stlari  davrasida  bu  narsa 

odatga  aylangani  uchungina  saqich  xarid  qiladigan  qismi  o’rganiladi.  Sabablar  soni 

juda  ko’p  bo’lishi  mumkin,  ular  diqqat  bilan  tadqiq  qilinadi  va  muhimlik  darajasi 

bo’yicha ranglarga ajratiladi. 

Marketologni ko’p hollarda so’rov natijalarini noto’g’ri talqin qilish xavfi kutib 

turadi.  Odamlar  o’zini  bo’rttirib  ko’rsatishi  mumkin.  Respondentlarning  ko’pchiligi 




 

173 


yangi  va  xilma-xil  mahsulotlar  xarid  qilishni  sidqidildan  yaxshi  ko’rishini,  eng 

avvalo,  mahsulot  sifatiga  e’tibor  qaratishini  aytadi,  haqiqatda  esa  xaridlarning  katta 

qismini tovarlar narxi arzonlashtirligan magazinlarda amalga oshiradi. 

Biщ  vrachlarning  ovqatlanish  rasionida  yog’larni  kamaytirish  va  kletchatka 

tarkibi  yuqori  bo’lgan  non  mahsulotlari  iste’moli  ulushini  oshirish  bo’yicha 

tavsiflarini ijobiy qabul qilamiz, lekin baribir oq non va shirin pishiriqlar, qaymoq va 

sariyog’  iste’mol  qilishni  davom  ettiramiz.  Ta’m  va  lazzat  iste’molchi  ongiga 

yopishib  olib,  uning  xulq-atvorini  buzib  ko’rsatadi.  Masalan,  yoshlar  uchun  foydali 

emas, urf bo’lgan narsalar muhimroq sanaladi.  

9.2-rasmdan  ko’rinib  turibdiki,  kommunikatsiya  tadbirlarini  rejalashtirishda 

uchta asosiy yo’nalishni ajratib ko’rsatish mumkin: 

1) tovar bozori maqsadlarini belilash va muayyanlashtirish; 

2) rejalashtirilgan  chora-tadbirlar  o’tkazish  strategiya  va  taktikasini  ishlab 

chiqish; 

3) kommunikatsiya vositalari imkoniyatlarini tanlash va amalga oshirish. 

Ko’rib  chiqilayotgan  chora-tadbirlarni  rejalashtirish  zanjirida  vaziyat  tahlili 

mavjud  axborotlarni  umumlashtirish  uchun  zarur.  U  tadbirkorni  qiziqtirayotgan 

vaziyatni aniqlashtirishga imkon beradi va talab hajmi va tabiati, raqobat, atrof-muhit 

omillari,  mahsulot,  xarajatlar,  taqsimot  tizimi,  korxona  imkoniyatlari  haqida  ko’p 

sonli savollarga javob topishni qamrab oladi. 

Tovarni  tadqiq  etish  uning  qo’llanishini,  foydalaniladigan  o’rovini,  sifat  va 

narxini,  tovar  markasi  imidjini  baholashni  nazarda  tutadi.  ishlab  chiqarish 

madaniyati,  resurslar,  korporativ  maqsadlar,  hayotiylik  davri,  joylashtirish  va 

boshqalardan farqlab turadigan tavsifnomalarni baholash zarur. 

Bozorni  tadqiq  etish  iste’molchining  demografik  va  psixografik 

tavsifnomalarini  ta’riflash,  kim,  qachon,  qaerda  va  qanday  qilib  tovar  oladi,  xarid 

haqida  qaror  qabul  qilishdan  oldin  nimalar  qilinadi  degan  savollarga  javob  olishni 

nazarda tutadi. 

Raqobatchilarni  tahlil  qilish  bozor  ulushi,  tovar  tavsifnomalari,  reklama  ta’siri 

jadvali va strategiyasini kuzatishni taqozo etadi. 

SWOT-tahlil  o’tkazish  tadbirkorni  kutib  turgan  afzalliklar  va  imkoniyatlarni, 

kamchiliklar va xavf-xatarlarni, ichki va tashqi omillarni aniqlashga imkon beradi. 




 

174 


 

 

 



 

 


Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish