Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/193
Sana18.03.2023
Hajmi2,35 Mb.
#920270
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   193
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Shar

18.3. Raqobatchilik strategiyasi 
F. Kotler firmaning bozordagi ulushidan kelib chiqqan holda raqobatchilik 
strategiyasini 4 ta turga ajratib ko‘rsatadi: 
1. Lider strategiyasi. 
2. “Kurashga chaqiruvchi” strategiya. 
3. “Lider orqasidan boruvchi” strategiya. 
4. Mutaxassis strategiyasi. 
Odatda lider bu asosiy bozorni rivojlantirishga katta hissa qo‘shuvchi firmadir. 
Liderning javobgarligini aniqlovchi eng tabiiy strategiya bo‘lib, yangi iste’molchilarni 
egallashga, mavjud tovarlarni qo‘llashda yangi tashviqotga yoki tovarlarni bir marta 
iste’molini o‘stirishga yo‘naltirilgan global talabni kengaytirish strategiyasi bo‘lib 
hisoblanadi. 
Mudofaa strategiyasi - bu bozor liderining strategiyasi bo‘lib, u orqali korxona 
bozorda raqobat kurashida qo‘lga kiritgan yutuqlarini, pozitsiyalarini (masalan, 
bozorda katta ulushni saqlab qolish, mahsulot markasini obro‘sini ko‘tarish, tovar 
harakati kanallarini ustidan nazoratni saqlab qolish)ga intiladi. 
Mudofaa strategiyasi - bu bozor sardori tomonidan o‘zining biznesini 
raqobatchilar tajovuzidan doimo him oya qilish maqsadida tanlanadigan strategiyadir. 
Mudofaa strategiyasining quyidagi turlari mavjuddir: pozitsiyali mudofaa, qanot 
mudofaasi, mudofaa qayta hujumga o‘tish yo‘li bilan, mobil mudofaa va qisilib 
klayotgan mudofaa. 
Hujum strategiyasini qo‘llash natijasida firma bozorda o‘z ulushini oshirishga 
harakat qiladi. Bundan maqsad tajriba samarasini keng ishlatish hisobiga rentabellikni 
oshirishdan iboratdir. 
Demarketing strategiyasi esa bozor liderining to‘rtinchi strategiyasi bo‘lib, lider 
firma monopolizmda ayblanishdan qochish uchun bozordagi o‘z ulushini qisqartirishni 


359 
ko‘rib chiqishi mumkin. Unga erishish yo‘llarini bittasi ko‘rsatilayotgan hizmatlarni, 
reklama va talabni rag‘batlantirish maqsadida qisqartirish, ayrim segmentlarda narxni 
oshirish hisobiga talab darajasini pasaytirish maqsadida demarketing tamoyillarini 
qo‘llash hisoblanadi. 
“Kurashga chaqiruvchi” strategiyasining maqsadi - lider o‘rnini egallashdir. Bu 
erda 2 ta muammo muhim hisoblanadi: 
1. Liderga hujum qilish uchun vaziyatni tanlash. 
2. Uning imkoniyatlarini va himoyasini baholash. 
Vaziyatni tanlashda front bo‘yicha hujum yoki qanot hujumi muqobillari hisobga 
olinadi. 
Hujum strategiyasi - bu raqobat strategiyasi bo‘lib, u bozor da’vogari tomonidan 
sotuv bozorlarini egallash kurashida qo‘llaniladi. 
Front bo‘yicha hujum - bu raqobatchi korxonaning kuchsiz tomonlaridan kura 
kuchli tomonlaridan ustun kelish bo‘yicha faol harakatlar orqali uning pozitsiyasiga ( 
mahsulotlar, reklama, narxlar va boshqalar bo‘yicha) hujum qilish tushuniladi. Uni 
amalga oshirish uchun korxona raqobatchiga nisbatan ko‘p resurslarga ega bo‘lishi 
hamda uzoq muddatli “jang harakatlari”ni olib borish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. 
Qanot hujumi - Bu raqobatchilar faoliyatini kuchsiz joylariga yo‘naltirilgan 
bo‘lib, bu joylarda ustunlikka erishish uchun asosiy kuchlar tashlanadi; u shunga 
asoslanganki raqobatchi ko‘pincha o‘z resurslarining eng kuchli pozitsiyalarini saqlab 
qolish uchun yo‘naltiradi, masalan sifati bo‘yicha sardorlik (liderlik) pozitsiyasini 
saqlab turishi mumkin, ayni vaqtda esa o‘z faoliyatida kuchsiz joylarga ega bo‘lishi 
mumkin, masalan vositachilar bilan ishlashga uncha ahamit berishmaydi. Ushbu 
strategiya bozor da’vogari raqobatchiga nisbatan kam resurslarga ega bo‘lsa yaxshi 
natija berishi mumkin. U ko‘pincha raqobatchilarga qarshi kutilmaganda ishlatiladi. 
O‘rab olish orqali hujum - bu raqobatchini barcha pozitsiyalarga birdaniga hujum 
qilinib, uni bir vaqtning o‘zida hamma yo‘nalishdar bo‘yicha mudofaa olib borishga 
majbur etadi; bu esa bozor da’vogari juda katta resurslarga ega bo‘lganda qo‘llaniladi 
hamda qisqa vaqt ichida raqobatchini bozordagi pozitsiyasini emirilishiga imkoniyat 
yaratadi. U Kuyidagi variantlarida amalga oshirishi mumkin, ya’ni mahsulot 


360 
modifikatsiyasi (turlari) sonini ancha ko‘paytirib, raqobatchi harakat qilayotgan barcha 
bozorlarda o‘z mahsulotini sotishi. 
Chetlab o‘tish hujumi - bu tug‘ridag-to‘g‘ri bo‘lmagan hujum turi bo‘lib, 
ko‘pincha quyidagi yo‘nalishlardan birida amalga oshiriladi: ushbu korxona uchun 
mutlaqo yangi bo‘lgan mahsulot turini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, yangi geografik 
bozorlarni o‘zlashtirish, texnologiyada yangi bosqichni o‘zlashtirish, bozor da’vogari 
uchun dastlab eng “engil” bozorlarda amalga oshirilib, u erlarda ustunlikka 
erishilgandan so‘ng esa, raqobatchining asosiy faoliyati sohalarida hujum 
uyushtiriladi. 
Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish