Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi


 Reklama vositalarini qo‘llashning psixologik samaradorligi



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/193
Sana18.03.2023
Hajmi2,35 Mb.
#920270
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   193
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Shar

19.2. Reklama vositalarini qo‘llashning psixologik samaradorligi 
Reklama vositalari psixologik ta’siri samaradorligi iste’molchilarni qamrab olish 
soni, bu vositalar inson xotirasida qoldiradigan taasurot chuqurligi va yorqinligi, 
e’tiborni jalb qilish darajasi bilan tavsiflanadi. 
Reklamaning iste’molchi ongiga psixologik ta’siri samaradorligi kuzatuv, 
eksperiment va so‘rovlar yo‘li bilan aniqlanishi mumkin. 
Kuzatuv usuli 
iste’molchiga alohida reklama vositalari ta’sirini tadqiq etishda 
qo‘llanadi. Bu usul passiv xarakterga ega, chunki kuzatuvchi bunda xaridorga ta’sir 
etmaydi, balki uni sezdirmasdan kuzatadi. Oldindan ishlab chiqilgan sxem bo‘yicha 
kuzatuvchi olingan ma’lumotlarni qayd qiladi, so‘ngra har tomonlama tahlil qiladi. 
Kuzatuvchi masalan, qaysi yarmarka stendi xaridorlar e’tiborini ko‘proq jalb qilishini, 
piyodalar u yoki bu vitrina oldida to‘xtalishini, mitrina bilan tanishuvdan so‘ng necha 
kishi magazinga kirishini, vitrinadagi qaysi tovar ko‘proq qiziqish uyg‘otishini qayd 
qiladi. 
Kuzatuv usuli tabiiy sharoitlarda, iste’molchining ma’lum bir reklama vositasi 
bilan bevosita muloqotda reklamaning psixologik ta’sirini baholashga imkon beradi. 


365 
Alohida reklama vositalari samaradorligini baholab, birinchi navbatda bu vosita 
qo‘yilgan maqsadga erishishi aniqlanadi. Xususan, xaridorlar e’tiborini tashqi 
reklamaga (vitrinaga) jalb qilish darajasini aniqlash uchun quyidagi formuladan 
foydalanish mumkin: 
bu erda V – yo‘lovchilarning e’tiborini jalb qilish darajasi;
O – belgilangan vaqt davomida tashqi reklamaga (vitrinaga) e’tibor qaratgan 
kishilar soni;
P – xuddi shu davrda vitrina oldidan o‘tgan odamlar soni. 
OAVda reklama e’lonlari chop etilishining amaliylik darajasi muayyan 
magazinda quyidagi formula bo‘yicha aniqlanishi mumkin 
bu erda D – reklama e’lonlarining amaliylik darajasi;
K – reklama qilinayotgan tovarni xarid qiladigan tashrif buyuruvchilar soni;
S – magazinda bironta xaridni amalga oshirgan xaridorlar umumiy soni. 
Bunday ma’lumotlarni kassa apparatlaridan chiqqan cheklar ko‘rsatmalari 
bo‘yicha, reklama qilinayotgan tovarni xarid qilish holatlarining qayd qilinishi 
yordamida olish mumkin. 
CHakana savdo korxonasining o‘zini reklama qiladigan vositalarning amaliylik 
ko‘rsatkichi bu vositalar qo‘llangan davrda magazinga tashrif buyurganlar sonining 
o‘rtacha bir kunda tashrif buyuruvchilar soniga nisbati hisoblanadi. Ushbu ma’lumotlar 
kuzatuvchilar tomonidan yoki fotoelement yordamida olinishi mumkin. 


366 
Kuzatuv usulidan foydalanishda barcha holatlarda qator shartlarga amal qilish 
zarur: kuzatuv ish kunlari (iloji bo‘lsa haftaning o‘rtasida) olib borilishi lozim; 
kuzatuvning davom etish muddati reklama vositasi xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. 
Kuzatuv usuli bilan bir qatorda 
eksperiment usuli 
ham keng qo‘llanadi

Ushbu 
usul faol xarakterga egadir. Reklamaning psixologik ta’sirini o‘rganish bu erda 
eksperimentator tomonidan sun’iy tashkil qilingan sharoitlarda ro‘y beradi. Agar 
kuzatuvda faqat iste’molchining masalan, tovarlarni belgilangan tarzda joylashtirishga 
munosabati qayd etilsa, eksperimentator tovarlarni boshqacha joylashtirishi, so‘ngra 
xaridorlar reaksiyasini kuzatishi mumkin. 
Xuddi shu tarzda eksperimentator turli reklama vositalari kombinatsiyasi yaratishi 
va xaridorlar reaksiyasini taqqoslash yo‘li bilan ularning orasida eng 
muvaffaqiyatlisini tanlashi mumkin. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish