Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/193
Sana18.03.2023
Hajmi2,35 Mb.
#920270
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   193
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Shar

Fitche (feature) 
– sensasion, ko’ngilocharlik materiali. Bu maqola latifalar, 
kulgili va qiziqarli vaziyatlardan foydalangan holda yumoristik shaklda bayon qilinadi. 
Shu bilan birga u keng omma uchun foydali ishbilarmonlik axboroti ham berishi kerak. 
5. 
Keys-tarix (case history) 
– korxona faoliyati tarixida ro’y bergan voqea, syujet 
bo’lib, korxona nufuzining ortishiga xizmat qilishi lozim. Bunda keys-tarixda bayon 
qilingan tajriba jamoatchilik uchun qiziqish uyg’otishi va boshq korxonalar tomonidan 
foydalanilishi lozim. Bu yerda muammo qanday vositalar bilan hal etilgani, uni hal 
qilish natijasida qaysi ijobiy natijalar olingani ko’rsatilishi lozim. 
6. Biron-bir muammo bo’yicha 
nomi yozilgan (by-liner) 
maqolalar mutaxassis 
tomonidan yoziladi. Qoidaga ko’ra, firma rahbari nomi bilan imzolanadi va chop 
etiladi. Bunday mualliflik maqolalari rahbarni ekspert sifatida ko’rsatadi, firma 
rahbariyati va korxona nufuzini sezilarli darajada oshiradi. 
7. 
Sharhli maqolalar (round-up article) 
qoidaga ko’ra, nisbatan yirik 
muammolarga bag’ishlanadi. Korxona faoliyati miqyosiga qarab, uning xodimlari 
mintaqa, mamlakat yoki o’z tarmog’i darajasidagi muammolarni va ularni hal qilish 
yo’llarini taqdim etishlari mumkin. Bunday maqolalar chop etishni turli nashrlar 
unchalik xush ko’rmaydi. 
8. Biron-bir korxonaning matbuotdagi 
bayonoti 
odatda uning biron-bir masala 
borasidagi, yuzaga kelgan vaziyatdagi siyosatini izohlash, tushuntirish zarurati bilan 
bog’liq bo’ladi. Bayonot ko’ngilsiz oqibatlarning oldini olish uchun himoya 
xarakteriga ega bo’lishi mumkin. 
9. 
Intervyu 
– axborotga ega bo’lgan shaxs va uni olish istagida bo’lgan jurnalist 
o’rtasida muloqot, savol va javoblar ko’rinishidagi suhbat. 
10. 
Reportaj 
– u yoki bu hodisa mazmunini shu hodisaning bevosita ishtirokchisi 
yoki guvohi bo’lgan shaxs nomidan taqdim etish. 
11. 
Brifing 
– muassasa rahbariyatining jurnalistlar bilan vaqt bo’yicha qisqa 
uchrashuvi. Brifing muayyan dalillarni namoyish etgan holda bir tomonlama xabardor 
qilish xarakteriga ega bo’ladi. Bu matbuot anjumanining o’zginasi, faqat sharhlarsiz 
ko’rinishda, xols. 
Pablik rileyshnz xizmatining ommaviy axborot vositalari bilan ishlashi


98 
Mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari «Ommaviy axborot vositalari 
to’g’risida»gi, «Reklama to’g’risida»gi, «Axborot, axborotlashtirish va axborotni 
himoya qilish to’g’risida»gi qonunlar asosida faoliyat ko’rsatadi. Ushbu qonunlardan 
tashqari OAV o’z faoliyatida mamlakat Prezidenti va hukumatining turli farmonlari, 
qarorlar va farmoyishlariga amal qiladi. OAV bilan ishlashda barcha korxona va 
tashkilotlar doimo ushbu hujjatlarga asoslanadi. 
PR xizmati uchun asosiy vazifa OAV bilan aloqa o’rnatish va ular orqali 
jamoatchilikka (muloqot doirasiga) ta’sir ko’rsatish hisoblanadi. Buning uchun PR 
xizmati quyidagi ishlarni amalga oshirishi lozim: 
– OAV tomonidan chop etilgan axborotlarni to’plash va tahlil qilish; 
– OAV uchun axborot taqim etish; 
Korxona uchun OAV xush ko’rishiga erishish muhim vazifa hisoblanadi. PR 
mutaxassislari o’z firmasi va OAV o’rtasidagi munosabatlarni boshqarishga harakat 
qilishlari lozim. OAV bilan munosabatlarni shakllantirar ekak, firma u bilan o’zaro 
aloqalar aniq siyosatini belgilab olishi lozim. Bu siyosat PR xizmatining quyidagi 
qoidalarga amal qilishini ko’zda tutadi: 
– OAV bilan muloqot qilish uchun doimo ochiq bo’lish; 
– OAV uchun ular asosida jurnalistlar chop etish uchun material tayyorlaydigan 
materiallar taqdim etish; 
– OAVga ularni o’rganish va o’z vaqtida chop etish imkoniyatini berish uchun 
axborotni oldindanberish; 
– OAV uchun xabarlar aniq, tushunarli bo’lishi va qabul qilingan me’yorlarga 
javob berishi lozim; 
– xabarlar ob’ektiv, mubolag’asiz va xatolarsiz bo’lishi lozim; 
– yolg’on xabarlarga, noto’g’ri dalillarga zudlik bilan javob berish va ularni rad 
qilish zarur. 
PR xizmati OAV bilan amalga oshiriladigan ishlarni o’z rahbariyati bilan 
muvofiqlashtirishi va doimo o’z axborotiga kerakli ohang berishi lozim. 
Korxonalarning iste’molchilar bilan munosabatlari birinchi navbatda, 
«Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi Qonun asosida tashkil 


99 
qilishlari lozim. 
Iste’molchilar bilan munosabatlarning asosiy maqsadi – korxonaning o’z 
mahsulotlarini soitsh hajmini oshirishdir. Bu maqsad quyidagi shartlarda erishilishi 
mumkin: 
1.Mavjud iste’molchilarni saqlab qolish. Iste’molchilar bilan munosabatlar 
ma’lum bir harakatlar bilan bu xaridorlarning firmadan qoniqqanligini ta’minlashi 
lozim. Masalan, o’z mavzesidagi doimiy xaridorlarga tovarni kreditga, «chin so’z»ga 
ishongan holda berar ekan, oziq-ovqat magazini bu odamlarni o’ziga «bog’lab» 
qo’yishi mumkin. 
2. Yangi iste’molchilar jalb qilish. Masalan, biron-bir tabiiy ofat yoki 
favqulodda vaziyat ro’y bergan holatda firma bundan zarar ko’rganlarni oziq-ovqat, 
issiq kiyim bilan ta’minlagan holda o’zi uchun ijobiy imidj yaratadi, demak, yangi 
xaridorlarni jolb qiladi, bu esa mahsulot sotish hajmining o’sishiga olib keladi. 
Iste’molchilar bilan barqaror, ishonch asosidagi munosabatlar ancha ko’proq 
tovarlar va xizmatlar sotishga imkon beradi. Shu boisdan iste’molchi bilan 
munosabatlar PR faoliyatining muhim yo’nalishi hisoblanadi. G’arb mamlakatlarida 
ko’plab firmalar PR xizmati tarkibida iste’molchilar bilan munosabatlar bo’linmalariga 
egadir. 
90-yillarda AQShda konsyumeristik (iste’molchi) falsafasi, ya’ni iste’molchilar 
huquqlarini himoya qilish falsafasi keng tarqaldi. Masalan, Chrysler Motors 
kompaniyasi tovar kafolati bilan bog’liq muammolarni hal qilishni kafolatlaydigan 
«Xaridorlar huquqlari haqida Bill» ishlab chiqdi va e’lon qildi. Xaridorlar ishonchini 
saqlash, ularni yo’qotmaslik uchun firmalar katta mablag’lar sarflaydi. Misol uchun, 
1995 yil Intel firmasi nuqsoni bo’lgan chipli Pentium prosessorlarini almashtirish 
bo’yicha keng miqyosdagi kampaniyani amalga oshirdi. Natijada kompaniya nafaqat 
iste’molchilar bilan, balki hamkorlar va kompyuter sotuvchilari bilan ham ishonch 
asosidagi munosabatlarni saqlab qoldi. 
Asosiy faoliyat – tovarlar sotishdan tashqari korxonalar xaridorlarga turli bepul 
xizmatlar ko’rsatishi ham mumkin. Masalan, tovarlar assortimentining xaridorlarni 
shoshirib qo’yadigan darajada kengligi tufayli General Electric kompaniyasi 


100 
iste’molchilarni yangi tovarlar haqida xabardor qiladigan, tunu-kun ishlaydigan bepul 
telefon xizmatini joriy qildi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish