Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/193
Sana18.03.2023
Hajmi2,35 Mb.
#920270
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   193
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Shar

ochiq eshiklar kuni
jamoatchilik bilan 
aloqalar o’rnatish, reklama qilish jiddiy vositasi bo’lib xizmat qilishi mumkin. Ko’proq 
sonli
 
abiturientlar jalb qilish uchun ulardan masalan, oliy ta’lim muassasalari har yili 
foydalanadi. 
Bunday tadbir o’tkazish uchun tadbirning har bir elementi uchun javobgarlarni 
belgilagan holda oldindan puxtalik bilan ssenariy tayyorlash lozim. 
Ochiq eshiklar kuni o’tkazilishi haqida sana va soatlar ko’rsatilgan holda 
jamoatchilik ommaviy axborot vositalari va boshqa e’lonlar yordamida oldindan 
xabardor qilinadi. Mehmonlar tashrif buyuradigan binolarda, yo’laklarda plakatlar, 
stendlar, turli ko’rgazmali materiallar va reklama qilinayotgan muassasa faoliyati 
haqida boshqa axborotlar joylashtirilishi lozim. 
Aniq belgilangan vaqtda mehmonlar zalga taklif etiladi, u yerda muassasa 
rahbari qisqa va aniq shaklda o’z tashkiloti, uning boshqalar oldidagi ustunliklari
kelgusi rivojlanish rejalari haqida so’zlab beradi. Shundan keyin muassasa 
bo’linmalarining rahbarlari so’zga chiqib, mehmonlarning o’zlarining faoliyat 
xususiyatlari bilan tanishtiradi. 


90 
Etakchi xodimlarning so’zga chiqishlaridan so’ng mehmonlarga tashkilotning 
barcha bo’linmalari, agar mavjud bo’lsa – laboratoriyalar va h.k. faoliyatini ko’rsatish 
lozim. 
Agar bu tadbir ommaviy axborot vositalarida yoritiladigan bo’lsa, ochiq eshiklar 
kuni o’tkazish natijasi ancha yuqoriroq bo’ladi. Axborot shunday taqdim etilishi 
kerakki, u odamlarni ushbu tashkilot faoliyatiga qiziqtirib qo’ysin, uning ishida 
bevosita yoki bilvosita ishtirok etish istagini uyg’otsin. 
Pablik rileyshnz muhim vositalaridan biri sanalgan 
ko’rgazmalar 
korxonalarga 
bozordagi o’z pozisiyalarini mustahkamlashga yordam beradi. Korxona ko’plab va 
xilma-xil firmalar ishtirok etadigan biron-bir ko’rgazma qo’mitasi tomonidan tashkil 
etiladigan ko’rgazmalarda qatnashishi mumkin. Biroq korxona mustaqil ravishda 
«shaxsiy» ko’rgazma tashkil qilishi va u yerda bir o’zi ishtirok etishi ham mumkin. 
Ko’rgazma o’tkazish zarurati korxona o’z oldiga qo’yadigan quyida maqsadlar 
bilan belgilanishi mumkin: 
- korxona uchun ma’lum bir imidj yaratish; 
- o’z mahsulotlarini ilgari surish; 
- bozorni tadqiq etish. 
Biroq, masalan, imidj yaratish yoki sotuv hajmining o’sishini odatiy reklama 
vositalari bilan ham ta’minlash mumkin. Shu sababli ko’rgzmada ishtirok etish yoki 
mustaqil ravishda ko’rgazma tashkil qilish har bir muayyan holatda uning maqsadga 
muvofiqligi, xarajatlar va kutilayotgan natijalarni taqqoslashni talab qiladi. Shu bilan 
birga, ko’rgazmalar tashkil qilgan holda bozorda o’z pozisiyalarini 
mustahkamlashning turli vositalarini uyg’unlashtirish sezilarli ijobiy samara beradi. 
Shunday qilib, ko’mada ishlashga tayyorgarlikni boshlashni oldin uni 
o’tkazishdan maqsadlarni belgilab olish, shundan keyin bu maqsadlarga muvofiq 
ravishda muayyan maqsadga erishishga yo’naltirilgan, mos keluvchi o’zaro bog’liq 
ishlar kompleksini amalga oshirish zarur. 
Qabul marosimlari 
korxonalar tomonidan dam olish va ko’ngilocharliklarini 
ishbilarmonlik muloqoti bilan birlashtirgan holda mehmonlar bilan birgalikda vaqt 
o’tkazish uchun tashkillashtiriladi. Qabul marosimlari mustaqil tadbirlar sifatida yoki 


91 
boshqa tadbirlar, masalan, marosimlar bilan birgalikda o’tkazilishi mumkin. Qabul 
marosimlari odatda quyidagi hollarda tashkil qilinadi: 
- korxona tashkil qilingan tantanali sana yoki bironta yubiley; 
- korxonaga hamkorlar delegasiyasi tashrif buyurishi; 
- yirik bitim imzolanishi, jiddiy tadbir o’tkazilishi va h.k. 
Qabul 
marosimi 
ishbilarmonlik 
aloqalarining 
kengayishi 
va 
mustahkamlanishiga, ishbilarmonlik jamoatchiligi orasida korxona imidji yaratilishiga 
xizmat qilishi lozim. Bu tadbir puxtalik bilan tayyorlanishi lozim. Tayyorgarlik 
quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
– qabul maqsadlarini belgilash; 
– qabul shaklini tanlash; 
– qatnashchilar tarkibini belgilash; 
– qabul ssenariysini tuzish; 
– taklifnomalar jo’natish; 
– menyu tuzish; 
– stollarni bezatish; 
– mehmonlarni stollarga o’tqazish rejasini tuzish; 
– mehmonlarga xizmat ko’rsatish tartibi; 
– nutq va tabriklarni tayyorlash. 
Qabul marosimlari turli belgilarga ko’ra tasniflanishi mumkin. Qabul 
marosimlari rasmiy va norasmiy, qatnashchilar o’tiradigan joylar oldindan belgilangan 
va belgilanmagan bo’lishi mumkin. 
Rasmiy marosimlar qatoriga oldindan tayyorgarlik ko’riladigan, taklif 
qiluvchilar va taklif qilinuvchilar belgilangan taomillarga amal qiladigan qabul 
marosimlari kiradi. Norasmiy marosimlar oldindan tayyorgarlik ko’rmasdan, do’stona 
ishchi vaziyatda o’tkaziladi. Ular qoidaga ko’ra, kichik korxonalarda o’tkaziladi. Biroq 
ularga doimo tayyor turish talab etiladi. 
Kunduzgi qabul marosimlari qatoriga «nonushta» tadbirlari kiritiladi. 
«Nonushta» ertalabdan boshlab soat 12 gacha tashkil qilinishi va 1,5-2 soat 
davom etishi mumkin. Dasturxondagi taomlar unchalik xilma-xil bo’lmaydi. Tushlik 


92 
jarayonida umumiy mavzular bilan birgalikda ishga doir masalalar ham muhokama 
qilinishi mumkin. 
Kechki qabul marosimlari – tantanalilik darajasi yuqoriroq bo’lgan tadbirlardir. 
Ular qatoriga «kokteyl», «furshet», «tushlik», «tushlik-bufet», «kechki ovqat». 
Kokteyl (ingl. Cocktail – xo’roz dumi) – shakar, maza beruvchi dorivorlar, meva 
va h.k. qo’shiladigan spirtli ichimliklardan iborat bo’lgan aralashma. «Kokteyl», 
«kokteyl oqshomi» odatda soat 17-18 da boshlanadi va ikki soat davom etadi. 
Ofisiantlar suhbatlashib turgan odamlar oldiga ichimliklar (qoidaga ko’ra, kokteyl) va 
yaxna gazaklar olib keladi. 
«Furshet» (fr. Fourchette – sanchqi) amalda «kokteyl»dan katta farq qilmaydi. 
Bu yerda mehmonlarning o’zi bezatilgan stollar oldiga kelib, likopchalariga o’zlari 
uchun gazaklar solib oladi va suhbatlashayotgan kishilar oldiga boradi. Furshetda ham, 
kokteylda ham an’anaviy sanchqilar deyarli foydalanilmaydi, ularning o’rniga kichik 
plastmassa yoki yog’och sanchqilar ishlatiladi. 
«Tushlik» va «kechki ovqat» bir-biridan faqat ularni o’tkazish vaqti bo’yicha 
farq qiladi. Bu tadbirlar – qabul marosimlarining eng tantanali shakllaridir. Tushlik 
odatda soat 17 atrofida boshlanadi va 2-3 soat va undan ortiq davom etadi. Kechki 
ovqat bundan kechroq boshlanadi. Tushlik va kechki ovqat qatnashchilar o’tiradigan 
joylar oldindan belgilangan holda o’tkazilishi mumkin. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish