Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi


Nazorat va muhokama uchun savollar



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/193
Sana18.03.2023
Hajmi2,35 Mb.
#920270
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   193
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Shar

 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
1.
Marketingningda reklamaning o`rni va roli qanday?
2.
Reklamaning maqsad va vazifalarini ta’riflab bering?
3.
Reklamaning iqtisodiy maqsadi qanday yechimlarni ko’zda tutadi? 
4.
Bozor rivojlanishining turli bosqichlarida reklama hal etadigan vazifalar 
qanday? 
5.
Reklama vositalari va ularning turlari? 
6.
Reklama agentliklari va ularning funksiyalarini sanab bering? 


118 
7-BOB.
TO’G’RIDAN-TO’G’RI MARKETING VA KOMPYUTER 
TARMOQLARIDAGI MARKETING
7.1. To’g’ridan-to’g’ri marketing tushunchasi 
 
To’g’ridan-to’g’ri
yoki
aniq yo’naltirilgan marketing (direct marketing)
– 
tovar haqida axborot tarqatish va kommunikatsiyalar interaktiv vositasi bo’lib, uning 
yordamida har bir potensial iste’molchiga sotish yakka tartibda amalga oshiriladi. 
Interaktivlik sotuv bo’yicha menejer, diler va firmaning tovarni tarqatish bilan 
shug’ullanuvchi va xaridorlar takliflariga javob qaytaruvchi boshqa vakillarida ikki 
taraflama aloqani nazarda tutadi. 
To’g’ridan-to’g’ri marketing – sotishni tashkil qilishning samarali vositalaridan 
biridir. To’g’ridan-to’g’ri marketingning roli shu qadar yuqoriki, ko’pincha 
korxonaning imkoniyatlari qanday ekanligi muhim bo’lmaydi, asosiysi – bevosita 
sotuv bilan shug’ullanuvchi menejerning imkoniyatlari qanday ekanligi hisoblanadi. 
To’g’ridan-to’g’ri muloqotda doimo mijoz uchun asosiy savol «Siz kimsiz, nima qila 
olasiz?» hisoblanadi va faqat shundan keyingina reklama qilinayotgan narsa nimani 
ifodalashi qiziqtiradi. 
Sotuvlar amaliyoti to’g’ridan-to’g’ri marketing katta istiqbolga ega ekanligini 
ko’rsatadi. AQShda katta yoshdagi aholining 50%i xaridlar yoki xizmatlarni telefon, 
pochta, Internet orqali buyurtma qiladi. Ularning orasida 18-24 yoshdagi ayollar 
ko’pchilikni tashkil qiladi. keyingi o’rinda esa 45-54 yoshdagi iste’molchilar turadi
1

To’g’ridan-to’g’ri marketing notijorat tadbirlarining, masalan, xayriya to’plashning 
asosiy vositasi hisoblanadi, chunki u yuz minglab odamga murojaat qilishga imkon 
beradi. 
To’g’ridan-to’g’ri muloqotning maqsadi – iste’molchida suhbatga kirishish, 
tovar (xizmat) xarid qilish haqidagi taklifga javob qaytarish istagini uyg’otish 
hisoblanadi. To’g’ridan-to’g’ri marketingning asosiy ustunligi shaxsiy muloqotdadir. 
Odamlarga boshqalarning e’tibori qaratishi yoqadi. 
"Sotish bu – odamlarning fikrlarini o’zgartirish san’ati" (M. Beng). Sotish 
bo’yicha menejerning roli maqsadli bozor, segment, joylashtirish darajasi, korxona 


119 
marketingi, shuningdek, tovarni taklif qilish usullariga egalik qilish mahorati bilan 
belgilanadi. Odamlar o’zini aldangan deb his qiladigan, ularga bosim ko’rsatilgan va 
ular bitimda yutqazgan, nimanidir ularning asl istaklariga mos qilmagan deb 
hisoblagan paytda sotish imkoniyatini istisno qilish zarur. 
Tadqiqotchilarning materiallariga ko’ra, sotish bo’yicha menejerlar uchun ayol 
mijozlar o’z ishidan qoniqishning asosiy manbasi hisoblanadi, erkaklar uchun esa 
aksincha – ularning ixlosi qaytishi manbasi sanaladi. O’z mehnatidan qoniqish va 
quvonch hissiga turlicha qarash personalni shakllantirishga yondashuvlar har xil 
ekanligini belgilab berishi mumkin. 
An’anaviy, bazaviy marketing xaridor tayyorgarligini, tovar va ishlab 
chiqaruvchining imidjini ta’minlaydi, to’g’ridan-to’g’ri marketing esa, an’anaviy 
marketingning bir qismi bo’lgani kabi, bevosita sotuvlarni ta’minlaydi (11.1-rasm). 
To’g’ridan-to’g’ri 
marketing 
an’anaviy 
ommaviy 
marketing 
bilan 
taqqoslaganda iste’molchiga ta’sir ko’rsatish borasida qator ustunliklar va xususiyatlar 
bilan tavsiflanadi. Bu mijozni to’g’ri javob berishga undaydigan, maxsus, maqsadli 
yo’naltirilgan taklif, ya’ni an’anaviy marketingda mavjud bo’lmagan qaytuvchan 
aloqani boshqarish bo’lib, uning asosida oddiygina xaridorni xabardor qilish yotadi. 
To’g’ridan-to’g’ri marketing tijorat taklifi yo’naltirilgan har bir shaxsga alohida 
yondashuv bilan ajralib turadi. To’g’ridan-to’g’ri marketingning barcha elementlari – 
foydalanishda moslashuvchan, lekin shu bilan bir paytda samaradorlikni baholash va 
nazorat qilish mumkin bo’lgan elementlar sanaladi. To’g’ridan-to’g’ri marketing 
natijalari sotish hajmi bilan yetali darajada aniq o’lchanishi va mijozni jalb qilishga 
sarflangan harakatlar bilan bevosita taqqoslanishi mumkin. 
Odamlar oldin sizning o’zingizni «sotib olishi» lozim, shundan keyingina ular 
siz taklif etayotgan tovarga e’tibor qaratishiga umid qilsa bo’ladi. Shu sababdan agar u 
oldini oluvchi, vaqtinchalik chora sifatida qo’llanadigan bo’sa, to’g’ridan-to’g’ri 
marketing samaradorligi pasayadi. Joriy chora-tadbirlarni bozordagi marketing 
harakatlari uzoq muddatli strategiyasi bilan aniq muvofiqlashtirish zarur. 
Yaxshi ijro etilmagan to’g’ridan-to’g’ri marketing tovarni ilgari surish bo’yicha 
sa’y-harakatlarni puchga chiqarishi mumkin. 


120 
Klassik marketing maqsadli guruhlar, ularning yig’indisi bilan ishlaydi, alohida 
iste’molchilar bilan emas. To’g’ridan-to’g’ri marketingning asosida muayyan mijozlar 
haqida ma’lumotlar to’plami shakllantirish, bozorni segmentlashni hisobga olgan 
holda o’rtachalashtirilgan obraz emas, balki mijozlarning har biriga xos bo’lgan 
xususiyatlarni aniqroq hisobga olish yotadi. 
To’g’ridan-to’g’ri marketingning boshlang’ich bosqichi xaridorning sotuvdan 
oldingi harakatlarga zaruriy reaksiyasini ta’minlash hisoblanadi, chunonchi: birinchi 
xaridni amalga oshirish, takroriy xaridni amalga oshirish, ko’proq va tez-tez xarid 
qilish, korxona imkoniyatlari haqida qo’shimcha ma’lumotlar bilib olish (11.2-rasm). 
Iste’molchining har qanday ijobiy reaksiyasi muhim, chunki bu mijoz bilan suhbat 
o’rnatish imkoniyatidir, lekin xaridning takrorlanishi yanada muhimroq ahamiyat kasb 
etadi. Doimiy mijozlar ulushi, ularning xaridlari hajmi muvaffaqiyat mezoni 
hisoblanadi. 
Iste’molchilar ommaviyligi, o’n minglab alohida shaxslar va oilalar mahsulot 
bozoriga xos bo’lgan xususiyat hisoblanadi. Qayta ishlash korxonasi uchun faqat firma 
savdosi orqaligina har bir yakka tartibdagi xaridor bilan ishlash imkoni paydo bo’ladi. 
Shu sababli to’g’ridan-to’g’ri marketing uchun asosiy ob’ekt chakana va ulgurji savdo 
hisoblanadi. 
Mijozlarni jalb qilish va kommunikatsiya bosqichida quyidagilarni aniqlab olish 
lozim: kim kerak, ular haqida axborotni qanday olish mumkin, motivasiya nimada, 
qanday qilib aloqa o’rnatish va bevosita sotuv usullarini tanlash. Axborot ortiqcha 
bo’lmaydi, odamlar ayniqsa, qaror qabul qilish kerak bo’lgan paytda ko’proq axborot 
izlaydi. Garchi aksariyat sotuvlar, mohiyatan, odatiy bo’lsada, tanlov avtomatik 
ravishda, ko’pincha markasi ishonchliroq bo’lgan ta’minotchi foydasiga qilinadi. 
Sotish kanallari bilan ishlash shuni ko’rsatadiki, tovarlar xarid qilish o’zining 
ma’lum bir rolini o’ynaydigan shaxslar: saralovchilar, qaror qabul qiluvchi va 
xaridlarni amalga oshiruvchi tashabbuskorlarga bog’liq bo’ladi. 
1.Sotuv maqsadini qoyish 
2.Potensial xaridorlarni aniqlash va baholash
3.Sotish joyini tanlash 


121 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish