Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi


  6.5. Reklama agentliklari va ularning funksiyalari



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/193
Sana18.03.2023
Hajmi2,35 Mb.
#920270
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   193
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Shar

 


115 
6.5. Reklama agentliklari va ularning funksiyalari 
Reklama faoliyatini uning butun ko’lamida rasionallashtirishning asosiy shart-
sharoitlari reklama xabarlarini uslubiy va rejali tayyorlash va ulardan reklama 
jarayonining barcha bosqichlarida foydalanish hisoblanadi. 
Reklama agentliklari tashkil qilish reklama faoliyati samaradorligini oshirishga 
xizmat qilib, ular yuqori professional darajada ishlaydilar, moliyaviy mablag’lardan 
oqilonaroq foydalanadilar va reklama sifatining yuqori bo’lishini ta’minlaydilar. 
Reklama agentliklari kompleksli bozor tadqiqotlari o’tkazib, bozor kon’yunkturasini 
baholaydilar, ular olinayotgan axborotlarni tez va aniq qayta ishlashga imkon 
beradigan hisoblash texnikasi bilan jihozlanadi. 
Reklama agentliklarining xalq xo’jaligidagi o’rni va ularning iqtisodiyotdagi 
ijobiy roli ularning ixtisoslashuvi bilan belgilanadi. 
Reklama agentliklari savdo va ishlab chiqarish o’rtasida malakali koordinator 
bo’lgani holda ijobiy rol o’ynaydi, iste’molchilar va butun jamiyat manfaatlarida 
rasional taklifga yordamlashadi va aksincha, norasional yoki bevaqt takliflar hajmini 
chegaralaydi. 
Reklama jarayonini amalga oshirishda quyidagi sub’ektlar ishtirok etadi: 
1. 
Reklama beruvchi 
– reklamani ishlab chiqarish, joylashtirish va kelgusida 
tarqatish uchun reklama axboroti manbasi sanalgan yuridik yoki jismoniy shaxs. 
Reklama beruvchi rolida berilgan buyurtmaga muvofiq reklama uchun pul to’laydigan 
istalgan savdo yoki ishlab chiqarish firmasi, bank, investision kompaniya, xususiy 
tadbirkor ishtirok etishi mumkin. 
Reklama beruvchining asosiy funksiyalari: 
• reklama ob’ektini aniqlash; 
• tanlangan ob’ektni reklama qilish xususiyatlarini aniqlash (reklama turi, 
tayyorlanadigan reklama materiallari); 
• reklama xarajatlarini rejalashtirish; 
• boshlang’ich materiallar tayyorlash va ularni reklama agentligiga berish: 
iste’molchilar maqsadli guruhlarini hisobga olgan holda reklama maqsadlari va 
vazifalarini ifodalash, reklama qilinayotgan ob’ektning asosiy ustunliklari va 


116 
xususiyatlariga e’tibor qaratgan holda boshlang’ich matnlar tayyorlash, imkon qadar 
tovar namunasini taqdim etish; 
• ikkinchi tomon – reklama agentligi bilan reklama materiallari yaratish va 
OAVda reklamani joylashtirish, turli reklama tadbirlari o’tkazish haqida shartnoma 
tayyorlash; 
• reklama materiallari yaratish davomida reklama ijrochisiga yordam berish; 
• yaratilgan reklama vositalari eskizlari, matnlari, ssenariylari va reklama 
mahsuloti original nusxalarini tasdiqlash; 
• bajarilgan ishlar uchun pul to’lash. 
2. 
Reklama ishlab chiqaruvchi 
– reklama axborotini tarqatish uchun tayyor 
shaklga keltirishni to’liq yoki qisman amalga oshiradigan yuridik yoki jismoniy shaxs. 
3. 
Reklama tarqatuvchi 
– reklama axborotini radio va televidenie texnik 
vositalari, jumladan, aloqa kanallari, efir vaqti va boshqa usullar orqali joylashtirish va 
(yoki) tarqatishni amalga oshiradigan yuridik yoki jismoniy shaxs. 
Mamlakat bozorida asosiy reklama ishlab chiqaruvchilar va reklama 
tarqatuvchilar sifatida ishtirok etadigan reklama agentliklarini shartli ravishda to’liq 
xizmatlar sikliga ega reklama agentliklari va faqat ayrim xizmatlar turlarini 
ko’rsatishga ixtisoslashgan agentliklarga ajratish mumkin. 
Birinchi guruhga tadqiqotlar, rejalashtirish, ijodiy faoliyat, reklama vositalari 
ishlab chiqarish, shuningdek, reklama xarakteriga ega bo’lmagan xizmatlar: pablik 
rileyshnz ta’minlash, tovar o’rovini ishlab chiqish, ko’rgazma-savdolar, taqimotlar 
tashkil qilish va h.k.ni amalga oshiruvchi agentliklar kiradi. 
Reklama jarayoni qatnashchilari sifatida reklama agentliklari quyidagi asosiy 
funksiyalarni bajaradi: 
• OAVda buyurtmalar joylashtirib, ularning bajarilishini nazorat qilgan holda 
OAV bilan o’zaro munosabatlarni amalga oshiradi; 
• reklama beruvchilardan olingan buyurtmalar asosida reklama mahsuloti 
yaratadi, ijodiy va texnik mutaxassislar salohiyatidan foydalanib kompleksli reklama 
kampaniyalari va boshqa reklama tadbirlari rejalarini ishlab chiqadi; 
• reklama beruvchilar va OAV bilan hisob-kitoblarni amalga oshiradi; 


117 
• bosmaxona, studiya, reklama kombinatlari, shtatdan tashqari mutaxassislar 
bilan hamkorlik qiladi. 
Keng doiradagi reklama xizmatlarini bajaruvchi yirik reklama agentliklari turli 
mutaxassislarni ma’lum bir bo’limlarga birlashtirishga ehtiyoj sezadi. Ular o’zining 
ijodiy-ishlab chiqarish bazasiga ega bo’lishi ham, shtatdan tashqari yuqori malakali 
ijodiy xodimlardan foydalanishi ham mumkin. Bularning ikkinchisi ko’p sonli 
bo’linmalar strukturasiga ega bo’lgan kichikroq reklama agentliklari uchun maqsadga 
muvofiqdir. Odatda bo’lim faoliyati belgilangan funksiyani bajarishga qaratiladi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish