285
ta’kidlab ko‘rsatish va ularning ongida mustahkamb qo‘yish lozim. Biroq hammaga
ma’lum haqiqatni hech kim o‘qimaydi.
10. O‘quvchiga u nima qilishi kerakligini tushuntirib bering.
Reklama o‘quvchiga belgilangan iboralar yordamida
muayyyan va ijobiy
ko‘rsatmalar berishi lozim.
Reklama matni ishlab chiqishning bu asosiy tamoyillari masalan,
davriy
matbuotda reklama tayyorlashda foydalanilishi mumkin.
Ko‘p sonli va xilma-xil shriftlar mavjud. Har bir alohida shriftning o‘z nomi
bo‘lib, ularning ko‘pchiligi asosiy tur va rasmning turli variantlariga ega bo‘ladi. Faqat
bitta garnituraning o‘zida (ya’ni harf, belgi rasmida) shriftlar yarim qalin, yarim qalin
kursiv, qalin, qalin kursiv, yarim qalin ingichka, yarim qalin ingichka kursiv bo‘lishi
mumkin.
Bunday ko‘p sonli shriftlarni har bir muayyan holat uchun optimal tanlash faqat
reklama sohasidagi mutaxassis-rassomlar qo‘lidan keladi. SHu bilan birga, dekorator-
bezakchilar va magazinning boshqa xodimlari shriftlardan foydalanish sohasida
umumiy bilimlarga ega bo‘lishi kerak.
SHrift o‘quvchining e’tiborini jalb qilishi va unga matnni o‘qishda fikrni to‘plab
olishga va eng muhim dalillarni ajratishga yordam berishi lozim.
SHriftning har bir rasmi matnga o‘ziga xos emotsional tus beradi. SHrift tanlashda
shuni
yodda tutish kerakki, u reklama qilinadigan tovarlarga mos kelishi lozim.
Masalan, xarf chetlari yumaloq va kontrast shtrixli murakkab rasmli shriftlar
yordamida matnda u haqida gap borayotgan mahsulot engilligi va nafisligini ta’kidlash
mumkin. harflar chetlari to‘rtburchak va oddiyroq rasmli
shriftlar predmetning
oddiyligi, mustahkamligi va ishonchliligi reklama qilinadi matnlarda foydalanish
uchun ko‘proq to‘g‘ri keladi.
Inson ko‘zi
alohida harflarni emas, balki butun boshli so‘zlarni va harflar
birikmalarini idrok qiladi. Ko‘zning harflar guruhini, ularning shaklini, shuningdek,
satrlar belgilangan uzunligini qamrab olish bo‘yicha bu xususiyati o‘qishni tezlatuvchi
yoki sekinlashtiruvchi omil hisoblanadi. shu sababli shrift
rasmidan tashqari uning
hajmini, harflar va satrlar o‘rtasidagi masofani, satrlar uzunligini, matnning varaqda
286
joylagan o‘rnini ham to‘g‘ri tanlash zarur.
Matnni idrok qilishda u yozilgan bo‘yq rangi ham muhim rol o‘ynaydi. Katta
matndan iborat bo‘lgan reklama vositalarida (e’lonlar, o‘rov, varaqalar) rang fonida
bosilgan nusxa aniqligiga alohida ahamiyat berish kerak. Reklama taxtalarida reklama
matnini bezashda esa quyidagi jihatlarga e’tibor berish kerak.
Harflar yozilish shakli va o‘lchami reklama qilinayotgan ob’ekt xususiyatlariga,
varaq maydoniga mos kelishi lozim. Eng yaxshi variant turli kengladgi (o‘lchamli)
bitta garnituradan (rasmdan) foydalanish hisoblanadi.
Bo‘yoq rangini to‘g‘ri tanlash reklama matnining o‘quvchiga emotsional ta’sirini
kuchaytirish uchun zarur.
Fon va shrift rangi doim bir-biridan keskin ajralib turishi kerak – shrift fondan
qanchalik ajralib tursa, u shunchalik oson o‘qiladi va idrok qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: