Ergashxodjaeva Sh. Dj., Nazarova F. M


 Xalqaro reklamani tarqatish vositalari



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/269
Sana09.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#169468
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   269
Bog'liq
2 5244918155255482763

12.3. Xalqaro reklamani tarqatish vositalari 
 
Xalqaro reklamani tarqatish vositalari turli-tumandir. Reklama jarayonining o’zi 
bu  axborotlarni  etkazib  berishdir.  Uning  mazmuni  ham,  foydalaniluvchi  vositalar 
ham  muhim  ahamiyatga  ega.  Turli  xil  reklamani  tarqatish  vositalarini  tahlil  qilish 
ulardan eng tarqalgani va eng qimmati – televideniyadan boshlanadi. 
Televideniyada  reklama  —  bu  byudjet  imkon  bergan  taqdirda  doimo 
muvaffaqiyat  elchisi  hisoblanadi.  Albatta,  televidenie  orqali  reklama  qilinishi  talab 
qilinmaydigan  tovarlar  ham  mavjud.  Biroq  aksari  tovarlar  uchun  televidenie 
reklamasi juda katta samara beradi, chunki u iste’molchilarga tovarning afzalliklarini 
ko’rish  va  undan  foydalanish  imkoniyatlari  bilan  tanishishga  imkon  beradi. 
Reklamaning  barcha  uchun  ochiqligi  va  takroriyligi  uning  muvaffaqiyati  garovidir. 
Televidenie  ommavyi  axborot  vositasi  sifatida  tovar  reklamasida  katta  foyda 
keltirishi  shubhasiz,  albatta.  Biroq  teskari  samara  ham  yuzaga  kelishi  mumkin. 
Reklamnaya  kompaniya  tovarning  sifati  past  bo’lgan  hollarda  u  uchun  haloqatli 
bo’lishi  mumkin.  reklamaning  ishonchliligi  eng  zarur  shartlardan  biridir.  Yuqori 
sifatli  tijorat  reklamasi  reklama  vositalarining  eng  qimmat  turidir:  amerika 
televidenisida  30  sekund  reklama  o’rtacha  dollar  turadi.  Televidenie  reklamasi 
ko’proq  AQSH,  Buyuk  Britaniya  va  Yaponiyada  keng  tarqalgan.  Rivojlangan 
mamlakatlarning  aksari  qismida  televidenie  reklamasi  xarajatlari  jami  reklama 
xarajatlarining  10  foizini  tashkil  etib,  barcha  reklama  vositalari  ichida  uchinchi 
o’rinda  turadi.  Televidenie  orqali  namoyish  etiluvchi  reklamaning  turlari  juda 
ko’pdir.  Eng  tarqalgan  reklama  turlariga  qatorgia  quyidaglarni  kiritish  mumkin: 
reklama  xabarlari,  tijorat  reklama  ko’rsatuvlari,  moliyalashtiriluvchi  ko’rsatuvlar, 
reportajlar, diapozitiv yoki diafilmlar 
Radio reklamasi — istalgan xalqaro reklamaning emosionallik hisobiga qo’llab-
quvvatlash vositasidir. Radio samarali tarzda, bevosita va hech qanday zo’ravonliksiz 
tinglovchi  ongida  tovar  to’g’risida  tasavvurni  vujudga  keltiradi.  Radioning  boshqa 
ustunliklari  tovarning  ijobiy  ko’rsatkichlarini  etkazib  berishda  esda  qoluvchi 
musiqadan  foydalanish  va  qulay  vaqtni  tanlash  imkoniyatidan  iborat.  U  bevosita 


 
272 
aloqa  qilishning  samarali  vositasidir.  Vaqtni  to’g’ri  tanlash  shunday  vaziyatlarni 
yuzaga  keltirishi  mumkin:  iste’molchi  nonushta  qilayotgan  paytda  iste’mol 
qilayotgan  mahsulot  reklamasini  tinglab  o’tiradi.  Televidenie  reklamasiga  nisbatan 
radio  reklamasining  nisbatan  arzonligi  reklamaning  barcha  uchun  ochiqligi  va 
takroriyligini  ta’minlashga  imkon  beradi.  Radioreklama  iste’molchiga  boshqa  hech 
qanday  reklama  vositalari  etib  bora  olmaydigan  vaziyatlarda  (masalan,  avtomobilda 
ketayotganda)  ham etib borishi  mumkin.  U reklama kamapnyaisidagi o’zgarishlarga 
tezda  javob  qaytarishi  mumkin,  chunki  uni  tayyorlash  uchun  ko’p  vaqt  talab 
qilinmaydi. Ishlab chiqarish xarajatlari ham u darajada yuqori bo’lmaydi. 
Radio reklamasi barcha mamlakatlarda qo’llanmaydi. Radio eshittirishlari davlat 
qo’lida bo’lgan bir qator mamlakatlarda tijorat reklamasi umuman taqiqlangan bo’lib, 
bu  mamlakatlar  qatoriga  Shvesiya,  Norvegiya,  Finlyandiya,  Fransiya,  Belgiya, 
Daniya  va Shveysariyani kiritish  mumkin. Buyuk Britaniya va Germaniyada radioda 
tijorat  reklamasining  juda  ham kam qo’llanadi, chunki  u bu  mamlakatlarda  hukumat 
tomonidan  cheklab  qo’yiladi.  Radio  reklamasidan  radiokompaniyalar  davlat 
tasarrufida bo’lgan Hindiston va Indoneziyada ham foydalanilmaydi. Radio reklamasi 
asosan  AQSH,  Yaponiya,  Italiya  va  Rossiya  kabi  mamlakatlarda  keng  tarqalgan. 
Radio reklamasi shuningdek, Lotin Amerikasi davlatlari va Gresiyada keng tarqalgan. 
Radio  reklamasining  roli  ayniqsa  aholinining  savodlilik  darajasi  past  bo’lgan 
mamlakatlarda katta, biroq u asosan xorijiy mamlakatlar tomonidan qo’llanadi. 
Tijorat radio reklamasi qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:  
•  reklama e’lonlari — axboro  xarakteriga ega bo’lgan qisqa reklama matnlari 
shaklida odatda musiqa jo’rligida beriladi; 
•  mustaqil  reklama  dasturlari  —  musiqa  jo’rligida,  asosan  ko’ngilochar  yoki 
ob’yektiv axborot shaklida beriladi. Ba’zida u suhbat, reportaj, intervyu yoki reklama 
mazmunidagi  qo’shiq  ko’rinishida  yaratiadi.  Bunday  dastur  yangi  tovar  turlari, 
ularning  afzalliklari  va  ularni  sotib  olish  natijasida  qo’lga  kiritiluvchi  foyda  haqida 
xabar beradi; 
•  moliyalashtiriluvchi  dasturlar  —  xuddi  televideniedagi  kabi  firmalar 
tomonidan sotib olinadi va eshittirish o’rtasida qisqa reklama xabarlarni berish uchun 


 
273 
uzib qo’yiladi. Odatda bunday dasturlarni pardoz buyumlari, atotorlik mollari, yuvish 
vositalari  va  shu  kabilarni  ishlab  chiqaruvchi  firmlar  sotib  oladi.  Ko’pincha 
moliyalashtiriluvchi  dastur  sifatida  orksetr  va  xor  konsertlari  tanlab  olinadi.  Radio 
eshittirishning  boshi  va  oxirida  «tinglovchilarga  konsert  dasturini  taqdim  etgan» 
firmaning nomi eslatib o’tiladi. 
Kinoreklama  kinoning  ulkan  imkoniyatlari  va  uning  ommaviyligi  sababli  keng 
tarqalgan.  ushbu  reklama  vositasi  g’arbiy  Evropa  mamlakatlarida  keng  tarqalgan 
bo’lsa,  AQSH  va  Yaponiyada  deyarli  qo’llanmaydi.  Reklama  kinofilmlarining 
ob’yektlari  firma  sotuchi  tovarlar,  maishiy  va  transport  xizmatlari,  sayyohlik 
yo’nalishlari,  sanoat  va  savdo  firmalari,  univermaglar,  restoranlar,  banklar  va 
sug’o’rta kompaniyalari bo’lishi mumkin. 
Tashqi  reklama  chet  el  mamlakatlarida  boshqa  reklama  vositalari  orasida  katta 
rol  o’ynaydi.  Tashqi  reklamaga  ko’chalardagi,  transportdagi  reklama  va  yorug’lik 
reklamasini  misol  qilib  ko’rsatish  mumkin.  Ko’chalardagi  va  transportdagi 
reklamaning  imkoniyatlari  cheklangan,  chunki  u  qisqa  vaqt  davomida  ko’chadan 
o’tib  boruvchi  yoki  transportda  ketayotgan  yo’lovchiga  tovar  va  firma  to’g’risida 
eslatib  turishi  lozim,  xolos.  Bunday  reklamaning  asosiy  qiyinchiligi  shundaki, 
odamlar bir necha soniya ichida reklamaning asoiy g’oyasini tushunib olishlari zarur 
bo’ladi.  Tashqi  reklama  AQSH,  Yaponiya,  Italiya,  Belgiya  va  Fransiyada  keng 
tarqalgan.  AQSHda  tashqi  reklamaning  30%i  «Forster  end  Klayzer»  reklama 
agentligi tomonidan nazorat qilinadi. 
Sotuv  joylaridagi  reklama.  Bu  reklama  do’konlar,  namoyish  zallari  va  salonlar 
ichkarisi  yoki  tashqarisida  amalga  oshiriladi.  Sotuv  joylaridagi  reklamaning  asosiy 
turlari  qatoriga  quyidagilarni  kiritish  mumkin:  vitrinalar,  do’kon  tashqarisi  va 
ichkarsidagi  plakat  va  afishalar,  namoyish  zallari,  salon  va  do’konlar  ichkarisida 
diapozitivlarni namoyish etish uchun proektorlar, do’konlarda radio orqali reklama.  
O’tkazuvni  rag’batlantirish  bo’yicha  reklama.  Bu  reklama  doimiy 
kontragentlarga hamda chakana iste’molchilarga bepul sovg’alar, tovar namunalari va 
mukofotlar taqdim etishni nazarda tutadi. Reklama sovg’alari sotuvni rag’batlantirish 
maqsadida  sovg’a  oluvchilarga  do’kon  yoki  firma  to’g’risida  eslatib  turish  uchun 


 
274 
beriladi. Reklama sovg’alari sifatida odatda unchalik qimmat bo’lmagan predmetlar – 
yondaftarlar, kalendarlar, avtoruchkalar, portsigarlar, kuldonlar, ko’krak nishonlari va 
shu  kabilardan  foydalaniladi.  Bu  predmetlarga  firmaning  nomi,  ba’zida  esa  manzili 
va  faolit  turi  ham  yozib  qo’yiladi.  Sovg’ini  taqdim  etishning  o’zi  hech  narsaga 
majburlamasada,  firma  va  uning  vakillariga  iliq  munosabatning  shakllanishi  va 
sotuvni rag’batlantirishga xizmat qiladi. 
Mukofotlar  chakana  xaridorlarga  ma’lum  miqdorda  mahsulot  sotib  olish, 
shuningdek, mavsumiy bo’lmagan tovarlarni (masalan, yoz paytida isitish qurilmalari 
va  qishki  kiyimlarni)  sotib  olish  uchun  taqdim  etiladi.  Mukofot  shaklida  odatda 
qimmat  bo’lmagan  uy  jihozlari,  pardoz  buyumlari,  oziq-ovqat,  o’yinchoq  va  shu 
kabilar beriladi. Bunda ma’lum bir tovarni sotib olish uchun qaysi predmet mukofot 
tariqasida berilishi oldindan e’lon qilinadi. 
Xalqaro  bozorda  tovar  namunalari  potensial  mijozlarga  reklama  qilinayotgan 
tovar bilan yaqindan tanishib chiqish va uni sotib olishga undash maqsadida beriladi. 
Namunalarni  pochta  orqali  jo’natishdan  odatda  radoz  buyumlari,  attorlik  mollari, 
oziq-ovqat  va  tamaki  mahsulotlarini  soitshda  foydalaniladi.  Tovar  namunalarini 
tarqatish  usuli  —  sampling  (sampling)  katta  muvaffaqiyat  qozongan:  potensial 
xaridorga  mahsulot  namunasini  ishlatib  ko’rish  uchun  foydalanishga  beriladi. 
Ko’pincha  bu  usulga  televizor,  muzlatgich,  souvtgich,  changyutgich  kabi  uzoq 
muddat foydalaniluvchi mahsulotlarni sotishda murojaat qilinadi.  
Tovarni  bezashda  reklama.  Bu  tovar  o’rovidir(qadoqlashsi).  Tovarning  yaxshi 
va  chiroyli  o’ralishi  potensial  xaridorni  jalb  qilish  va  unda  reklama  qilinayotgan 
tovarni  sotib  olish  istagini  uyg’otuvchi  faol  vositalardan  biridir.  O’ziga-o’zi  xizmat 
ko’rsatish  do’konlari  va  posilka  savdosida  tovar  o’rovi  xaridorning  bir  qator 
funksiyalari  bajaradi  va  tovar  to’g’risida  asosiy  ma’lumotlarga:  uning  narxi,  vazni, 
iste’mol qilish muddati va foydalanish usuli to’g’risida ma’lumot beradi. 
Tovar  namoyishidagi  reklama.  Ko’rgazma  va  yarmarkalar,  namuna  kabinetlari 
va  konsignasiya  omborlarida  tovarni  namoyish  etish  juda  ham  ishonchli  reklama 
vositasidir. U tovarning afzalliklari va ustunliklariga ishontirish yo’li bilan xaridorga 
ta’sir  ko’rsatadi.  Bu  ayniqsa  mashinalar  namoyishiga  taalluqli  bo’lib,  bunda  xaridor 


 
275 
yuqori  mahsuldorlik  va  mahsulotning  sifatiga  ishonch  hosil    qiladi.  Namoyish 
davomida  sotish  shartlari,  mahsulot  narxi,  etkazib  berish    muddati  va  hokazolar 
to’g’risidagi ma’lumotlarga ham ega bo’lish mumkin. 
 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish