Ergashxodjaeva Sh. Dj., Nazarova F. M


 Talabni shakllantirish va sotuvni rag’batlantirish tizimi (FOSSTIS)



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/269
Sana09.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#169468
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   269
Bog'liq
2 5244918155255482763

12.11. Talabni shakllantirish va sotuvni rag’batlantirish tizimi (FOSSTIS) 
 
FOSSTIS  —  1989  yilda  paydo  bo’lgan  atama  bo’lib,  marketing  sohasida 
dastlabki  va  hozircha  yagona  «ixtiro»  hisoblanadi.  Mamlakatimizda  marketingda 
xaridorga  ta’sir  ko’rsatishning  barcha  kompleks  usullari  shu  atama  yordamida 
ifodalashga  harakat  qilinadi.  Bu  so’zni  quyidagicha  izohlash  mumkin:  talabni 
shakllantirish  va sotuvni  rag’batlantirish. FOSSTIS  reklama, tovarni  harakatlantirish 
(sales promotion) va jamoatchilik bilan aloqadan (public relations) iborat. 
Talabni  shakllantirishga  doir  tadbirlar  potensial  xaridorga  yo’naltirilgan  bo’lib, 
uni  bozorga  endi  kiritilayotgan  yangi  tovar  bilan  tanishtiradi.  Maqsad  —  potensial 
mijozlar  tasavvurida  tovar  obrazini  shakllantirish  va  ularni  aynan  shu  tovar  mazkur 
ehtiyojni  eng  to’liq  qondira  olishiga  ishontirishdir.  Umuman,  ushbu  atama  orqali 
ifodalanuvchi  barcha  hatti-harakatlar  potensial  xaridorni  haqiqiy  xaridorga 
aylantirishga  xizmat  qiladi.  O’tkazuvni  rag’batlantirish  bo’yicha  tadbirlar  yangi 
hisoblanmagan tovarlarni sotishni kengaytirishga xizmat qiladi. Vazifa — qayta xarid 
qilishga  undash,  shuningdek,  tovarning  bozordagi  hayotiylik  davri  va  korxonaning 
narx siyosatiga muvofiq tovarni yangi xaridorlar o’rtasida tarqatish va tobora ko’proq 
bozor  qismini  egallab  olishdan  iborat.  O’tkazuvni  rag’batlantirish  bo’yicha  tadbirlar 
xaridorlar, vositachilar va sotuvchilarga yo’naltirilgan bo’ladi. 
FOSSTIS  tizimida  pablik  rileyshenz  sohasidagi  faoliyat  talabni  shaklalntirishga 
ham,  sotuvni  rag’batlantirishga  ham  ko’maklashadi.  FOSSTIS  tizimining  muallifi 
Rossiyalik  reklama  sohasi  mutaxassisi  V.E.Demidov  hisoblanadi.  Ushbu  konsepsiya 
muallifining  eng  katta  xizmati  bu  xaridorga  yo’naltirilgan  korxona  faoliyatini  ko’rib 
chiqishga  sistemali  yondashuvdir.  Uning  kamchiligi  esa,  bizningcha,  birinchidan, 
tizim  xaridorga  ta’sir  ko’rsatishga  doir  mavjud  va  foydalanilayotgan  usullarni  to’liq 
qamrab  olmaganligida.  Ikkinchidan,  talabni  shakllantirish  va  sotuvni  rag’batlantirish 
korxona  oldida  to’rgan  yagona  vazifa  emas.  Uchinchidan,  bu  tizim 
(«harakatlantirish»  deb  nomlanuvchi  tizim  kabi)  bir  tomonlama  faoliyatni,  «bitta 
darvozaga  qarab  o’ynash»ni  nazarda  tutadi.  Zamonaviy  sharoitlar  esa  bunday 
tadbirlardan  ikki  tomonlama  aloqada  bo’lishni  (ma’lum  bir  kommunikatsiyalarning 
bo’lishini) talab qiladi. 


 
294 
Yuqorida  aytilganlardan  kelib  chiqqan  holda  shuni  tasdiqlash  mumkinki, 
bugungi  kunda  marketingga  oid  mahalliy  adabiyotlarda  qo’llanayotgan  biz  ko’rib 
chiqayotgan  korxonalar  faoliyati  sohasini  ifodalovchi  atamalar  ichida  eng 
muvaffaqiyatlisi  deb  paydo  bo’lganiga  hali  unchalik  ko’p  bo’lmagan  «marketing 
kommunikatsiyalar tizimi» tushunchasini ko’rsatish mumkin.  

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish