ichak qovuzloqlari kirib qolishi mumkin.
Ushbu churralar juda ham
kam uchraydi, ularga tashxis qo‘yish murakkab. 0 ‘tkir ichak tutilishi
kasalligiga qo‘yiladigan tashxis ko‘pincha, bemomi operatsiya qilish
vaqtida aniqlanadi. Churralar lokalizatsiyasiga qarab uning klassi-
fikatsiyasi ishlab chiqilgan:
- ingichka ichak tutqichi;
- y o ‘g‘on ichak tutqichi;
- Treys boylami;
- charvi usti;
-
qovuq usti;
- ko ‘richak atrofi;
- chuvalchangsimon o ‘simta tutqichi;
- sigmasimon ichak atrofi;
- Vinslov teshigi;
- jigar yumaloq boylami;
- bachadon keng boylami;
- y o ‘g ‘on ichak atrofi singari (18-a; b va d rasmlar).
Umuman ol-
ganda, qorin parda qayerda boTsa, uning tug‘ma nuqsoni, y a’ni teshigi
boTishi mumkin, ushbu teshikdan qorin pardaga o ‘ralgan holda qorin
bo ‘shlig‘i a ’zolari kirib qolsa ular «chin», qorinpardasiz kirib ketsa
«soxta» churralar ham deyiladi. Klinik belgilari uzoq vaqt namoyon
boTmasliga mumkin. Klinik simptomatika rivojlanishi churra mah-
suloti qisilganligi va ichak o‘tkazuvchanligi buzilish darajasiga
bogTiq. Bemorlar anamnezida sababsiz qorinda og‘riq,
tirsak-tizza
holatida og‘riqning pasayishi kuzatiladi. Bemorlarda ko‘pincha o ‘tkir
ichak tutilishi klinikasi namoyon boTadi.
D a v о 1 a s h. Operativ bo Tib, laparotomiya qilinadi, churra max-
sulotlari ozod etiladi va churra darvozasi tikib, bartaraf etiladi.
18-a; b va d
rasmlar. Ichki
churralar-
ning ichak
tutqichidagi
joylashuvi.
63
Narkulov Jakhangir
Ichak nayining tug‘ma ikkilanishlari
yoki ichak nayi a ’zolari
ning juftlanishi deb - embrional rivojlanish
davrida ichak devori-
ning noto‘g ‘ri shakllanishi natijasida ikkilangan kovakli ichak paydo
bo ‘lishi bilan kechadigan tug‘ma nuqsonga aytiladi. Ikkilanishning
kelib chiqishi embrional hayotning birinchi oylariga to ‘g ‘ri kela
di. Ikkilanishning paydo bo ‘lishi ichak naychasi shilliq qavatining
shakllanishi va rekanalizatsiyasining buzilishi bilan bog‘liq. Bu
tug‘ma nuqson quyidagi nomlar bilan ataladi: ovqat hazm qilish nay-
chasining
ikkilanishi, duplikatura, enterokista, enterokistoma, gigant
divertikul va boshqalar. Bu nomlaming ko‘pligi ikkilanishning anato-
mik turlari ko ‘pligi bilan bog‘liq. U kichik
kistasimon hosiladan to
qizilo‘ngach, m e’da, o ‘n ikki barmoqli ichak va boshqalarning to ‘liq
ikkilanishini o ‘z ichiga oladi. Ingichka ichakning ikkilanishi ko ‘p
uchraydi va u 60 % ni tashkil qiladi. Ovqat hazm qilish a ’zolarining
ikkilanishi tasnif bo‘yicha quyidagi turlarga bo ‘linadi: kistoz, tubul-
yar va divertikulyar ikkilanish. Tubulyar duplikaturalaming qorin
bo‘shlig‘i sohasida, b a’zan undan tashqarida — qorin orti sohasi yoki
ko‘krak qafasida joylashgan hollari ham qayd etilgan.
Ichak nay-
chasining juftlashgan qismi ko ‘p hollarda ichakning tutqich tomonida
joylashib, umumiy qon ta ’minotiga ega va u, ko‘pincha asosiy ichak
bilan puxta tutashgan boMadi.
Gistologik tekshiruvlar duplikatura va asosiy ichak naychasi tu-
zilishining o ‘xshashligini ko‘rsatadi. B a’zan shilliq qavat distopiya-
si kuzatiladi (masalan, ingichka ichak kistasida m e’da shilliq qavati
topiladi), bu esa ichakdan qon ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.
К 1 i n i к a s i. Ikkilanishning belgilari uning joylashishi,
shakli va
o‘lchamlariga bog‘liq. K o’pincha dublikatlar belgilarsiz kechadi va
jarrohlik muolajasi davomida kutilmaganda topiladi. Lekin b a’zan
(asosan, shilliq qavat distopiyasida) dublikaturalar bexosdan ichak
dan kuchli qon ketishi bilan namoyon bo ‘lishi mumkin. Ikkilanish
ning kistoz turi (enterokistalar) goho juda kattalashib, qisman ichak
tutilishi va ichak bo‘shlig‘ining to ‘liq yopilishi yoki tashqaridan siqi-
lishiga olib keladi (19-20-rasmlar). B a’zan kista atrofida ichaklar
buralib qoladi va o ‘tkir strangulyatsion
ichak tutilishining klinik
manzarasi rivojlanadi. Homiladorlik paytida enterokista atrofida
ichaklar buralib qolishi ichaklaming ikkilamchi atreziyasiga olib
64
Do'stlaringiz bilan baham: