diqlanishlar,
jigar sirrozi, postravmatik kistalar hosil bo‘lishi yoki
gematomaning yiringlab, absess hosil bo‘lishiga olib keladi.
Jigar jarohatlarini jarohat chuqurligi va davomiyligiga qarab 3 da-
rajaga boTish mumkin:
1-daraja - yuza tirqishlar va timalishlar;
2-daraja - a ’zo qalinligining yarmigacha bo‘lgan yorilishlar;
3-daraja - a ’zo yarmidan ko‘p qismining yorilishlari,
jigar seg-
mentlarining nekrozi va sekvestratsiyasi.
K l i n i k a s i . K o‘pchilik holatlarda jigar jarohati olgan bemor-
ning umumiy ahvoli og‘ir deb baholanadi. Bolalar statsionarga
hushini yo ‘qotgan holda yoki shok belgilari bilan kelishi mumkin.
Nisbatan kam hollarda bemor o ‘zini qoniqarli
ahvolda yoki ahvoli-
ning yaxshilanayotganini aytadi. Asosiy simptomlaridan biri - bu
qorindagi doimiy og‘riq. O g‘riq, asosan, o ‘ng qovurg‘a ostida yoki
qorinning o ‘ng yarmida, kamdan kam hollarda butun qorinda b o ‘ladi.
Jigardagi jarohat lokalizatsiyasi og’riqning tarqalishida rol o ‘ynay-
di. Jigar gumbazining chegaralangan jarohatida og‘riq o ‘ng ko‘krak
qafasi pastki segmentlarida aniqlanadi. A ’zoning
dorsal yuzasi yoki
tojsimon boylamdan uzilishi paytida og‘riq, bel sohasiga tarqaladi,
pastki yuzasi jarohatlanganda esa kindikka yaqin sohaga tarqaladi,
qon va o ‘t suyuqliklari o ‘ng yon kanal bo‘ylab
oqib kichik chanoq
bo‘shlig‘iga va o ‘ng yonbosh sohasiga borib to ‘planadi, lokal qorin
parda ta ’sirlanishini yuzaga keltiradi. K o‘ngil aynishi va qayt qilish
jarohatdan keyin tez orada paydo boTadi, keyinchalik bemor o ‘midan
turmoqchi bo‘lganida paydo bo‘ladi
(ortostatik kollaps).
Kamdan
kam bemorlar kofe quyqasiga o ‘xshash qusadilar.
Jigar jarohatida
majburiy holatni bolalar kamdan kam hollarda egallaydilar. Kasal-
xonaga keltirilgan olti nafar bemor bolada majburiy holat kuzatilgan,
shulardan beshtasi o ‘ng yonboshda oyoqlarini qomiga tortib yot-
gan, bittasida esa van’ka-vstanka simptomi kuzatildi.
Teri va shilliq
qavatlar rangpar. Bola qanchalik yosh b o ‘lsa shunchalik burun-og‘iz
uchburchagida sianoz kuzatilishi mumkin. Teri va shilliq qavatlar
sariqligi jarohatdan bir necha kun o ‘tgandan keyin paydo boTadi,
ammo yaqqol m a’lum boTmaydi. Sariqlikning sabablari: postravma
tik gepatit, o ’tning qorin parda tomonidan so‘rilishi
yoki mexanik
sariqlik, ya’ni o ‘t yoTlarining gemobiliya paytida qon quyqasi bilan
183
Do'stlaringiz bilan baham: