D i a g n o s t i k a s i . Qovuq shikastlanishini
aniqlashda qovuqni
kateterlash ko ‘pincha hal qiluvchi rol o ‘ynaydi, degan fikrlar mavjud.
Biroq kateterlash mahalida qovuqda siydik bo‘lmasligi yoki bir necha
tomchi qonli siydik chiqishi mumkin. Asosiy tashxis usuli kontrast-
li sistografiya hisoblanadi. Sistografiyani ikki proyeksiyada bajarish
lozim. Bu tekshirish usuli yordamida
nafaqat shu qovuqning shi-
kastlanishi, balki uning qorin parda ichiga yoki tashqi tomoniga yo-
rilgan yoki yorilmaganligini ham aniqlash mumkin. Kontrast modda
qorin bo ‘shlig‘i yoki to ‘qima ichida qolmasligi
uchun sistografiyani
operatsiya oldidan bajarish maqsadga muvofiqdir.
D a v o l a s h . Kasallik operatsiya y o ‘li bilan davolanadi. Davo-
lashning natijasi uning o ‘z vaqtida bajarilishiga bog‘liq. Operatsiya
bemomi shokdan chiqargach yoki qisqa
muddatli tayyorgarlikdan
so‘ng bajariladi. Agar bemor shifoxonaga kechikib keltirilgan b o ‘lsa,
operatsiyadan oldin va keyin dezintoksikatsion terapiya o ‘tkaziladi.
Operatsiyadan oldingi tayyorgarlik 3 -4 soatdan oshmasligi lozim.
Operatsiyadan maqsad, avvalo, shikastlangan sohani siydikdan va
ivigan qondan tozalash, qovuq
jarohatiga ikki qavat qilib, ketkut
choklarini qo‘yish va nihoyat, qovuqni drenajlashdan iborat. Agar
qovuq teshigi qorinparda ichiga ochilgan bo ‘lsa, qorin bo ‘shlig‘ini
siydikdan tozalash va yonbosh kanallarda
drenaj naychalarini qol-
dirish lozim. Operatsiyadan keyingi davrda bemorlarda antibiotiko-
terapiya, shu jumladan regional limfatik antibiotikoterapiya o ‘tkazi-
ladi.
Uretraning shikastlanishi.
Bunday shikastlanish yiqilish nati
jasida bolalam ing oraliq qismi qattiq tor buyumga (devor, taxta,
sport anjomlariga) urilishidan kelib chiqadi. Undan tashqari, uret
raning membranoz va prostata qismlarining shikastlanishi tos suyak
lari
singanda, ayniqsa, ko ‘p uchraydi. Shikastlanish darajasiga nis-
batan qisman (uretra kanalining ayrim qavatlari) va to ‘liq (barcha
qavatlari) bo ‘ladi. T o‘liq shikastlanishda siydik atrof to ‘qimalarga
tarqaladi. Siydik chiqarish kanali shikastlanishi klinikasi shikast
joyiga bog‘liq.
K l i n i k a s i . Agar uretra shikastlanishi tos suyaklari sinishi tufayli
ro ‘y berganbo‘lsa, suyak sinishi belgilari birinchi o ‘ringa chiqadi. Agar
uretraning faqat o‘zi shikastlangan bo‘lsa, oraliq va yorg‘oq
sohasida
192
Do'stlaringiz bilan baham: