Mil. avv. 44-yilda Yuliy Sezar hukmronligi tugadi. Ammo uning o‘limi respublika qayta tiklanishiga olib kelmadi. Sarkardalar o‘rtasida kurash avj oldi va bu fuqarolar urushiga aylanib ketdi.
Sezar o‘ldirilganidan keyin Brut respublikani qayta tiklashga urinib ko‘radi. Biroq hamma senatorlar ham avvalgi tartibotlarga qaytishni istamasdi. Ularning ko‘pchiligi o‘z boyligini Sezar hukmronligi davrida qo‘lga kiritgan edi. Brut va uning tarafdorlari Yunonistonga qochib ketishga majbur bo‘ladilar.
Ayni paytda Rimda Sezarning jiyani Oktavian paydo bo‘ldi. U Brut va unung tarafdorlariga qarshi kurash boshladi. Shimoliy Yunonistonda Brut ham qo‘shin to‘plab, Rimga jiddiy xavf sola boshladi. Ammo Oktavian Mark Antoniy bilan ittifoq tuzadi va Brut boshliq respublika tarafdorlarini tor-mor etadi.
Shundan keyin Oktavian Rim davlatining G‘arbiy qismini, Antoniy esa Sharqiy qismini boshqarishni o‘z qo‘liga oladi.
Misrga kelgan Antoniy Misr malikasi Kleopatraga uylanadi. Nikoh sovg‘asi tariqasida Antoniy Kleopatraga Rimning sharqiy provinsiyalarini (viloyatlarini) beradi. Bu Oktavianning noroziligiga sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |