Epigrafika, tangalarni o‘rganish bilan esa numizmatika



Download 0,98 Mb.
bet64/86
Sana08.02.2022
Hajmi0,98 Mb.
#437827
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   86
Bog'liq
6-SINF TARIX QO\'LLANMA KITOB

Mil. avv. 74-yilda boshlangan Spartak boshchiligidagi qullar qo‘zg‘oloni qadimgi dunyoda eng ommaviy va uyushgan qo‘zg‘olonlardan biri bo‘ldi.
Rim armiyasida xizmat qilishdan bosh tortganligi uchun Kapuya shahridagi gladiatorlik maktabiga sotib yuborilgan frakiyalik qul Spartak qullarni qo‘zg‘olon ko‘tarishga undadi. Ammo kimdir bu haqda rimliklarga xabar yetkazadi. Shunda Spartak va uning 200 ga yaqin tarafdorlari qorovullarga hujum qiladilar va qochib chiqib ketadilar. Ular Vezuviy tog‘idagi qoyaga chiqib oladilar. Asta-sekin boshqa qullar ham ularga kelib qo‘shila boshladi va qo‘zg‘olon ko‘targanlar safi kengaya bordi. Ko‘p o‘tmay ularning soni 10 ming kishiga yetdi.
Qo‘zg‘olon ko‘targan qullarni tor-mor etishga jo‘natilgan uch ming kishilik qo‘shin Vezuviy tog‘lari yaqinida harbiy lager tikladi. Qamal boshlandi. Spartak kutilmaganda dadil rejani amalga oshirdi. Qullar uzum novdalaridan narvon to‘qib, ko‘rinmaydigan tarafdan cho‘qqidan pastga tushib oldilar. Rimliklar guruhining orqasidan zarba bergan Spartak ularni tor-mor etdi. Ammo ko‘p o‘tmay qo‘zg‘olon ko‘targanlar orasida ixtilof paydo bo‘ldi. Qullarning bir qismi Rimni tark etib, o‘z yurtlariga qaytishni afzal bildilar. Ko‘pgina qullar esa mamlakatdan chiqib ketmaslikka, Rimni tor-mor etishga va quldorlardan qasos olishga ahd qilishdi. Spartakka qarshi tajribali sarkarda Mark Krass boshchiligida ko‘p ming sonli qo‘shin jo‘natildi. Mil. avv. 71-yilning bahorida ro‘y bergan hal qiluvchi jangda Spartak lashkari tor-mor etildi, uning o‘zi esa ana shu jangda halok bo‘ldi. 6 mingdan ziyod asirlar Rim-Kapuya oralig‘idagi yo‘l bo‘ylaridagi xochlarga mixlab tashlandi.


Rim burguti – Rim hukmdorlari ramzi hisoblangan



42-§. Rim respublikasining qulashi

Qullar qo‘zg‘olonlari quldorlarni qattiq qo‘rquvga solib qo‘ydi. Quldorlar qarshisida kuchli hokimiyat bo‘lmish harbiy diktatura o‘rnatilishi zarurligi to‘g‘risidagi masala ko‘ndalang turar edi. Senatorlar va kam sonli mansabdor shaxslar ulkan davlatni risoladagidek boshqarishni ta’minlay olmas edilar.



Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish