Epidemiya, epizootiya, epifitotiya. Yuqumli kasallik turlari, tasnifi Reja



Download 24,27 Kb.
bet1/6
Sana08.12.2022
Hajmi24,27 Kb.
#881702
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-mavzu


Epidemiya, epizootiya, epifitotiya. Yuqumli kasallik turlari, tasnifi


Reja:

  1. Epidemiya, epizootiya, epifitotiya

  2. Yuqumli kasallik turlari, tasnifi



Epidemiya (epi... va yun. yeto — xalq) — infeksion kasalliklarning maʼlum hududda odatdagidan koʻp tarqalishi, bir aholi punktida -50 kishi va undan oshiq. Infeksiya manbai (kasallik qoʻzgʻatuvchisi bilan zararlangan odam yoki hayvon), qoʻzgʻatuvchining yuqish sabablari, shuningdek, organizmning mazkur kasallikka beriluvchanligi uzoq vaqt saqlanganda epidemiya vujudga keladi va davom etadi. Bunda tez kasallik oʻchogʻini topib, atrofidagi aholining xavfsizligini taʼminlash, kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlarning bemorlardan sogʻlom odamlarga oʻtish yoʻllarini bartaraf etish (masalan, oʻlat epidemiyasida kemiruvchilarni yoʻqotish, bemorlarni ajratib qoʻyish) va kasallikka beriluvchan kishilarni emlash choralari koʻriladi. Bunda albatta dezinfeksiya, desinseksiya, bemorlarni alohidalash kabi tadbirlar ahamiyatlidir.
Epizootiya (epi — da va yun. — hayvon) — hayvonlarda biror yuqumli kasallikning keng tarqalishi; kasallikning maʼlum vaqt ichida katta hududga (xoʻjalik, tuman, viloyat va boshqalar) yoyilib ketishi. Epizootiya koʻrinishidagi yuqumli kasalliklarga oksil, oʻlat va qoramollar peripnevmoniyasi, choʻchqa oʻlati, nyukasl kasalligi va boshqalar kiradi. Epizootiyaga qarshi kurash — infeksiya manbaini zararsizlantirish, kasal mollarni tezda ajratish, karantin eʼlon qilish, emlash, mollarni toʻgʻri boqish va boshqalardan iborat.
Epifitotiya (epi... va yun. — oʻsimlik) — oʻsimliklar yuqumli kasalliklarining muayyan bir vaqt davomida katta hudud (xoʻjalik, tuman, viloyat, mamlakat)larda tarqalishi. Odatda, Epifitotiya boshoqli ekinlarda zang, qorakuya, gʻoʻzada fuzarioz, kartoshkada fitoftoroz, olmada kataraz va boshqalar koʻplab yuqumli kasalliklar koʻrinishida namoyon boʻladi. Kasallikning tarqalish tezligi (maʼlum maydonda kasallangan oʻsimlik soni), kechish surʼati (bitta oʻsimlik yoki organdagi zararlangan joylar soni), yoʻqotilgan hosil, kasallangan maydon hajmi, kasallikning davom etish muddatiga qarab Epifitotiya miqyosini baholash mumkin. Kasallik bir necha mamlakat yoki butun qitʼalarda yoyilgan boʻlsa panfitotiya, maʼlum rayonlarda oʻqtinoʻqtin paydo boʻlsa enfitotiya deyiladi. Enfitotiya Epifitotiyaga va, aksincha, Epifitotiyadan enfitotiyaga aylanishi yoki kasallik qoʻzgʻatuvchiga noqulay sharoit boʻlganda kasallik juda kam kuzatilishi mumkin. Bu oʻsimliklarning zamburugʻli kasalliklariga xos boʻlib, yuqum manbai tuproqda saqlanadi yoki urugʻlik bilan tarqaladi. Kasallikning har yilgi rivojlanishi tabiiy sharoit yoki agrotexnika omillariga ham bogʻliq.
Oʻzbekistonda qoʻzgʻatuvchilari bundan 20—25 yil avval qayd etilgan ayrim oʻsimlik kasalliklari keyingi 8—10 yil ichida Epifitotiya sifatida baʼzi hududlarda kuzatilmoqda (ildiz chirishi va qora ildiz chirishi va boshqalar). Ularning paydo boʻlishiga qulay obhavo sharoiti, maxsus choralarni qoʻllash susayganligi, tuproqning oriqlashi, agrotexnik usullarni notoʻgʻri qoʻllash, jumladan, mineral oʻgʻitlardan notoʻgʻri foydalanish sabab boʻldi. Shuningdek, maydonlarga biotipik tarkibi bir xil ekinlarni muttasil ekish natijasida kasallik qoʻzgʻatuvchisining tez moslashuvi va koʻpayishi, ekinlarda kasallikka chidamlilik xususiyatining oʻzgarishi va boshqalar ham Epifitotiyaga sabab boʻladigan omillardan hisoblanadi.
Zamonaviy fitopatologiya Epifitotiyaning oldini olishning bir qancha usullarga ega. Natijada Epifitotiya keltiradigan zarra ancha kamaymoqda, mas, karantin choralari va kasalliklarga chidamli ekin navlarining yaratilganligi Epifitotiya xavfini bartaraf etadi.

Download 24,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish