uning fors tilidagi she’rlar to‘plami “Devoni
Foniy” deb ataldi.
N a vo iy g 'a z a l
va ru b o iy la rid a hayot
go'zalligini, nozik insoniy tuyg'ularni, tabiatni
kuylashga alohida o ‘rin berdi. Navoiyning
ko'pgina g'azallari xalq qo'shiqlariga aylan
gan, ularni biz tez-tez radio,
televizor orqali
tinglaymiz.
Navoiy butun ijodini xalq manfaatlari uchun
kurashga, kishilarda imon-e’tiqodni mustah-
kamlashga, inson qadr-qim m atini himoya
etishga, mamlakatda tinchlik va osoyishtalik
o'rnatishga bag'ishladi. U bir g'azalida dun
yodagi barcha xalqlarni o‘zaro totuvlikka cha-
qirib, shunday deydi:
Olam ahli,
bilingizkim, ish emas dushmon-
lig‘
Yor o'lung bir-biringizgakim, erur yorlig1 ish.
Navoiy nasriy va ilmiy asarlar ham yarat
gan. Uning “Lison ut-tayr” (“Qush tili”) dostoni-
da bolalar uchun ko'pgina qiziqarli hikoyatlar
bor.
Navoiy hayotining s o ‘nggi yilla ri ham
sertashvish bo'ldi. U Husayn Boyqaro va un
ing o'g'illari o'rtasidagi
nizo-adovatlarni ba-
rtaraf qilishga ko'p kuch sarfladi. Zamon tash-
vishlaridan horigan va toliqqan, salomatligi
ishdan chiqqan shoir miyaga qon quyilishi
natijasida 3-yanvarda vafot etdi.
Uni dafn
etish chog'ida maydalab yomg'ir yog'ib tur
gan. Buni tarixchi Xondamir “Makorim ul-ax-
loq” (“Yaxshi xulqlar”) kitobida Navoiy vafoti-
ga h a tto ta b ia t ham m otam tu td i, deb
ta’riflagan. Shoirlar o'nlab marsiyalar yozish
gan.
Navoiy o'zbek adabiyotini jahon yuksakli-
giga ko'targan
va avlodlarga boy adabiy
meros qoldirgan shoir. Uning asarlarini qay-
ta-qayta o'qiymiz va har gal ulardan yangi-yan-
gi ma’naviy ozuqa olamiz.
ALPINIZM
Baland tog'larning ulug'vor manzarasi: ba-
haybat qoyalar, qor va muz bilan qoplangan,
havo ochiq kunlarda olisdan kumushday yar-
qirab ko'rinadigan osm ono'par cho'qqilar
ko'p zamonlardan beri odamlarni o'ziga maf-
tun etib keladi. Juda ko'p
k is h ila r qorli
cho'qqilarga ko'tarilishga harakat qilganlar,
ammo ularning bu urinishlari muvaffaqiyatsiz
tugagan.
1786-yili shveytsariyalik ikki kishi birinchi
marta Alp tog'ining (Yevropadagi eng
baland
tog') Monblan cho'qqisiga ko'tarildi. Shu
vaqtdan boshlab chiqish qiyin bo'lgan tog'
cho'qqilariga ko'tarilish alpinizm deb ataladi-
gan bo'ldi.
Alpinist bo'lish oson emas. Buning uchun
a w a l uzoq va qunt bilan mashq qilish,
marshrutlarni o'rganish kerak, asta-sekin chi
qish uncha qiyin bo'lmagan tog'larni, so'ngra
qiyinroq marshrutlarni tanlash lozim.
Shundan
keyingina yuksak cho'qqilar sari otlanish
mumkin.
Alpinistlar boshqa kishilar chiqa olmaydi-
gan joylarda bo'ladilar. Masalan, aytaylik,
tog'da biror baxtsizlik yoki avariya ro'y berdi.
U yerga eng zamonaviy vertolyot ham qo'na
olmaydi. Faqat alpinistlargina u yerga ko'tarila
oladilar.
Alpinistlarning maxsus anjomlari bo'ladi.
Bu
anjomlarga shamol, yom g'ir va qordan
Do'stlaringiz bilan baham: