Ensiklopediyasi


'■m Alisher Navoiy. Rassom: Abdulhaq Abdullayev. 1994



Download 32,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/200
Sana09.06.2022
Hajmi32,5 Mb.
#648406
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   200
Bog'liq
Bolalar ensklopediyasi (1)

'■m
Alisher Navoiy. Rassom: Abdulhaq Abdullayev. 1994.
tan olingan. Alisher bir kun ustozi Mavlono 
Lutfiyga:
Orazin yopqoch ko'zumdin sochilur 
har lahza yosh,
0 ‘ylakim, paydo bo'lur yulduz, nihon 
bo‘lg‘och quyosh, 
deb boshlangan g'azalini o‘qib beradi. Lutfiy, 
agar iloji bo'lganida barcha she'rlarimni shu 
ikki misraga almashgan bo'lardim, deydi. Bu 
maqtov yosh Alisher uchun katta mukofot edi.
Alisher Navoiy ikki tilda - turkiy (qadimgi 
o'zbek) va fors tillarida g'azallar yozadigan 
shoir edi. Lekin turkiy tilda buyuk adabiyot 
yaratish hayotidagi asosiy maqsadi bolgan. 
Shoirning hisobicha, uning faqat she’riy asar-
larining o'zi 120 ming baytdan ortadi. Ijodining 
chuqur mazmuni va badiiy qudrati bilan esa uni 
jahondagi buyuk shoirlar qatoriga qo'yish 
mumkin.
51230 misradan tashkil topgan “Xamsa” Al­
isher Navoiyning shoh asaridir. U “Hayrat ul- 
abror” (‘Yaxshi kishilaming hayratlanishi”), “Far- 
hod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ai sayy- 
or” (“Yetti sayyora”), “Saddi Iskandariy” (“Iskan- 
dar devori”) dostonlaridan iborat.
“Xamsa”ga kiruvchi har bir dostonda Navoiy 
jamiyat hayoti, inson tarbiyasi bilan bog'liq 
g'oyat muhim masalalarga davrning eng ilg'or 
mutafakkiri sifatida o'z munosabatini bildirdi. 
Masalan, “Farhod va Shirin” dostonida haqiqiy 
inson qanday bo'lishi kerak, degan savolga 
asarning bosh qahramonlari Farhod va Shirin 
obrazlari orqali javob berdi. Navoiyning fikricha, 
haqiqiy inson yoshligidanoq imon-e’tiqodli 
b o 'lis h i, ilm -m a ’rifa tg a q iziq ish i, hunar 
o'rganishi, bilmagan narsasini bilishga intilishi, 
xalq, mamlakat ishiga fidoyi, do'stiga sodiq 
bo'lishi kerak.
Bilimga bolgan mislsiz qiziqishi, yuksak qo­
biliyati bilan hammani bolaligidayoq hayratga 
solgan Farhod otasining xazinasidagi ko'zgu 
sirini bilish uchun qo'shin bilan qanchadan-qan- 
cha yo'lni bosadi, devlar, ajdaholar bilan olishadi 
va maqsadiga erishadi. Shu ko'zguda u birin­
chi marta Shirinni ko'rib, uni sevib qoladi. O'z 
m ahbubiga erishish y o 'lin i izlab, yuz xil 
mashaqqatlami boshdan kechirar ekan, tasod- 
ifan dengizda uchragan Shopurgina u bilan 
do'stlashib, uning mahbubi Arman yurtida 
yashashini aytadi. Ikki do'st o'sha tomon yo'l 
olar ekanlar, Shirinning iltimosi va uning ammasi
- Mehinbonu buyrug'i bilan Arman yurtida tog' 
orqali suv olib kelish uchun qora terga botib ariq 
qaziyotgan kishilami ko'rganda Farhod ularning 
oldidan beparvo o'tib ketmadi, o'zining tesha 
chopish hunari bilan ularga yordam berishga 
qaror qiladi va deydi:
Hunami asrabon netgumdur, oxir?!
Olib tufroqqamu ketgumdur, oxir?!
Farhod mo'jizakor teshasi va hunarmandligi 
bilan ariqning tez qazib bolinishiga erishadi.
Navoiy “Xam sa”sining har bir dostonini 
o'qiganimizda biz shunday qahramonlar obrazi- 
ga duch kelamizki, ulami hech shubhasiz sevib
www.ziyouz.com kutubxonasi


qolam iz. Navoiy o'z dostonlarida adolat, 
ma’rifat, ishq-muhabbat, sadoqat va do'stlikni 
ulug'ladi, zulm-jaholat, zo‘ravonlikni qoraladi. 
Navoiy uchun hayotdan go'zal narsa yo'q, uni 
sevish va qadrlash kerak:
Xush durur bog'i koinot guli;
Barchadin yaxshiroq hayot guli.
Navoiy muttasil ijod qilish bilan birga, yosh- 
likda birga o'qigan do'sti Husayn Boyqaro sa- 
royida davlat ishlarini ham olib bordi. Muhrdor, 
so'ngra bosh vazir bo'lganida mamlakatni ob- 
odonlashtirish, xalq hayotini farovon etish, odd­
iy mehnatkashlardan olinadigan soliqlami ka- 
maytirishga alohida ahamiyat berdi; ariqlar 
qazdirdi, masjid va madrasalar, shifoxona, ku- 
tubxonalar qurdirdi. Xalqning turmushini yax- 
shilash, 
b e kla r 
va 
a m a ld o rla rn in g
o'zboshimchaligiga chek qo'yish uchun harakat 
qildi. Navoiy xalq orasida katta obro' qozondi. 
Shuning uchun zamondoshlari orasida “vaziri 
ravshanzamir” — “pok dil vazir” laqabiga sazo- 
vor bo'ldi. Ilm, san’at va adabiyot ahllariga 
hamisha rahnamolik qildi. Lekin Navoiyning 
mamlakatni obodonlashtirish, xalq hayotini faro­
von etish yo'lidagi urinishlari shoh saroyidagi 
amalparast, xudbin kishilarga yoqmas edi. Ular 
Navoiydan qutulish, uning podshoh bilan yaxshi 
munosabatiga xalal yetkazish yo'llarini izladilar.
1487-yili qishda Husayn Boyqaro Navoiyni 
Astrobod hokimi qilib tayinladi. Navoiy ikki yil- 
lik hokimlik faoliyati davomida bu chekka 
o'lkani obod qilish, madaniy ishlarni yo'lga 
qo'yish, chegaradosh qo'shni davlatlar bilan 
munosabatlarni yaxshilash uchun muhim tad- 
birlarni amalga oshirdi. Tarixiy manbalardan 
ma’lum bo'lishicha, Astrobodda Navoiyni zaha- 
rlamoqchi bo'ladilar. Biroq Navoiyning hushyor- 
ligi tufayli bu reja amalga oshmaydi. Husayn 
Boyqaro Navoiyni Hirotga chaqirib oladi va 
unga bir qancha yuqori mansablarni taklif qila­
di. Navoiy barchasini rad etadi. Husayn Boyqa­
ro unga “muqarribi hazrati sultoniy” — “hazrat 
sultonning yaqini” degan faxriy unvonni beradi.
Navoiy davlat ishlari bilan juda band bo'lgan 
vaqtlarida ham hech qachon qalamini qo'lidan 
qo'ymadi. U o'zini eng aw alo shoir deb bilar, 
biron kun she’ryozmasdan tura olmas, kuniga 
yuz, ikki yuz bayt she’r ijod etardi. Navoiy
o'zining o'lm as asarlarida o'zbek tilining 
go'zalligini, boyligini va qudratini olamga namoy- 
ish etdi. Navoiy adabiy merosining katta bir 
qismini butun umri davomida yaratgan g'azal, 
ruboiy, qit’a, tuyuq, muxammas, musaddas
muammo, fard, chiston (she’riy topishmoq) kabi 
she’r turlari tashkil etadi. Shu xildagi asarlari 
jamlangan “Xazoyin ul-maoniy” (“Ma’nolar xazi- 
nasi”) devoni qariyb 45 ming misradan iborat.
Fors tilidagi she’rlam i shoir vaqtincha, 
o'tkinchi ma’nolarini anglatuvchi “Foniy” tax- 
allusi bilan ijod etgan. Shuning uchun ham

Download 32,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish