bet 3/3 Sana 20.03.2020 Hajmi 264,5 Kb. #42665
Bog'liq
7 sinf musiqa fanidan ochiq dars ishl
2 .Musiqa asboblari
Har ikkala o’quvchidan tanlangan 2 asbob haqida aniq ma’lumotlar berish talab qilinadi.
3 . Musiqiy janrlar
1.QO”SHIQ
2.RAQS
3.LAPAR
O’quvchilar musiqiy janrlarni tavsiflay olishlari va haqida to’liq ma’lumot berishlari lozim
4 .Shashmaqom haqidagi bilimlar
O’quvchilar Shashmaqom tarixi va uning bo’limlari,uni
kelib chiqishi va mashhur ijrochilari haqida ma’lumotlar berishlari kerak.
5 .Musiqa uslublari
1.SURXANDARYO-QASHQADARYO MUSIQA USLUBI;
2.BUXORO-SAMARQAND MUSIQA USLUBI;
3.XORAZM MUSIQA USLUBI;
4.FARG’ONA – TOSHKENT MUSIQA USLUBI ;
Respublikamizda mavjud 4 ta mahalliy uslublar haqida bilim va malakalarini sinovdan o’tkazish.
6 .Topishmoqlar
Musiqaga oid belgilar,musiqa asboblari haqida ma’lumotlar beriladi.O’quvchilar qaysi belgi yoki asbob haqida gapirilayotganini bilishlari kerak.
U belgi kuyning ma’lum bir qismini 2 marta takrorlash uchun qo’yiladi.Ko’proq qo’shiq naqarotlarida uchraydi. ( Repriza belgisi )
Tovushlarning boshida
Boshlovchi men har doim
Mensiz hech qanday tovush
Yangramaydi hech qachon ( Sol kaliti )
7 .Musiqali pauza
O’quvchilar musiqani tinglab asar nomi,xarakteri va qanday cholg’ular ijrosida ijro qilinganligini bilish.
8 .Slaydlar bilan ishlash
Slaydlar tasvirini ko’rib,musiqaga oid kamida 5 ta aniq ma’lumotlar berishlari kerak.
9 .Tezkor savollar
Har ikkala o’quvchiga tezkor 10 tadan savol beriladi.
Eng ko’p to’g’ri javob bergan o’quvchi g’olib deb e’lon qilinadi.
TEZKOR SAVOLLAR:
1-guruh
1.Doston ijrojisi kim? Baxshi yoki shoir ;
2.Shashmaqomning birinchi
maqomi nomi nima? Buzruk;
3.Tanburda nechta tor bor? 3 ta;
4.Birinchi torli musiqa asbobi nima? Arfa;
5.Bastakor nima bilan manzara yasaydi? Ohang bilan;
6.Dirijor kuyni nima bilan boshqaradi? Qo’llari bilan;
7.Sozanda nima qiladi? Soz chaladi;
8.Ikki nayning birlashishi Qo’shnay;
9.Maqom ijrochisi kim? Hofiz;
10.Do major qaysi tovushdan boshlanadi? Do dan;
2-guruh
1.Ham chetib,ham kamon bilan
chalinadigan torli musiqa cholg’usi Sato;
2.Puflab chalinadigan eng kichik asbob Nay;
3.Eng qadimiy cholg’u asboblari Nay,hushtak,
doira;
4.Shashmaqom so’zi qanday
ma’noni anglatadi? Olti maqom;
5.Re major qaysi tovush bilan
tugaydi? Re tovushi bilan;
6.Kim raqs xrom aylaydi? Raqqosa;
7.Musiqada tovush nima bilan
o’lchanadi? Ton bilan;
9.Musiqa sohasida akademik
unvonini olgan kishi kim? Yunus Rajabiy;
10.Tovush belgisi nima? Nota;
10 .Bilimdonlik sinovi
O’quvchilarga musiqiy musiqiy belgilar ta’rifi beriladi.Ular bu qaysi belgiga tegishliligini ajratib berishadi
Kuy yokli tovushni yarim ton pasaytiradi. ( Bemol )
Kuy yoki tovushni yarim ton ko’taradi. ( Diyez )
Ko’tarilgan yoki pasaytirilgan
tovushni bekor qiladi .( Bekar ).
11. Musiqiy atamalar
O’quvchilar yozuv taxtasiga taklif qilinadi va ularga 1daqiqa vaqt beriladi.Bu vaqtda ular musiqaga oid atamalar yozishlari shart.Eng ko’p atama yozgan o’quvchi g’olib deb topiladi.
12 .Ijodiy faoliyat
O’quvchilarga bir nechta to’rtliklar beriladi.Ikki o’quvchi ham o’ziga ma’qul bo’lgan to’rtlikni tanlab,unga kuy bastalaydilar.
Juftliklar o’zaro 12 shart asosida bellashadilar.To’liq va aniq javob bergan o’quvchi RAG’BAT bilan,to’liqsiz javob bergan o’quvchi JARIMA bilan baholanadi.
Umumiy natijaga ko’ra o’quvchilar guruhda va yakka tartibda baholanadilar.
SABOQNI MUSTAHKAMLASH: Saboqda faol qatnashgan o’quvchilarni baholash va mavzu yuzasidan savol-javob o’tkazish.”Baliq skleti” interfaol uslubida o’quvchilarni olgan bilim,malaka va ko’nikmalarini aniqlash va mustahkamlash.
VAZIFA :Mavzuga oid manbalar yi’gish. Do'stlaringiz bilan baham: