f Ibn Sino. Insonning shakllanishida atrofini o’rab olgan tashqi muhit, odamlar alohida rol o’ynaydi, tashqi muhit va odamlar insonning atrof-dunyoni bilishigina emas, balki hulqida yaxshi yoki yomon jihatlarning tarkib topishiga ta’sir etadi. Bolalarni tarbiyalashda ehtiyotkor bo’lish,bola yomon odatlarga o’rganmasligi uchun, yomon odamlardan, yomon muhitdan uzoqroq saqlash zarurligini uqtiradi. Yusuf Xos Hojib. «Qutadg’u bilig» asari 6500 baytdan yoki 13000 misradan iborat. Buyuk mutafakkir asarni yozib tugatgach, qoraxoniylar hukmdori Tavg’achxon, Abo Ali Hasan binni Sulaymon Arslon Qoraxon (xoqon) nomlari bilan huzuriga kelib, unga taqdim etadi. Kitob xonga manzur bo’lib, uning muallifiga Xos Hojiblik unvonini beradi. «Qutadg’u bilig» asari katta shuhrat qozonadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |