Neandertal odam. (Teshiktosh g'ori). O siyоda qadimgi odamlarning manzilgohlari Indoneziya, Xitoy va Vatanimiz O'zbekiston Hudodl Olimlar suyak qoldiqlari Indoneziya hududidan topilgan insoniyatning zinjantropdan keyingi ajdodiga «yava odami»,-deb nom berishgan. Xitoy hududidan topilgan ajdodini esa sinantrop (Xitoy odami), Vatanimiz hududidan topilgan sinantropdan keyingi ajdodini esa farg'ona odami, deb atashgan. Ular bir-birlaridan tashqi qiyofasi, yaratgan mehnat qurollari, ularning sifati va mehnat malakalari bilan farq qilgan.
Sinantropning aql-farosati tabiiy olovdan foydalanishga ham yetgan. Ular yashin tufayli o'rmon yong'inlari kelib chiqqanda olovni saqlab qolishni o'ylab topganlar. Bu esa insoniyat erishgan eng katta yutuqlardan biri bo'lgan edi. Farg'ona odamining suyak qoldiqlari va ular yaratgan mehnat qurollari Farg'ona vodiysining Selung'ur g'oridan topilgan. Selung'urjuda ulkan g'or bo'lgan. Farg'ona odami bir tomoni o'tkirlashtirilgan tosh quroli va qo'l cho'qmoridan foydalangan.
Yevropadan topilgan qadimgi inson izlari. Davrlar o'tishibilan odamning tashqi qiyofasi, aql-idroki va mehnat quroli yasay olish malakasi tobora mukammallashib borgan.
Kramonon odam. Chunonchi, Germaniyaning Neandertal vodiysidan topilgan qadimgi ajdodlarimizning tashqi qiyofasi bugungi odam qiyofasigajuda yaqin bo'lgan. Olimlar yangi qiyofadagi odamga neandertal odami deb nom berganlar. Neandertallar miloddan awalgi 100-40 ming yilliklar oralig'ida yashashgan. Neandertallar yashagan davrda Yevropada iqlim sovub ketgan edi. Shuning uchun ham ularning aql-farosati hayvon terisidan kiyim o'rnida foydalanishga va go'shtni olovda pishirib yeyishga ham yetgan. Ular mehnat va ov qurollarini yanada takomillashtirganlar. O'zbekistonda neandertal qiyofali odam suyaklari qoldiqlari Surxondaryo viloyati hududidagi Teshiktosh g'oridan topilgan.
Teshiktoshdan, shuningdek, minglab tosh qurollar va hayvonlarning suyak qoldiqlari ham chiqqan.
Miloddan awalgi 40-12 ming yilliklar oralig'ida yashagan odam suyaklari Fransiyaning Kramonon g'oridan topilgan. Unga Kramonon odam nomi Kramonon odam. berilgan.
Kramonon odami tashqi qiyofasiga ko'ra bugungi qiyofadagi odam edi. Olimlar kramonon odamini «aql-idrokli odam», «ongli odam» deb ataganlar.
Kramonon odamlari urug'-urug' bo'lib yashagan lar. Endi odamlar g'orlardayashamaydigan bo'lganlar. Mehnat qurollari har jihatdan takomillashgan.
O'zbekistonda kramonon odamlari zamondoshlarining manzilgohlari Samarqanddagi Siyobcha soyi bo'yida, Toshkent viloyatining Ko'lbuloq (Angren) manzilida topilgan. Respublikamiz bo'yicha hammasi bo'lib o'ttizdan ortiq shunday manzilgohlar o'rganilgan.